ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️Adliya vaziri tungi xizmat faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi

📍 Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tungi xizmat faoliyati bilan tanishdi.

🔍 O‘rganishlar davomida jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar, tungi vaqtda faoliyat yuritayotgan ko‘ngilochar maskanlar atrofida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🚔 Shuningdek, “Huquq-tartibot maskani” faoliyati o‘rganilib, ichki ishlar organlari xodimlarining axboroti eshitildi hamda mavjud vaziyat yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

📌 O‘rganishlar yakunida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda xizmatni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥1
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vaziri o‘rinbosari jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimlar faoliyatini o‘rgandi

📍 Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Toshkent shahrining Yashnabod tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimlar faoliyati bilan joyida tanishdi.

🔍 O‘rganishlar davomida mahallalarda o‘rnatilgan “tashvish tugmalari”ning ishchanlik holati, jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda tashkil etilgan profilaktika ishlari hamda “Huquq-tartibot maskani” faoliyati ko‘zdan kechirildi.

🚔 Shuningdek, xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan muloqot qilinib, ularning faoliyati hamda vaqtincha saqlash xonalaridagi sharoitlar o‘rganildi.

📌 O‘rganishlar yakunida profilaktika tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥42
#Adliya_xabari

⚔️Iste’dod va imkoniyatlar bir maydonda jam bo‘ldi

🎨 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Maftunkor ranglar jilosi” VIII Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

👥 Tanlovda respublikamizning barcha 14 ta hududidan 28 nafar ishtirokchi qatnashib, shundan 14 nafari tasviriy san’at, yana 14 nafari esa shaxmat yo‘nalishida o‘z iste’dodi va mahoratini namoyon etdi.

Mazkur ko‘rik-tanlov nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda inklyuziv muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🤝 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, IT ta’lim uyushmasi, “Ona” jamoat fondi hamda Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi ko‘magida tashkil etildi.


🏆 Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar shuningdek, barcha ishtirokchilar diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda esdalik sovrinlari bilan taqdirlandi.

💬 Har bir iste’dod e’tirofga, har bir inson esa teng imkoniyatga loyiq.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7