ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan 202 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi

📍Andijon viloyatida fuqaroning uzoq yillardan buyon to‘lanmay kelayotgan ustama pullari va kompensatsiya mablag‘lari adliya organlari ko‘magida undirib berildi.

📝 Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida AKTni raqamlashtirish bo‘yicha metodist lavozimida faoliyat yuritgan fuqaro D.A. qonunchilikda nazarda tutilgan ustama pullari to‘lanmayotganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qilgan.

🔎 Murojaatni o‘rganish davomida davlat organlari va budjet tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul xodimlarga lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, mazkur to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.

👨‍⚖️ Holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.

Sud qaroriga ko‘ra:
💰 117 million 552 ming so‘m ustama pullari;
💰 85 million 129 ming so‘m to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya mablag‘lari undirilishi belgilandi.

📌 Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklanib, jami 202 million 681 ming so‘m mablag‘ni undirishga erishildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
6🔥1
#Adliya_xabari

❗️Farg'ona viloyatida yana 1975 nafar fuqarolarning yer va unda qurilgan binoga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 1975 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda jami 11 731 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Shuningdek, mazkur sessiyada vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy hamda yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aniqlangan qonunbuzilish holatlari va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalasi ham muhokama qilindi.
6👍6🔥4👏1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Xorazmda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍“Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch shahar Davlat xizmatlari markazida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda Urganch davlat universiteti talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️ Uchrashuv davomida yoshlarga qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar, adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, adliya tizimida faoliyat boshlash va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🏢 Tadbirning amaliy qismida talaba-yoshlar uchun Urganch shahar Davlat xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirildi. Unda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda davlat xizmatlarining o‘rni, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilining afzalliklari hamda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

💻 Shuningdek, ishtirokchilar davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari, yaratilgan qulayliklar va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy tavsiyalar va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni davlat xizmatlari tizimi bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yo‘nalish berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍64🔥2
#Adliya_xabari

📣Adliya vazirligi jamoasi Respublika qon quyish markazi tomonidan e’tirof etildi!

🩸
Bugun "14-iyunButunjahon donorlar kuni" munosabati bilan Respublika qon quyish markazi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Adliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Mehr ulash” donorlik aksiyasi jamiyatda ezgulik, birdamlik va inson hayotiga befarq bo‘lmaslik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.


☄️Qon topshirish jarayonida faol ishtiroki va donorlik harakatini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Adliya vazirligi jamoasi Respublika qon quyish markazi tomonidan e’tirof etilib, taqdirlandi.

♥️ Donorlik — bu nafaqat insoniylik namunasi, balki jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatdir. Adliya vazirligi xodimlari ushbu ezgu tashabbus orqali inson hayotini asrashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍6👏4🔥3😢2🎉2🙏1
#adliya_xabari

Denovda “Dilorom COOP” ayollar kooperativining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Adliya vazirligi tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirishning huquqiy mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va xotin-qizlarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan kooperatsiya modeli o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda.

Mazkur loyiha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Madad” NNT hamkorligida amalga oshirilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati Denov tumanida tashkil etilgan “Dilorom COOP” ayollar kooperativining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning asosiy maqsadi — tadbirkorlikka qiziqishi bor, ammo uni qanday boshlashni bilmayotgan, hunarli, intilishi bor xotin-qizlarga huquqiy va amaliy ko‘mak berish orqali ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishning samarali huquqiy mexanizmlarini shakllantirishdan iborat.


Kooperatsiya modeli bugungi kunda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat COOP” hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Dilorom COOP” kooperativlari misolida amaliyotga tatbiq etilib, bu orqali kooperatsiyaning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Dilorom COOP” kooperativi 200 nafar xotin-qiz ishtirok etgan tanlov asosida saralab olingan ishtirokchilar bilan faoliyatini boshladi. Qisqa vaqt ichida kooperativ atrofida kuchli jamoa shakllanib, ikki oy davomida ish bilan ta’minlanganlar soni 18 nafarga yetdi.

Kooperativ doirasida tikuvchilik, hunarmandchilik, asalarichilik, milliy taqinchoqlar tayyorlash, yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, dehqonchilik va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan 8 ta biznes modeli faoliyat yuritib, oylik aylanma mablag‘ 160 million so‘mga yetdi.

Kooperativ ishtirokchilariga Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish, bizneslarni rasmiylashtirish, shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Loyihadan olinayotgan natijalar kelgusida kooperatsiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va yangi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kooperatsiya — bu faqat biznes modeli emas. U xalqimizning azaliy qadriyatlari bo‘lgan hamjihatlik, o‘zaro ko‘mak va birlashib farovonlikka erishish tamoyillarining zamonaviy ifodasidir.

Bu model ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi ortiqcha vositachilarni qisqartirib, “daladan dasturxonga” tamoyili asosida mahsulotlarni birinchi qo‘ldan iste’molchiga yetkazish imkonini beradi. Shu maqsadda kooperativning dastlabki savdo do‘koni ham tashkil etildi.

Loyihaning eng yorqin natijalaridan biri — kooperativ rahbari Dilorom Yo‘ldoshevaning muvaffaqiyat hikoyasidir. Bir vaqtlar faoliyatini bitta tikuv mashinasi bilan boshlagan tadbirkor bugun o‘nlab xotin-qizlarni o‘z atrofiga birlashtirib, ularning bandligi va daromad manbai yaratilishiga hissa qo‘shmoqda.


Shuningdek, kooperativ a’zosi Zebo Pardayeva Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytdi. U yerda o‘rganilgan ilg‘or tajriba asosida bugun Denovda qalampir yetishtirish loyihasini boshlab, yangi ish o‘rinlari va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍257🔥4