ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📍 Adliya vaziri Akbar Tashkulov Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Jarayonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn xizmatlar ulushini oshirish, fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda elektron platformalarni foydalanuvchilar uchun yanada qulay va sodda shaklda takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillarni qisqartirish hamda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yakunda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda fuqarolar uchun qulay, tezkor va zamonaviy xizmatlarni ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥7👏64
📚 Adliya tizimi xodimlarining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv kursi davom etmoqda

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Adliya tizimi xodimlarining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quv kursi doirasida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

⚖️ Kurs davomida tinglovchilar:
➡️ adliya sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va ularning ahamiyati hamda ularni amaliyotda qo‘llash;
➡️analitik fikrlash asoslari, huquqiy hujjatlarni tizimli tahlil qilish va qaror qabul qilish algoritmlari;
➡️ yuridik texnika va hujjat loyihalarini tayyorlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish;
➡️ boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
➡️ kasbiy etika, odob-axloq qoidalari, korrupsiyaviy xavflar hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
➡️ ijro intizomi va nazoratni samarali tashkil etish;
➡️ stressga bardoshlilik, emotsional intellekt va nizoli vaziyatlarda samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlamoqda.


📖 Mazkur o‘quv kursi adliya tizimi xodimlarining zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
#Avval_Hozir

📊 Tadbirkorlikni boshlash yanada qulay

🏢 Avval tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng bank hisobvarag‘ini ochish, elektron raqamli imzo olish, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda boshqa zarur xizmatlardan foydalanish uchun turli davlat organlariga alohida murojaat qilish talab etilar edi.

⚡️ Hozir esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili asosida tashkil etilgan.

Natijada tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonining o‘zida zarur davlat xizmatlaridan kompozit tarzda foydalanish imkoniyatiga ega.

🤝 Ushbu yondashuv ortiqcha hujjatbozlik va vaqt sarfini kamaytirish, davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va samarali ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5😢1
#Bilasizmi

❗️ 2-iyul – “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan kun


Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

📌 O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

🤝 Toshloqda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🎓 Ochiq muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, ularning bandligini ta’minlash, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mavjud shart-sharoitlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

💬 Shuningdek, bitiruvchilarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏43👍2🔥1
#Adliya_va_yoshlar

🧠 Qoraqalpog‘istonda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi


📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🤝 Tadbir davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularga davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

🏆 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan intellektual o‘yin yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sudi jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasi.

🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ochiq muloqot muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1🔥1👏1