ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

👨‍🎓 Chortoqda yoshlar uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi


📍Namangan viloyatining Chortoq tumanida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda adliya organlari, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikda belgilangan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, ishtirokchilarga yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlat dasturlari hamda huquqiy yordam olish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📌 Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning faolligini oshirish hamda huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
3👍2
#Adliya_xabari

🎓 Huquqshunos olimning 80 yillik yubileyi nishonlandi

📍Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli huquqshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

🏅 Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni oʻqib eshittirilib, Baxtiyor Shamsutdinovich Mirbabayev "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

🔹Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov so‘zga chiqib, Baxtiyor Mirbabayevning yurtimiz huquqshunoslik maktabini rivojlantirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda yuridik kadrlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlarini alohida qayd etdi. Shuningdek, Adliya vazirligi jamoasi nomidan samimiy tabrik va ezgu tilaklarni yo‘lladi.


🔹Tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud-huquq tizimi vakillari, huquqshunos olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📚 Ta’kidlanganidek, Baxtiyor Mirbabayev ko‘p yillik faoliyati davomida ilm-fan, oliy ta’lim, davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimida samarali mehnat qilib, milliy huquqiy tizimni takomillashtirish, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlash hamda malakali yuridik kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan.

👨‍🎓 Yubiley tadbiri yosh avlod uchun ham katta tarbiya maktabiga aylandi. Ustozning boy hayotiy va ilmiy tajribasi, fidokorona mehnati hamda vatanparvarlik fazilatlari yoshlarni yangi marralar sari ilhomlantirishi ta’kidlandi.

🤝 Tadbir yakunida yubilyar samimiy tabriklar va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, yoshlarni ilm-fan va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash har bir mutaxassisning muhim vazifasi ekanini qayd etdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍132
Ayollar huquqi - doim e’tiborda

Adliya vazirligining "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi tomonidan Yangihayot tumanida ayollar huquqlari bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlar, shu jumjadan ta'lim va tibbiyot xodimlari uchun joriy etilgan imtiyozlar, ularning mehnat huquqlari hamda ular uchun qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar hamda qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi .

Mazkur targ'ibot tadbirlari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, ularni qonunchilikka oid yangiliklardan xabardor qilib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍42😢1
#Adliya_xabari

🌍 Inklyuziv davlat xizmatlari va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish yo‘lida

🇱🇻 Latviyada tashkil etilgan o‘quv dasturi doirasida Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlari gender tengligi, bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdi.

🔹Dastur davomida Latviya Adliya vazirligida gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va ushbu yo‘nalishdagi huquqiy mexanizmlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.


🔹Shuningdek, bolalarni himoya qilish, inqiroz holatlarida psixologik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yetakchi davlat va nodavlat tashkilotlar tajribasi o‘rganildi.

Olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda inklyuziv davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda Xotin-qizlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🤝 Mazkur o‘quv dasturi Yevropa Ittifoqi ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍3