#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
⚔️ Yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari boshchiligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🤝 Tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
🏛 Ma’naviy-ma’rifiy sayohat davomida ishtirokchilar viloyatning tarixiy, madaniy va tabiiy diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishib, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi hamda uning bugungi taraqqiyotdagi o‘rni haqida ma’lumot oldilar.
🧵 Shuningdek, yoshlar milliy va mahalliy hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati hamda etnografik meros namunalari bilan yaqindan tanishib, ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
✅ Tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash hamda Vatan ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
⚔️ Yoshlar uchun tarixiy maskanlarga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
📍"Yoshlar kuni" doirasida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xiva shahrining Qiyot mahallasida yoshlar uchun tarixiy maskanlarga bir kunlik ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
🏺 Sayohat davomida ishtirokchilar Ogohiy uy muzeyiga tashrif buyurib, muzeydagi eksponatlar va ko‘rgazmalar bilan tanishdilar hamda uning tashkil etilish tarixi va tarixiy ahamiyati haqida ma’lumot oldilar.
🤝 Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mamlakatimizning ichki turizm salohiyati, tarixiy obidalarni asrab-avaylash va davlat muhofazasiga olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning turizmni rivojlantirishga oid fikr va takliflari ham tinglandi.
✅ Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda tarixiy merosimizga hurmat va qiziqishni kuchaytirish hamda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

🔥4👍3
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar
⚔️ Mingbuloqda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📍Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan
Mingbuloq tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi hamda sayyor qabul tashkil etildi.
👥 Uchrashuvda maktab va texnikum bitiruvchilari, band bo‘lmagan yoshlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.
📚 Muloqot davomida yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
💬 Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olindi.
🪪 Tadbir davomida bir guruh yoshlarga ilk bor rasmiylashtirilgan ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
⚖️ Ochiq muloqot sayyor qabul bilan davom ettirildi. Qabulda yoshlarning kredit olish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
📊 Kelib tushgan murojaatlarning 8 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.
🏭 Shundan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlayotgan tadbirkor faoliyati bilan tanishdi. Muloqot davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda faoliyatni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

❤5👍1🔥1