ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚔️ Bo‘zatov tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Bo‘zatov tumani hokimligida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

⚖️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning yer, mulk, mehnat, ijtimoiy ta’minot hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida tegishli choralar ko‘rildi.

📊 Qabulda jami 30 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 20 tasi joyida hal etilib, huquqiy tushuntirishlar berildi, 10 ta murojaat yuzasidan esa qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish uchun nazoratga olindi.

Sayyor qabul fuqarolarni qiynayotgan huquqiy masalalarni o‘z vaqtida hal etish, ularning murojaatlarini bevosita o‘rganish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
Huquqlarni e’tirof etishda aholiga yangi imkoniyatlar

Yangi Qonun bilan huquqlarni e’tirof etish jarayonlari osonlashadi, aholiga to‘lovlarda yengilliklar beriladi, bu boradagi muammolar tez va ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etiladi. Bular haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling!

Batafsil ko‘rish 👉
https://youtu.be/vUe0nfoT_hY
🔥5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Fargona_viloyati

❗️Qo'qonda "Adolat sayli" tashkil etildi

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42👍2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stop_korrupsiya

Stop korrupsiya

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
#Adliya_xabari

DIQQAT! MUHIM YANGILIK!


Notarial xizmatlardan masofadan turib (onlayn) foydalanish yanada arzonlashdi!

👨‍⚖️Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, onlayn notarial xizmatlar uchun video-konferens-aloqa xizmati bo‘yicha undiriladigan qo‘shimcha to‘lov (123 600 so‘m) bekor qilindi.

➡️ Natijada, notarial xizmatlardan onlayn yoki notarial idoraga borib foydalanish uchun undiriladigan haq miqdorlari bir xil bo‘ldi.

Mazkur o‘zgartirish Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-iyulda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3235-8).

🖋 Endi ortiqcha xarajatlarsiz notarial xizmatlardan masofadan turib ham foydalanishingiz mumkin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍7👏3🔥2😢2
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪 Adliya vazirligida Konrad Adenauer jamg‘armasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

📍Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi Bosh kotibi doktor Mark Shpayx boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv davomida qonun ijodkorligi, huquqiy targ‘ibot, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, notariat tizimini takomillashtirish, bepul yuridik yordam hamda yuridik kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

📚 Tomonlar Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik natijalarini yuqori baholab, huquqiy ta’lim, ilmiy-amaliy loyihalar, huquqiy targ‘ibot va kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
9👏6🔥2👍1