ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📍Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolar rasman 7429 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 2289 nafar fuqarolarning mulk huquqlari e'tirof etildi.

Sessiyada so'zga chiqqan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Isakov deputatlar va sessiya ishtirokchilariga 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-sonli Qonun mazmun-mohiyati shuningdek, mulklarni e'tirof etish jarayonlarini tezlashtirish, hamda fuqarolarga yaratilgan qo‘shimcha qulayliklarga alohida to'xtalib o'tdi.

Xususan, e’tirof etishning umumiy muddati qisqartirilganligi, ortiqcha egallangan yerga nisbatan ijara huquqi va undagi imoratga huquqni e’tirof etish, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar, fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida yangi qulay mexanizmlar va boshqa muhim o'zgarishlar ta'kidlandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥7👏32
🧠 “Barqarorlik va stress-menejment” mavzusidagi psixologik trening bo‘lib o‘tdi

Bugun, markaziy apparat xodimlari uchun “Barqarorlik va stress-menejment” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar:
🔹 stressni aniqlash va samarali boshqarish usullari;
🔹 ish va shaxsiy hayotda emotsional barqarorlikni saqlash;
🔹 qiyin vaziyatlarda xotirjamlikni yo‘qotmaslik;
🔹 psixologik salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.

Treningni tajribali psixolog Umurzakova Maqsuda Abdusalixovna olib borib, ishtirokchilar bilan interaktiv muloqot, amaliy mashqlar va psixologik tavsiyalar asosida samarali mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mazkur trening ishtirokchilarning stressga chidamlilik darajasini oshirish, emotsional barqarorlikni mustahkamlash va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥54👍3👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Xorazm

📹 Davlat xizmatchisi - xalq orasida

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍4🔥2
📣 E’LON

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI
MIRJALOL DAVRONBEKOVICH ALLAKULIYEVNING
SAYYOR QABULI

📅 Sana: 2026-yil 26-iyun
🕙 Vaqti: 10:00 – 12:00
📍 Manzil: Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Turkmanlar” MFY
📌 Mo‘ljal: “Ulli hovli” majmuasi

MA’LUMOT UCHUN:

☎️ Telefon
: 62-227-77-22

Sayyor qabulda, barcha davlat organlari tashkilotlari, muassasalari xodimlari hamda boshqa fuqarolar o'zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tashrif buyurishlari mumkin.

Huquqlaringiz qonun himoyasida!

Murojaatlar yuzasidan huquqiy yordam va amaliy yechimlar bo‘yicha mas’ullar ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🎥 Barcha ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
👍73🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatchilari_kuni

🇺🇿 Xalq xizmati yo‘lidagi fidoyilar

⚖️ 23-iyun — Davlat xizmatchilari kuni munosabati bilan davlat va jamiyat ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz!

🤝 Sizning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi mamlakatimiz taraqqiyoti, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

📌 Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki xalq ishonchini oqlash, jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatni sharaf bilan ado etishdir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz davlat xizmatchilari!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥54🙏1
#Diqqat_so'rovnoma

📢 Hurmatli fuqarolar!

⚖️ Davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📝 So‘rovnoma orqali:
🔹 davlat xizmatlaridan foydalanish tajribangiz;
🔹 xizmat ko‘rsatish sifati;
🔹 Davlat xizmatlari markazlarida yaratilgan sharoitlar;
🔹 xodimlarning muomala madaniyati va malakasi;
🔹 mavjud muammo va takliflaringiz o‘rganiladi.

🤝 Sizning fikr va mulohazalaringiz davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun atigi bir necha daqiqa kifoya.

📌 Barcha fuqarolarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

So'rovnomada
ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍1