#Musqatillik_35_yil
🇺🇿 "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida Adliya vazirligida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Ozoda va obod maskan — Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatning yana bir yorqin ifodasidir.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤2
#Adliya_xabari
⚔️ Qonunchilikni JST qoidalariga uygʻunlashtirish ishlari Jenevada taqdim etildi
📍 Joriy yilning 27–28-iyul kunlari Jenevada Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning 13-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
🔸Unda adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Maxmud Istamov 12-yigʻilishdan buyon milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruza qildi.
📊 Xususan:
🔹 8 ta normativ-huquqiy hujjat JST bitimlariga muvofiqlashtirildi. Natijada uygʻunlashtirilgan hujjatlar soni 190 tadan oshdi.
🔹 JST Kotibiyatiga 25 ta chora-tadbirdan iborat yangilangan Qonunchilik harakatlar rejasi taqdim etildi, shuningdek, tashkilot aʼzolariga 20 ta normativ-huquqiy hujjatning tarjimalari yuborildi.
🔹 Savdo siyosati yoʻnalishida antidemping, kompensatsiya va muhofaza choralari toʻgʻrisidagi qonun loyihalari Parlamentga kiritish uchun tayyorlandi hamda tarif kvotalari va miqdoriy cheklovlar boʻyicha qarorlar loyihalari ishlab chiqildi.
🔹 Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etildi. Nazorat tartib-taomillarini raqamlashtirish orqali ularni soddalashtirish va koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish choralari koʻrilmoqda.
🔹 Texnik jihatdan tartibga solish yoʻnalishida xorijiy hujjatlarni elektron tasdiqlash mexanizmi joriy etildi hamda tegishli qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda.
🔹 Qishloq xoʻjaligi sohasida JSTning Qishloq xoʻjaligi boʻyicha bitimi talablariga muvofiq kam daromadli va resurslari cheklangan ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashning obyektiv mezonlari belgilandi.
🔹 Intellektual mulk yoʻnalishida esa Senat Lissabon bitimining Jeneva aktiga qoʻshilish toʻgʻrisidagi Qonunni maʼqulladi. Bu mahsulot kelib chiqqan joy nomlari va geografik koʻrsatkichlarning xalqaro huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
✅ Taʼkidlanganidek, amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar Oʻzbekistonning JSTga toʻlaqonli aʼzo boʻlishi uchun zarur huquqiy bazani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Adliya vazirligi mazkur yoʻnalishdagi qonunchilikni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

❤9👍8🔥3
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
#Adliya_xabari
#intellektual_mulk
⚔️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📌 Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch o‘zining yuqori sifati, xushbo‘yligi va pishirish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning o‘ziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim sharoiti hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy yetishtirish tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.
⚖️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.
🔒 Natijada:
✅ mahsulotning kelib chiqishi va sifati himoya qilinadi;
✅ nomdan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi;
✅ iste’molchilar uchun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi.
📈 Mazkur qaror hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, milliy brendni rivojlantirish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning sifati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#intellektual_mulk
📌 Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch o‘zining yuqori sifati, xushbo‘yligi va pishirish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning o‘ziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim sharoiti hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’anaviy yetishtirish tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.
⚖️ “Xorazm guruchi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.
🔒 Natijada:
✅ mahsulotning kelib chiqishi va sifati himoya qilinadi;
✅ nomdan noqonuniy foydalanishning oldi olinadi;
✅ iste’molchilar uchun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi.
📈 Mazkur qaror hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish, milliy brendni rivojlantirish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning sifati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
#Adliya_xabari
⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi
🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda.
🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda.
📌 Shuni unutmang:
🔹 "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi.
🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.
🔹 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish ixtiyoriy bo‘lib, hech kim sizni bunga majbur qila olmaydi.
🔹 Hech bir shaxs yoki tashkilot tovar belgisining albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlay olmaydi. Patent bojlari miqdori qonunchilikda belgilangan.
🔸 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani im.adliya.uz portali orqali mustaqil ravishda yoki patent vakili orqali topshirishingiz mumkin.
🔹 Bugungi kunda respublikada 151 nafar patent vakili faoliyat yuritmoqda. Ularning ro‘yxati im.adliya.uz portalining "Patent vakillari" bo‘limida e'lon qilingan.
❗️Shubhali qo‘ng‘iroqlar va asossiz va'dalarga ishonmang. Firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

