ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

⚔️ Yoshlarning mehnat huquqlari adliya organlari himoyasida

📊 Bugungi kunda mamlakatimiz mehnat bozorida yoshlarning faolligi ortib bormoqda. Bu esa mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan adliya organlariga kelib tushayotgan murojaatlar sonining ham oshishiga xizmat qilmoqda.

⚖️ Joriy yilning o‘tgan davrida Navoiy viloyati adliya organlariga mehnat munosabatlariga oid qariyb 200 ta yoshlar murojaati kelib tushgan.

📹 Karmana tumani adliya bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilgan ana shunday murojaatlardan biri va uning ijobiy yechimi haqida videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

⚔️ Adliya ko‘magi bilan yangi hayot sari muhim qadam

📍 Farg'ona viloyati, Furqat tumanida yashovchi Zilola Mahkamova uzoq yillar davomida O‘zbekistonda yashab kelgan bo‘lsa-da, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagani sababli qator huquqiy muammolarga duch kelgan.

⚖️ Fuqaroning murojaati asosida Furqat tumani adliya bo‘limi tomonidan uning 15 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston hududida doimiy yashaganlik fakti sud tartibida tasdiqlanishiga ko‘maklashildi.

🪪 Natijada Zilola Mahkamova uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini rasmiylashtirish va pasport olish imkoniyati yaratildi.

💍 Shundan so‘ng u qonuniy nikohini rasmiylashtirdi hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" doirasidagi 4 foizlik kvota asosida Qo‘qon davlat pedagogika institutiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bir murojaat ortidan tiklangan huquq esa inson hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

⚔️ Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga 179,7 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik bekor qilindi

📍 Xorazm viloyati Bog‘ot tumani adliya bo‘limiga "N.D" MChJ rahbari tomonidan qo‘shimcha to‘lov asosida olingan yer uchastkasi ijara huquqiga oid asossiz hisoblangan qarzdorlikni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi 2025-yil sentabr oyida bekor qilinganiga qaramay, elektron ma’lumotlar bazasida 2025-yil sentabrdan 2026-yil aprel oyigacha 179 765 418 so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.

📄 Shundan so‘ng adliya bo‘limi tomonidan viloyat soliq boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Natijada tadbirkorga 179 765 418 so‘m miqdorida asossiz hisoblangan qarzdorlik hisobdan chiqarildi hamda uning qonuniy huquqlari tiklandi.
 
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21
📢 DIQQAT, SHAXSIY QABUL!

👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!
📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi – To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi.



🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 24-iyul kuniga qadar davom etadi.
📍 Shaxsiy qabulda:
🏢 Toshkent shahridan ishtirok etuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
🏛 Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
💻 Viloyatlardan ishtirok etuvchilar — tegishli viloyat adliya boshqarmalari binolarida videokonferensaloqa rejimida qatnashishlari mumkin.
ℹ️ Shaxsiy qabul reja asosida hududlar kesimida navbatma-navbat tashkil etiladi. Uning kuni va vaqti haqida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bilan ular uchun qulay vaqt va shaklda bevosita bogʻlanilib, xabardor qilinadi.


🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi

 
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari
#notariat

⚔️Notarial xizmatlardan onlayn foydalanishlar soni 500 mingdan oshdi!

🔹 Soʻnggi vaqtlarda Adliya vazirligi tomonidan notarial xizmatlardan foydalanishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida notarial harakatlarni masofadan turib (onlayn) amalga oshirishga qaratilgan keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

📌 Xususan, hozirda 18 turdagi notarial harakatlarni notarial idoraga bormasdan onlayn amalga oshirish mumkin.

📊 2026-yil boshidan hozirga qadar 550 mingdan ortiq (2025-yilning shu davrida — 115 702 ta) onlayn notarial harakatlar rasmiylashtirildi.

📈 Quyida aholimiz tomonidan eng koʻp foydalanilgan onlayn xizmatlar:

1️⃣ Er yoki xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha rozilik arizalari103 981 ta (2025-yilning shu davrida — 22 475 ta);
2️⃣ Boshqa turdagi ishonchnomalar65 477 ta (2025-yilning shu davrida — 24 478 ta);
3️⃣ Voyaga yetmagan shaxsni xorijga chiqishi uchun ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ining rozilik arizalari49 648 ta (2025-yilning shu davrida — 34 858 ta) onlayn rasmiylashtirilgan.

📢 Avval xabar berilganidek, 2026-yil 7-iyuldagi tegishli hujjat bilan onlayn notarial xizmatlar uchun undiriladigan 123 600 soʻm qoʻshimcha toʻlov bekor qilinib, notarial harakat shaxsan notarial idoraga kelib yoki masofadan turib rasmiylashtirilishidan qatʼi nazar, xizmat uchun toʻlovlar bir xillashtirilgan.

