ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yashnobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Yashnobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yer munosabatlari, ruxsat berish tartiblari, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar ko‘tarildi.


Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📌Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
jami 26 nafar tadbirkorlik subyekti qabul qilindi;
3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
18 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению эффективности реформ, осуществляемых в сфере урбанизации и градостроительства.

#Mirziyoyev #taqdimot #shaharsozlik #urbanizatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYAVIY SUDINING
MAJLISI

 
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligini aniqlash haqidagi masala muhokama qilindi.

 
Batafsil ⬅️
👍54😢2
#Adliya_aralashgach

🎓 Adliya aralashuvi bilan pedagoglarning 358,8 million so‘mlik ustama pullari undirib berildi

⚖️ Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglar tomonidan murojaat kelib tushdi.

🔍 Murojaatni o‘rganish davomida 10 nafar pedagogga qonunchilikda nazarda tutilgan maxsus ustama pullari uzoq muddat davomida to‘lanmay kelayotgani aniqlandi.

📝 Adliya organlari tomonidan pedagoglarning ma’lumotlarini tegishli elektron platformaga kiritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizalari kiritildi.

👨‍⚖️ Sud qarorlariga asosan pedagoglarga 2025-yil sentyabr oyidan buyon to‘lanmay kelgan jami 358 million 880 ming 724 so‘m miqdoridagi maxsus ustama pullarini undirish belgilandi.

Natijada pedagoglarning mehnat huquqlari tiklanib, qonun bilan kafolatlangan manfaatlari himoya qilindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📊 Adliya vazirligi Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3854, 2026-yil 10-iyun).

📄 Ushbu Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning maqsadini ifodalaydi hamda moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda oʻrinlilik va haqqoniy (ishonchli) taqdim etish fundamental sifat tavsiflari hisoblanadi.

📈 Qiyoslanuvchanlik, tekshiriluvchanlik, oʻz vaqtida taqdim etish va tushunarlilik oʻrinli va haqqoniy (ishonchli) taqdim etishni taʼminlaydigan hamda maʼlumotning foydaliligini oshiradigan sifat tavsiflari hisoblanadi.

🏢 Hisobot beruvchi tashkilot faoliyatida moliyaviy holatni aniqlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobot elementlari:
🔹 aktivlar;
🔹 majburiyatlar;
🔹 xususiy kapital.

📋 Hisobot beruvchi tashkilot faoliyatida moliyaviy natijalarni aniqlash bilan bogʻliq moliyaviy hisobot elementlari:
💰 daromad;
💸 xarajat.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

🏐 Sport, muloqot va huquqiy bilimlar bir maydonda jam bo‘ldi

📍“Yoshlar kuni” munosabati bilan Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹 Tadbir avvalida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i markazda sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlari hamda sport infratuzilmasi bilan tanishdi.

🏐 Shundan so‘ng tadbir doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhiti yanada mustahkamlandi.

💬 “Rahbar va yoshlar” muloqoti ochiq va samimiy davra suhbati shaklida davom etdi. Unda yoshlarning huquq va majburiyatlari, sport sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📚 Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda sportchi yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥32👍2