👍9❤6🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
⚔️ AYNI DAQIQALARDA
📍 Farg‘ona viloyatida adliya vaziri Akbar Tashkulovning sayyor qabuli davom etmoqda.
🤝 Sayyor qabulda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarining murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
📹 Jarayonlardan lavhalar.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📍 Farg‘ona viloyatida adliya vaziri Akbar Tashkulovning sayyor qabuli davom etmoqda.
🤝 Sayyor qabulda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarining murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
📹 Jarayonlardan lavhalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥6👏4❤3
#Yoshlar_kuni
⚔️ Adliya organlari va muassasalarida “Payshanba — Yoshlar kuni”
🔹 Xorazm viloyati: Hazorasp tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
🔸 Sirdaryo viloyati: Yosh voleybolchi qizlar o‘rtasida “Adliya kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
🔹 Samarqand viloyati: Yoshlar kreativ bog‘ida ochiq muloqot hamda shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Qoraqalpoq pedagogika texnikumi o‘quvchilari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, ularning taklif va muammolari muhokama qilindi.
🔹 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti: Xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va intellektual salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
🔸 Navoiy viloyati: Havaskor shaxmatchi yoshlar o‘rtasida musobaqa tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
🔹 Namangan viloyati: Pop tumanida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va zamonaviy texnologiyalarga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
🔸 “O‘zarxiv” agentligi: Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va manzilli qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi.
🔹 Jizzax viloyati: Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi.
🔸 Surxondaryo viloyati: “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar, adliya organlari xodimlari va mahalla faollari ishtirokida “Sport kuni” tadbiri hamda sport musobaqalari tashkil etildi.
🔹 Toshkent shahri: Bektemir tumanidagi “Rohat” mahallasida yoshlarning intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

👏3❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari
Farg‘onada adliya vazirining sayyor qabuli: Har bir murojaat e’tiborda
Farg‘ona shahrida adliya vaziri A. Tashkulovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona shahri hamda unga yondosh tumanlardan 80 ga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Shuningdek, markazdan olis hududlarda yashovchi 40 dan ortiq yurtdoshlarimiz onlayn tarzda qatnashib, o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalarga yechim topish imkoniga ega bo‘ldilar.
Qabul davomida aholining turli hayotiy va huquqiy muammolariga yechim izlandi. Jumladan:
🔹 Hujjatlardagi muammo hal etildi Toshloq tumanidan kelgan Zamira ona Oripova pensiya tayinlash jarayonida yuzaga kelgan to‘siq bo‘yicha murojaat qildi. O'z vaqtida e’tiborsizlik oqibatida vafot etgan ikki nafar farzandining o‘lim haqidagi guvohnomalarini olmagani, oradan yillar o'tib pensiyaga chiqishida muammo yaratgan. Masala tezkorlik bilan ijobiy hal etilib, onaxonga zarur hujjatlarni zudlik bilan rasmiylashtirib berish belgilandi.
🔹 Asossiz (noreal) qarzdorlik bo‘yicha murojaat o'rganilmoqda
Dang‘ara tumanidagi “G‘alaba” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar asossiz yozilgan qarzdorlik masalasida kelishgan. Ularning ta'kidlashicha, hudud 2011-yilda tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan va 2015-yilda qayta ulangan. Biroq, aynan gaz ta'minoti bo‘lmagan yillar uchun noma’lum sabablarga ko‘ra noreal qarzdorlik hisoblangan. Murojaatga huquqiy baho berish va uni qonuniy o'rganib chiqish uchun masala ish yurituviga olindi.
🔹 Sog‘liqqa yetkazilgan zararni undirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi
Farg‘ona shahrida yashovchi Natalya Kosyanenkoning murojaati ham diqqat markazida bo‘ldi. Uning bildirishicha, pandemiya davrida mutaxassis ko‘rigisiz kovidga qarshi emlanishi oqibatida sog'lig'ini yo'qotib, nogiron bo‘lib qolgan. Hozirda bepul dori-darmon bilan ta’minlanib, davolanayotgan bo‘lsa-da, u endilikda umrbod 7-8 nafar turli yo'nalishdagi shifokorlar nazoratida bo'lishga majbur. Fuqaro sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni sud orqali undirishda yordam so‘radi. Adliya organlari ko‘magida uning arizasi masalani qonuniy hal etish uchun prokuraturaga yo‘naltirildi va nazoratga olindi.

👏12🔥4❤3
🔒 Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa orqali qayta-qayta bezovta qilish, tahdid qilish, haqoratlash, yolg‘on ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar yoki suratlarni ruxsatsiz e’lon qilish kabi ta’qib va tazyiq holatlari ham uchramoqda. Mazkur so‘rovnoma bunday holatlarning qanchalik keng tarqalganini, fuqarolarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini hamda jabrlanganlar qayerga murojaat qilayotganini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Olingan natijalar ta’qib va tazyiq holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.
So‘rovnomada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob mavjud emas. O‘zingiz duch kelgan yoki kuzatgan holatlarni qanday bo‘lsa, shunday belgilang. Javoblaringiz anonim bo‘lib, faqat umumlashgan holda tahlil qilinadi. To‘ldirish uchun 4-5 daqiqa kifoya.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤1
#adliya_xabari
⚔️ Portugaliyaning davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda
Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Portugaliyada davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganmoqda.
🤝 Xizmat safari doirasida delegatsiya a'zolari Texnologik islohotlar agentligi, Gimaraynsh shahri munitsipaliteti ma'muriyati hamda Raqamlashtirish bo‘yicha davlat kotibi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🏢 Shuningdek, delegatsiya Lissabon shahridagi aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi eng yirik markazlardan biri — Loja do Cidadao faoliyati bilan tanishdi.
💻 Uchrashuvlarda davlat boshqaruviga raqamli texnologiyalarni joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish hamda sun'iy intellektga asoslangan yechimlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
📌 Tomonlar davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
🌍 Mazkur xizmat safari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan.

👍13❤3🔥1