This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Adliya_yoshlari
📚 Adliya vazirligi kutubxonasi "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida yangi adabiyotlar bilan boyitildi
📖 Prezidentimizning 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarori bilan amalga oshirilayotgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida davlat buyurtmasi asosida nashr etilgan kitoblar Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirildi.
🌍 Loyiha doirasida jahonning mashhur adiblari va mutafakkirlarining asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmiy va badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ Adliya vazirligi kutubxonasining mazkur adabiyotlar bilan boyitilishi vazirlik xodimlarining kasbiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda tafakkurini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, kitobxon xalqni shakllantirish va ma’rifatni taraqqiyotning bosh mezoniga aylantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirilgan ushbu kitoblar ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#Adliya_yoshlari
📚 Adliya vazirligi kutubxonasi "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida yangi adabiyotlar bilan boyitildi
📖 Prezidentimizning 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarori bilan amalga oshirilayotgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi doirasida davlat buyurtmasi asosida nashr etilgan kitoblar Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirildi.
Mazkur qarorga muvofiq, jahon adabiyotining sara namunalari davlat organlari kutubxonalariga beg‘araz yetkazib berilishi belgilangan.
🌍 Loyiha doirasida jahonning mashhur adiblari va mutafakkirlarining asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmiy va badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📚 Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 47 nomdagi kitob 140 ming nusxada chop etilib, oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari kutubxonalari hamda axborot-kutubxona markazlariga beg‘araz tarqatildi. Joriy yil yakuniga qadar esa yana 35 nomdagi kitobni 105 ming nusxada nashr etish rejalashtirilgan.
⚖️ Adliya vazirligi kutubxonasining mazkur adabiyotlar bilan boyitilishi vazirlik xodimlarining kasbiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda tafakkurini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, kitobxon xalqni shakllantirish va ma’rifatni taraqqiyotning bosh mezoniga aylantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Adliya vazirligi kutubxonasiga topshirilgan ushbu kitoblar ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤3
Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
#matbuot_anjumani
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi
2026-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida arxiv hujjatlarini saqlash va raqamlashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, davlat nazorati natijalari, xalqaro hamkorlik, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda joriy yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/193599
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
❤1👍1
#Adliya_xabari
🥙 "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
📜 Adliya vazirligida Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
🏛 Qo‘qon qadimdan hunarmandchilik, savdo va milliy pazandachilik rivojlangan yirik madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Ana shunday noyob gastronomik meros namunalaridan biri bo‘lgan Qo‘qon patiri o‘zining betakror ta’mi, an’anaviy retsepti va tayyorlash texnologiyasi bilan ajralib turadi.
🥖 Mazkur non turi aynan o‘ziga xos tayyorlash usuli tufayli bir necha hafta davomida o‘z sifati va ta’mini saqlab qolishi bilan mashhur.
✅ "Qo‘qon patiri"ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulot nomi va uni tayyorlashning an’anaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilish, sifat standartlarini mustahkamlash hamda Farg‘ona viloyatining gastronomik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini hamda uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan chambarchas bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

🔥5❤4🙏1
#Adliya_xabari
📍 PQ–1 ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
🤝 Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanining "Isvaxon" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
📋 Tadbir avvalida mahalla faollari ishtirokida PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyati hamda nizoli oilalar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.
👥 Shuningdek, mahalla faollari, probatsiya hisobida turgan shaxslar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
📊 Sayyor qabul davomida 16 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ 4 ta murojaat joyida hal etildi;
📖 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
📝 10 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi.
💼 Bundan tashqari, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
🤝 Olib borilgan manzilli ishlar natijasida "Isvaxon" mahallasida yil boshida ro‘yxatda bo‘lgan 14 ta nizoli oilaning 12 tasida yarashuvga erishildi. Bu esa mahallalarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
⚖️ Sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, huquqiy yordam ko‘rsatish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.