ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_yoshlar
#Yoshlar_kuni

"Yoshlar kuni" doirasida uchrashuv tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ hamda “PRAE LEGAL” advokatlik firmasi advokati D.Axmatov ishtirokida yoshlar bilan uchrashildi.

Uchrashuv davomida advokatlik va adliya faoliyatidagi eng dolzarb amaliy masalalar, qonunchilikni qo‘llashda uchrayotgan murakkab keyslar va ularning yechimlari, yosh xodimlarning professional salohiyatini oshirish va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi.
 
Bunday tadbirlar yosh kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, qonunchilikni amalda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda adliya tizimida ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ochiq muloqot chog‘ida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4👏4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 6 oylik qayta tayyorlov kurslari bitiruvchilarining faoliyat yo‘nalishlari yanada kengaytirildi

➡️ Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar endilikda nafaqat yuridik xizmatlarda, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek advokatura hamda notariat tizimida oliy yuridik ma’lumot talab etilmaydigan lavozimlarda, balki yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarida ham faoliyat yuritishlari mumkin.

Batafsil videoda

📱minjusttraining.uz📱Facebook📱Instagram📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏1
#So'rovnoma

📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!

💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!

❗️Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Adliya_xabari

⚔️ Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekiston huquqiy axborot tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi

📍 Adliya vazirligida Koreya Respublikasining KSP 2025/26 loyihasi doirasida O‘zbekiston huquqiy axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🤝 Unda Adliya vazirligi, "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi hamda Koreya delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

💻 Yig‘ilishda loyiha doirasida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, huquqiy axborot tizimini yanada rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, elektron qonunchilik infratuzilmasini takomillashtirish hamda Lex.uz platformasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan Axborot strategiyasi (ISP) va uni amalga oshirish yuzasidan yo‘l xaritasi taqdim etildi.

💬 Shuningdek, ishtirokchilar loyiha natijalari, istiqboldagi ustuvor vazifalar va yangi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, o‘z takliflarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha O‘zbekistonda zamonaviy huquqiy axborot tizimini rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlatning raqamli huquqiy infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👏1🎉1
#Adliya_xabari

⚔️ Farg‘onada 15 mingdan ortiq fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi

📍 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 2 050 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etildi.

Natijada viloyatda mulk huquqi rasman e’tirof etilgan fuqarolar soni 15 003 nafarga yetdi.

⚖️ Sessiya davomida 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-sonli Qonun mazmun-mohiyati, mulk huquqlarini e’tirof etish jarayonlarini yanada soddalashtirish va tezlashtirish, shuningdek fuqarolar uchun yaratilgan yangi qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

📌 Xususan:
• mulk huquqlarini e’tirof etish muddati qisqartirildi;
• ortiqcha egallangan yer uchastkalariga ijara huquqini rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi;
• yer uchastkasidagi imoratlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibi takomillashtirildi;
• Soliq kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar hamda fuqarolarni rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha mexanizmlar joriy etildi.

🎯 Yil yakuniga qadar Farg‘ona viloyatida mulk huquqi e’tirof etilgan obyektlar sonini 31 380 taga yetkazish rejalashtirilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4👍1🎉1