ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

❗️Adliya aralashuvi bilan eksklav hudud —So'x tumanida qonuniy ish haqi va konpensatsiya pullari undirib berildi
 
So'x tumanining Xushyor MFYda yashovchi fuqaro A.A.ning murojaati o'rganildi. Fuqaro o'z murojaatida tumandagi 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlab kelganligi, 2025-yil 15-dekabr kuni maktab direktori tomonidan uning shtati qisqarganligi va ishsiz qolganligi aytilganini bildirgan.
 
Biroq unga maktab ma'muriyati tomonidan egallab turgan shtat birligi qisqartirilganligi haqida yozma ogohlantirish xati berilmagan. Unga pullik komensatsiya hamda ishdan bushatilganligi to'g'risidagi buyruq nusxasi berilmaydi. Ish haqini ishlagan davri uchun to'liq hisob kitob qilinmagan.
 
Fuqaro shu holatlarni qonuniyligini o'rganish, unga to'lanilishi lozim bo'lgan ish haqlari va Mehnat kodeksida belgilangan pullik komensatsiya haqlarini undirishda amaliy yordam so'raydi.

Tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganishlar davomida direktori tomonidan joriy yilning 9-aprel kuni qabul qilingan buyruq rasmiylashtirilganligi oydinlashdi. Ushbu buyruqda xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026-yil 31-mart sanasidan bekor qilingan. 2025-yilning oktiyabr, noyabr oylari uchun esa ish haqi kompensatsiya bilan almashtirilganligi aniqlandi. Ishlagan ish davri uchun ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanishi belgilangan.


Lekin ish beruvchi tomonidan mazkur buyruqning ijrosi ta'minlanmayotganligi, xodimga qonunchilikda belgilangan to'lovlar to'lanmayotganligi aniqlandi.
 
So'x tumani adliya bo'limi taqdimnomasi bilan ushbu fuqaroga Mehnat kodeksining 173-moddasi talablariga asosan ishdan bo'shatish nafaqalari va boshqa ko'zda tutilgan qonuniy haqlari ish beruvchidan undirib berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32👍2🔥2
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi TÜRKPATENT prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

📍 Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov hamda Turkiya Patent va tovar belgilari idorasi (TÜRKPATENT) prezidenti, professor doktor Muhammed Zeki Durak o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida:

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi;

2027–2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha Milliy strategiyasini amalga oshirishda TÜRKPATENT tajribasidan foydalanish yuzasidan fikr almashildi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Turkiya Respublikasining vakolatli organi o‘rtasida Anglashuv memorandumini yaqin muddatda imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi;

TÜRKPATENT tomonidan 2026-yil 30-sentyabr – 4-oktyabr kunlari Turkiyaning Shanliurfa shahrida o‘tkaziladigan ISIF’26 – Xalqaro ixtirolar ko‘rgazmasida O‘zbekiston olimlari va ixtirochilarining faol ishtirok etishi taklif qilindi.

🌐 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish hamda tajriba almashishni kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🔥4
#Adliya_xabari

⚔️ Davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali foydalanishning 5 ta afzalligi

1. Vaqt va masofani tejaysiz!
🏠 Uydan yoki ish joyidan chiqmasdan 800 dan ortiq xizmatdan 24/7 rejimida onlayn foydalanish mumkin.

2. 🚀 Navbatlarsiz xizmat olish!
📲 Davlat xizmatlari markazlaridagi navbat va ovora bo‘lishlarsiz, arizalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tarzda topshirish imkoniyati mavjud.

3. 💰 Kam pul to‘laysiz!
🎯 Barcha to‘lovlarga 10 foiz chegirma beriladi, DXMlarda olinadigan pullik xizmat haqlari umuman mavjud emas.

4. 🛡 Korrupsiyaning oldi olinadi!
🤝 Davlat xizmatchisi bilan bevosita muloqotga kirishilmaydi.

5. 🔎 Shaffoflik!
📊 Arizalarning ko‘rib chiqish jarayonini, bosqichma-bosqich holatini onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud.

❗️MUHIM! my.gov.uz portalida barcha kerakli ma’lumotnomalar, hujjatlar nusxalari va shaxsiy ma’lumotlar elektron shaklda shaxsiy kabinetda jamlanadi va ulardan istalgan vaqtda foydalanish mumkin.


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍5
🌍 O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk sohasidagi 20-xalqaro shartnomaga qo‘shilmoqda

📍 Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida “Kelib chiqish joy nomlari va geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 2015-yil 20-may) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mazkur xalqaro hujjatga qo‘shilish O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning navbatdagi muhim bosqichi bo‘lib, geografik ko‘rsatkichlar hamda tovar kelib chiqqan joy nomlarini xalqaro miqyosda ishonchli huquqiy muhofaza qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Qonun qabul qilinishi natijasida:

mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda soddalashtirilgan tartibda xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarini xorijda huquqiy muhofaza qilish xarajatlari o‘rtacha 4 barobargacha qisqaradi;

arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqaradi;

hududiy brendlarni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

📌 Bugungi kunda O‘zbekistonda 32 ta geografik ko‘rsatkich va 4 ta tovar kelib chiqqan joy nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jumladan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi va Xorazm qovuni xalqaro bozorda yuqori salohiyatga ega milliy brendlar hisoblanadi.

🤝 Mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilish O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, milliy intellektual mulk obyektlarini xalqaro darajada samarali himoya qilish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini yanada ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥4👍3
⚡️O‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar taqdiri nima bo‘ladi?

“Uzreport” TV da “Huquqiy nigoh”ning navbatdagi sonida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari, amaldagi tartibi va fuqarolar uchun muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📹To‘liq video 👉🏻 https://youtu.be/jTeQZ7z_y4A
https://www.facebook.com/share/v/1BD4AtwLMa/
25🔥1👏1
⚔️O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy sohadagi ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruza muhokamasi o‘tkazildi

🏛 Bugun Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruza ko‘rib chiqildi.

📊 Muhokamada adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov tomonidan Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-huquqiy sohadagi ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruza doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar hamda sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga mo‘ljallangan aniq takliflar yuzasidan axborot berildi.

🛡 Korrupsiyaga qarshi kurash, 📰 matbuot erkinligi, 👥 aholi fikrini inobatga olish va ⚖️ hisobdorlik yo‘nalishlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

📌 M. Istamov tomonidan:
▫️ qonunchilikdagi ortiqcha va samarasiz majburiy talablarni qisqartirish;
▫️ normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;
▫️ huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tizimli fikr-mulohaza mexanizmlarini joriy etish;
▫️ hujjatlar ijrosini ularning amaliy ta’siri asosida baholash;
▫️ ma’muriy sud ishlarini yuritishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🤝 Muhokama yakunida, Adliya vazirligi tomonidan bildirilgan takliflar majlis ishtirokchilari tomonidan ijobiy qabul qilindi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish muhokama qilindi

📍Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 36-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X.Eshmuratov, Adliya vaziri oʻrinbosari N.U.Muxammadiyev, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi B.T.Rahmankulov, tuman prokurori, ichki ishlar boshlig‘i, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

❗️Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar, shu jumladan tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
3👍1🔥1
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ISO/IEC 27001:2023 axborot xavfsizligini boshqarish tizimi xalqaro standarti joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat axborot resurslari va axborot tizimlarini ishonchli himoya qilish bugungi kunda davlat boshqaruvining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2🔥2🙏1
Forwarded from Rasmiy axborot
👍 Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich

📝 Prezident tomonidan "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir,- deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.


📌 Ushbu hujjat mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos moliyaviy infratuzilmani shakllantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim institutsional islohot hisoblanadi.

Toshkent xalqaro moliya markazi hududida investorlar va moliyaviy tashkilotlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi. Markazda mustaqil moliyaviy regulyator, Toshkent xalqaro tijorat sudi va nizolarni hal etishning zamonaviy mexanizmlari faoliyat yuritadi. Bu esa xalqaro investorlar uchun huquqiy kafolatlar va barqaror biznes muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔅 Yangi markaz bank va investitsiya xizmatlari, kapital bozori, sug‘urta, islom moliyasi, fintex, raqamli aktivlar, aktivlarni boshqarish, yuridik va konsalting xizmatlarini qamrab olgan zamonaviy moliyaviy ekotizim sifatida rivojlantiriladi.

❗️ 2030- yilgacha mazkur tashabbus orqali 20–25 mlrd AQSH dollarigacha qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish, iqtisodiyotning yillik o‘sishiga qo‘shimcha hissa qo‘shish, 15 minggacha yuqori malakali ish o‘rni yaratish va 10 ming nafar mutaxassisning malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Bu esa xususiy sektorni rivojlantirish, innovatsion moliyaviy xizmatlarni kengaytirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

📌 Toshkent xalqaro moliya markazining tashkil etilishi – O‘zbekistonning ochiq, raqobatbardosh va xalqaro moliyaviy tizimga chuqur integratsiyalashgan iqtisodiyotni barpo etish yo‘lidagi muhim strategik qadamidir.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Yevrosiyo patent tashkiloti prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

📍 Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Assambleyalarining 68-seriyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari – intellektual mulk masalalari bo‘yicha milliy organ rahbari Muzraf Ikramov hamda Yevrosiyo patent tashkiloti (YePT) prezidenti Grigoriy Ivliyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

🤝 Uchrashuv davomida:

O‘zbekiston va YePT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Memorandum doirasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi;

patent ekspertizasining ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha autsorsing asosida ekspertiza o‘tkazish, shuningdek, Patent ish yuritishini tezlashtirish dasturi (Patent Prosecution Highway – PPH) doirasida hamkorlik qilishni nazarda tutuvchi alohida Hamkorlik memorandumini ishlab chiqishga kelishib olindi;

O‘zbekiston mutaxassislarining YePT tomonidan tashkil etiladigan o‘quv dasturlari, seminarlar va malaka oshirish tadbirlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi;

🌐 Shuningdek, YPT prezidenti O‘zbekiston yosh ixtirochilarini 2026-yil oktyabr oyida Rossiyaning Buyuk Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadigan Yosh ixtirochilar tanlovida faol ishtirok etishga taklif etdi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar intellektual mulk sohasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ekspertlar almashinuvini kengaytirish hamda qo‘shma tadbirlarni izchil amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5