ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️Yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

📍"Yoshlar kuni" doirasida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.

🏛 Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy merosi, ilm-fan taraqqiyoti hamda buyuk allomalarning ilmiy merosini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan tanishdilar.

📖 Shuningdek, markazdagi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar va zamonaviy interaktiv namoyishlar orqali yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tarixiy merosimizni chuqurroq anglashiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yuksaltirish hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Yoshlar bilan ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

📍Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🤝 Muloqot davomida adliya organlarining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

🏛 Uchrashuvdan so‘ng yoshlar bilan birgalikda qadimiy Poykent shaharchasi muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.

📖 Muzeyda ishtirokchilar qadimiy kulolchilik buyumlari, noyob tangalar, arxeologik topilmalar hamda boshqa tarixiy eksponatlar bilan tanishib, Poykent shaharchasining boy tarixi va madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Tadbir yoshlarning milliy tarix va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda Vatanga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

⚔️Davlat xizmatlarini takomillashtirish masalalari xalqaro hamkorlar bilan muhokama qilindi

📍Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Muvaqqat ishlar vakili Renata Vrobel hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Akiko Fujii Adliya vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi va Davlat boshqaruvi samaradorligi agentligi vakillari bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida davlat xizmatlari tizimini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, fuqarolarga yo‘naltirilgan boshqaruvni rivojlantirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari yuzasidan fikr almashildi.

💻 Shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmatlar sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojlariga mos zamonaviy xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1