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan boshqa notarial xizmatlardan ham masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur oʻzgartirishlardan maqsad avvalambor aholining onlayn notarial xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning vaqti va xarajatlarini tejashga qaratilgan.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1
Qonunga sadoqat, adolatga xizmat — kelgusi faoliyatning bosh mezoni!” shiori ostidagi TDYU bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

🎓Bugun “Xalqlar do‘stligi” saroyida Toshkent davlat yuridik universitetining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🧷Tantanali tadbir davlat va jamoat tashkilotlari, sud-huquq tizimi, xalqaro hamkorlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalarini bir maydonga jamladi.

💠Marosim davomida universitetning so‘nggi yillardagi yutuqlari alohida e’tirof etildi:

▫️ 200 dan ortiq talaba akademik mobillik dasturlari orqali xorijning nufuzli universitetlarida tahsil oldi;
▫️ 50 nafarga yaqin bitiruvchi AQSH va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi;
▫️ 1490 nafar bitiruvchi diplom olishidan avval ish bilan ta’minlandi;
▫️ Universitet xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib, yuridik ta’lim sifatini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbirda bitiruvchilarni tabriklash uchun so‘zga chiqqan adliya vaziri Akbar Tashkulov bitiruvchilarga murojaat qilib, shunday dedi:

“Qonunni bilish huquqshunosni mutaxassis qiladi. Adolatni his qilish esa uni buyuk huquqshunosga aylantiradi.”

🔖 Yangi hayot sari qadam qo‘yayotgan barcha bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatingizda qonunga sadoqat, adolatga xizmat va yurt ravnaqi yo‘lida ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4
📣 Ijodkorlar diqqatiga! O’z huquqlaringizni CLIP platformasi orqali himoya qiling‼️

⏯️ Musiqa, adabiyot, kino, fotografiya, dizayn yoki boshqa ijod yo’nalishida faoliyat yuritasizmi⁉️
Unda ijodingizni himoya qilishni ham unutmang‼️


📲 CLIP platformasi sizga mualliflik huquqlaringizni qanday samarali himoya qilishni o'rgatadi.


CLIP (Creators Learn Intellectual Property) — Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan yaratilgan bepul xalqaro ta’lim platformasi bo’lib, ijodkorlarga o’z huquqlarini bilish, ularni himoya qilish va intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi.

📌 Platforma orqali siz:
✔️ mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqida bilim olasiz;
✔️ ijod mahsulotingizni qanday himoya qilishni o’rganasiz;
✔️ asaringizdan qonuniy daromad olish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lasiz;
✔️ dunyoning turli mamlakatlaridagi ijodkorlarning tajribalari bilan tanishasiz;
✔️ bepul video va interaktiv o’quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin.

🇵🇲 Bugungi kunga qadar platforma 7 tilda faoliyat yuritib, 25 dan ortiq mamlakat ijodkorlarini qamrab olgan hamda 220 mingdan ortiq foydalanuvchi undan foydalangan.

🔗 CLIP platformasiga tashrif buyuring va ijodingizni himoya qilishni bugundan boshlang‼️

🌐 https://goclip.org

Ijod qiling. Huquqlaringizni biling. Ijodingizni himoya qiling!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#AdliyaPlus

⚔️ Nikohni qayd etish uchun endi FHDY bo‘limiga borish shart emas!

📱 Endilikda Adliya Plus mobil ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun onlayn ariza yuborish mumkin.

Ilovada bir necha bosqichni bajarish orqali arizani rasmiylashtirish, ikkinchi tomon ma'lumotlarini kiritish va xizmatdan masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud.

❗️ Buning uchun:
🔹 1-bosqich. Adliya Plus ilovasiga kiring.
🔹 2-bosqich. "Fuqaroga" bo‘limini tanlang.
🔹 3-bosqich. "FHDY xizmatlari" bo‘limiga o‘ting va "Nikohni qayd etish" xizmatini tanlang.
🔹 4-bosqich. Xizmat shartlari va narxlari bilan tanishib, "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosing.
🔹 5-bosqich. Arizachi ma'lumotlarini tekshiring hamda ikkinchi tomon haqidagi ma'lumotlarni kiriting.
🔹 6-bosqich. Telefon raqamingizni kiriting va barcha ma'lumotlarni qayta tekshirib, arizani yuboring.


⏱️ Bu esa ortiqcha vaqt sarflamasdan, nikohni qayd etish jarayonini yanada qulay va tezkor amalga oshirishga xizmat qiladi.

🎥 Videolavhada Adliya Plus ilovasi orqali nikohni qayd etish uchun ariza yuborish tartibi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.

📌 Yaqinda oila qurishni rejalashtirayotgan tanishlaringizga ham ulashing!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👏1🎉1
#Sayyor_qabul

⚔️ Furqat tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

⚖️ Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Furqat tumanining "Chirkay" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

📝 Qabul davomida uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi.

Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olindi.

💼 Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga 30 dan ortiq sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1🎉1🙏1