ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1148 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
💻 Notarial xizmatlardan uydan chiqmagan holda foydalanish mumkinligini bilarmidingiz?

⚖️ Bugungi kunda 18 turdagi notarial harakatlarni notarial idoraga bormasdan, onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

📱 Buning uchun E-notarius.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tib, murojaatni notariusga yuborish kifoya. Notarial harakat videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi.

📄 Rasmiylashtirilgan hujjatlar esa murojaatchiga shaxsan topshiriladi yoki kuryerlik xizmati orqali yetkaziladi.

Onlayn notarial harakat rasmiylashtirish istagidagi fuqarolarga quyidagi afzalliklar mavjud:
🔹 Navbat kutishga hojat qolmaydi;
🔹 Vaqt va mablag‘ tejaladi;
🔹 Dunyoning istalgan nuqtasidan turib xizmatdan foydalanish mumkin;
🔹 Ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi;
🔹 To‘lovlar shaffof amalga oshiriladi;
🔹 Jarayon audio va video tarzda qayd etiladi;
🔹 Firibgarlik va majburlash holatlarining oldi olinadi.

Onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud 18 turdagi
notarial harakatlar:
1. Avtomototransport oldi-sotdi shartnomasi;
2. Avtomototransport hadya shartnomasi;
3. Garov shartnomasi;
4. Avtomototransport ishonchnoma;
5. Er yoki xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etishga rozilik arizasi;
6. Voyaga yetmagan shaxsni xorijga chiqishi uchun berilgan rozilik arizasi;
7. Voyaga yetmagan shaxsga xorijda hamrohlik qiluvchi shaxsdan rozilik arizasi;
8. Imzo shahodatlash;
9. Boshqa turdagi ishonchnoma;
10. Ko‘chmas mulkka ishonchnoma;
11. Merosxo‘rning meros ulushidan voz kechish arizasi;
12. Uy-joyni tasarruf etishga xususiylashtirish ishtirokchisining rozilik arizasi;
13. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga tarjima qilinganligini shahodatlash;
14. Otalikni (biologik otalik) belgilash yuzasidan ariza;
15. Nikoh shartnomasi;
16. Notarial harakatni bekor qilish to‘g‘risida ariza
17. Ijro xatlarini yozish;
18. Avtomototransport vositasini ijaraga berish shartnomasi.


🌍 Xorijda bo‘lsangiz ham, O‘zbekistondagi notarial xizmatlardan masofadan turib foydalanishingiz mumkin.

📌 Qulay, tezkor va shaffof xizmatlar — fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan biridir.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
7👍4
Turizm va huquq uyg‘unligi:
hamkorlik masalalari muhokama qilindi


🔹Joriy yilning 23-iyun kuni Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuv davomida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining bugungi kundagi faoliyat yo‘nalishlari, ichki imkoniyatlari hamda aholi va sayyohlarning huquqiy savodxonligini oshirishdagi o‘rni, shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda muhim bo‘lgan Lex.uz, Lex.ai hamda Yurxizmat.uz kabi tizimlar hamda multimedia yo‘nalishidagi imkoniyatlari taqdimot qilindi.

Tomonlar turizm muhitini yanada rivojlantirish, sayyohlar uchun qulay huquqiy muhit yaratish masalalarida fikr almashib, istiqbolda xorijiy sayyohlar uchun sun'iy intellekt asosida ko‘p tilli chat-bot va QR-kodli elektron huquqiy qo‘llanmalar yaratish, Yurxizmat.uz portaliga turizm hujjatlari namunalarini joylashtirish, ijtimoiy tarmoqlar uchun soha mutaxassislarini jalb qilgan holda podkast hamda videolar tayyorlash, shuningdek sohaga oid qonunchilikni to‘plam shaklida nashr etish kabi bir qator loyihalarni muhokama qilishdi.


🔹Mazkur hamkorlik doirasidagi loyihalar nafaqat xorijiy va mahalliy sayyohlarning huquqiy xabardorligini oshirishga, balki mamlakatimizda xavfsiz turizm muhitini mustahkamlash va onlayn yuridik xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥7👍2👏1
🏆 “Adolat” jamoasi OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yinida g‘olib bo‘ldi

🗞 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🤝 Xalqaro press klub, “Zakovat” NNT hamda boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada jami 22 ta OAV jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Ushbu natija jamoa a’zolarining keng dunyoqarashi, yuksak intellektual salohiyati va bilimga bo‘lgan intilishining yana bir yorqin e’tirofi bo‘ldi.


Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: “Adolat” jamoasi
🥈 2-o‘rin: “O‘zJOKU” jamoasi
🥉 3-o‘rin: “Xabar uz” jamoasi

💰 Musobaqa g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 24 mln so‘m
2-o‘rin: 18 mln so‘m
3-o‘rin: 12 mln so‘m

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍127🔥6👏3
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

⚖️ Fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etiladi

📢 Joriy yilning 26-iyun kuni soat 10:00 da Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi va Notarial palata bilan hamkorlikda “Yoshlar kuni” munosabati bilan fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkaziladi.

🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan advokatlar va notariuslar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar beriladi.

📝 Shuningdek, murojaatchilarga ariza, da’vo arizasi va boshqa huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

📍 Manzil: Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosi (Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 14-uy)

🕙 Vaqti: 26-iyun, soat 10:00

📌 Huquqiy masalangiz bormi? Sayyor qabulda ishtirok eting va mutaxassislardan bepul huquqiy yordam oling.
1
#Adliya_xabari

Jamoatchilik kengashi a’zolari X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyati bilan tanishdi


Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida Jamoatchilik kengashi a’zolari Markaz faoliyati, jumladan, sud ekspertizalarini o‘tkazish jarayonlari, zamonaviy tadqiqot usullari hamda ekspertiza ishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan batafsil tanishdilar.


Shuningdek, markaz mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ekspertiza yo‘nalishlarini rivojlantirish va sohada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv sud-ekspertiza tizimini yanada takomillashtirish, ochiqlik va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
9👍7