ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Ko‘hna Xovos tepaligida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar uchun Ko‘hna Xovos tepaligiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida yoshlar Xovos tumanining boy tarixiy merosi, ko‘hna qadamjolari hamda Ko‘hna Xovos hududida olib borilgan ilmiy izlanishlar va arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan yaqindan tanishdilar.

🤝 Muloqot chog‘ida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan suhbatlashib, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularning tarixini chuqur o‘rganish hamda ajdodlar merosiga hurmat ruhida kamol topishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ "Adliya kubogi" mini futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

📍"Yoshlar kuni" doirasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi yakunlandi.

🤝 Musobaqaning taqdirlash marosimida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, barcha ishtirokchilarni sport bayrami bilan tabrikladi hamda musobaqa g‘oliblarini taqdirladi.

🎖 G‘olib jamoalar tegishli darajadagi diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Sport musobaqasi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni
#RAhbar_va_yoshlar

❗️Qo'qon shahridagi "Amiriy" kutubxonasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

Ochiq muloqot shaklida o'tgan ushbu uchrashuvda yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb tanlash hamda o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, elektron va qog‘oz kitoblarning afzalliklari hamda zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍2
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov tomonidan Kegeyli tumani Yoshlar markazida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

💬 Uchrashuvda vazir yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U yoshlarning ta’lim jarayoni, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

🤝 Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1👏1😢1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar
⚔️ Zarbdor tumanida ijodkor yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

💬 Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda tuman adliya bo‘limi mas’ullari ijodkor yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📖 Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amaldagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📚 Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish va intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2