#Adliya_xabari
⚔️ Yuridik shaxslar uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi
⚖️ Adliya vazirligi tashabbusi bilan vakolat.adliya.uz tizimida yuridik shaxslar uchun avtotransport moduli joriy etildi.
💻 Endilikda yuridik shaxslar o‘ziga tegishli yoki ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ishonchnomalarni vakolat.adliya.uz hamda new.birdarcha.uz axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin.
🔄 vakolat.adliya.uz hamda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan.
📲 Shu bois rasmiylashtirilgan elektron ishonchnomalar real vaqt rejimida yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining planshetlarida aks etadi. Bu esa ishonchnomalarni tezkor tekshirish, ortiqcha hujjat aylanishini kamaytirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥2
#Intellektual_mulk
⚔️ "YAGONA" tovar belgisi huquqiy himoya qilindi
📍 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.B.ning "YAGONA" tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaati o‘rganildi.
🔍 O‘rganishlar davomida "C.D" oilaviy korxonasi tomonidan "YAGONA" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash nom ostida pista mahsuloti ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
⚖️ Holat yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya’ni 82 million 400 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
📞 Hurmatli tadbirkorlar! O‘z tovar belgingizni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazing. Agar brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelsangiz, Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥯“Agar Samarqand nonini Nyu-Yorkda pishirsak, uni Samarqand noni deb atash mumkinmi?”
✅ Xo‘sh, aslida-chi⁉️
Nega har qanday pishirilgan nonni Samarqand noni deb atab bo‘lmaydi ⁉️
Bu nomning qadri va himoyasi nimada⁉️
Bunga javob siz o‘ylagandan ham qiziqroq. Videoni tomosha qiling.‼️
🌐 website📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Nega har qanday pishirilgan nonni Samarqand noni deb atab bo‘lmaydi ⁉️
Bu nomning qadri va himoyasi nimada⁉️
Bunga javob siz o‘ylagandan ham qiziqroq. Videoni tomosha qiling.‼️
🌐 website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤8👏3👍1🙏1
Forwarded from To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
📢 DIQQAT, SHAXSIY QABUL!
👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!
🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 22-iyul kuniga qadar davom etadi.
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
📱 Website📱 Telegram
📱 Facebook 📱 Instagram
👥 Tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari diqqatiga!
📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli davlat organi – To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi.
🤝 Tadbirkorlik subyektlari hamda sud boshqaruvchilari faoliyatida uchrayotgan muammolarni bevosita oʼrganish va ularni hal etish choralarini koʼrish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʼrinbosari M. Istamov tomonidan shaxsiy qabul oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
📲 Shaxsiy qabulga yozilish istagida boʼlgan tadbirkorlik subyektlari va sud boshqaruvchilari +998 91 137-20-73 yoki +998 99 838-78-18 telefon raqamlari hamda Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @sayyor_qabul_bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
📅 Roʻyxatga olish 2026-yil 22-iyul kuniga qadar davom etadi.
📍 Shaxsiy qabulda:
🏢 Toshkent shahridan ishtirok etuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
🏛 Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etuvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida;
💻 Viloyatlardan ishtirok etuvchilar — tegishli viloyat adliya boshqarmalari binolarida videokonferensaloqa rejimida qatnashishlari mumkin.
ℹ️ Shaxsiy qabul reja asosida hududlar kesimida navbatma-navbat tashkil etiladi. Uning kuni va vaqti haqida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bilan ular uchun qulay vaqt va shaklda bevosita bogʻlanilib, xabardor qilinadi.
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☀️Jazirama kunlarda Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilayotgan fuqarolarga salqin ichimliklar tarqatildi.
💙 Inson qadri va fuqarolar qulayligi — ustuvor maqsadimiz.

❤10👏3🔥2
#So'rovnoma
📣 Hurmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
💬 So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉 havolaning 👈 ustiga bosing!
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
❗️ Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
#Diqqat_muhim
📣 Hurmatli hamyurtlar!
Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonlari” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.
Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.
Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

👍4❤1🔥1
#Adliya_aralashgach
📌 Adliya aralashuvi bilan fuqaroning 104 million so‘mdan ortiq kompensatsiya olish huquqi ta'minlandi
Namangan viloyati adliya boshqarmasiga fuqaro V.I tomonidan To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan sud qarori o‘z vaqtida ijro etilmagani oqibatida ishga tiklash kechiktirilgani hamda majburiy progul davri uchun o‘rtacha ish haqini undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.
Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarorini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, xodimga majburiy progulning butun davri uchun o‘rtacha ish haqi to‘lab berilishi lozim. Mazkur holatdan kelib chiqib, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Chust tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.
Natijada, Fuqarolik ishlari bo'yicha Chust tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan fuqaro foydasiga ishga tiklash kechiktirilgan davr uchun 104 025 364 so‘m miqdorida kompensatsiya undirilishi belgillandi.
Adliya organlari fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, sud qarorlari ijrosini ta'minlash hamda buzilgan huquqlarni tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
📌 Adliya aralashuvi bilan fuqaroning 104 million so‘mdan ortiq kompensatsiya olish huquqi ta'minlandi
Namangan viloyati adliya boshqarmasiga fuqaro V.I tomonidan To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan sud qarori o‘z vaqtida ijro etilmagani oqibatida ishga tiklash kechiktirilgani hamda majburiy progul davri uchun o‘rtacha ish haqini undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.
Murojaat adliya organi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilganda, Chust tumanlararo sudining tegishli qarori bilan fuqaroni avvalgi ishiga tiklash belgilangan bo‘lishiga qaramay, mazkur sud qarorining ishga tiklashga oid qismi ish beruvchi tomonidan o‘z vaqtida ijro etilmagani va fuqaro uzoq vaqt davomida ishga tiklanmagani aniqlandi.
Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarorini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, xodimga majburiy progulning butun davri uchun o‘rtacha ish haqi to‘lab berilishi lozim. Mazkur holatdan kelib chiqib, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Chust tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.
Natijada, Fuqarolik ishlari bo'yicha Chust tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan fuqaro foydasiga ishga tiklash kechiktirilgan davr uchun 104 025 364 so‘m miqdorida kompensatsiya undirilishi belgillandi.
Adliya organlari fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, sud qarorlari ijrosini ta'minlash hamda buzilgan huquqlarni tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2
#Sayyor_qabul
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.
🔰 Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Tuproqqal'a tumanidagi "Yakkachiqir" mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
✅ Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔹Sayyor qabul davomida, 30 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi, 10 ta murojaat joyida hal etildi, 10 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 20 nafar fuqaroga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko'rsatildi va o'rganilishi talab etilayotgan holatlar bo'yicha 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.
🔰 Davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Tuproqqal'a tumanidagi "Yakkachiqir" mahallalarida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
✅ Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, huquqiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

👍6🔥1