ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
💨 Adliya vazirligi — "Sifatli davlat boshqaruvi" (Government Quality Award) 2026 mukofoti doirasida “Eng yaxshi vazirlik” deb e’tirof etildi!

Bu yutuq ortida fuqarolar va biznes uchun yaratilgan qulayliklar, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, byurokratik to‘siqlarning qisqartirilishi hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar turibdi.

📤2025-yilda vazirlik asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining 95,4 foiziga erishdi. Davlat xizmatlarining 78 foizi raqamlashtirildi, minglab ortiqcha tartib-taomillar bekor qilindi, fuqarolar murojaatlari bo‘yicha milliardlab so‘mlik mablag‘lar qaytarildi!

🇺🇿 To‘liq matn: asdr.gov.uz

🌐 website 📱 facebook 📱 Instagram 📱 linkedIn 📱 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131
#Intellektual_mulk

Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan fuqaro N. Fayzullayevga tegishli “Darco Plus” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari YTT “G.O.” tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida YTT “G.O.” tomonidan “Darco Plus” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan YTT “G.O.” rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🔥3👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni daqiqalarda Toshkent davlat yuridik universitetida taniqli huquqshunos olim, professor Baxtiyor Shamsutdinovich Mirboboyevning 80 yillik yubileyi munosabati bilan davlat mukofotini topshirish marosimiga bag‘ishlangan “Ibrat maktabi” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

💊 Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar belgilandi


📌 Adliya vazirligida Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3848, 2026-yil 4-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📋 Mazkur hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini Inson uchun qoʻllaniladigan dori vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni uygʻunlashtirish boʻyicha xalqaro kengash (ICH) talablari asosida taqdim etish belgilangan.


🔬 Xususan, dori vositasini ishlab chiqarishda hayvon xomashyosidan olingan moddalar qoʻllanilgan hollarda, ularning tarkibida prionlar mavjudligi yoki mavjud emasligi hujjatlarda aniq koʻrsatilishi lozim.

📄 Shuningdek, dori vositasini tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga xalqaro talablarga mos, reklama xususiyatiga ega boʻlmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishga ruxsat etiladi.

🧬 Bundan tashqari, dori vositasining genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) saqlashi yoki ulardan olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham majburiy tartibda koʻrsatiladi.

📝 Bunda genetik modifikatsiya turi va manbasi, qoʻllanilgan genetik konstruksiya va ekspressiya tizimi, biologik va ekologik xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish jarayonida GMOdan olingan moddalar qoʻllanilgan bosqichlar hamda genetik xavfsizlikka oid hujjatlar haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlikni aniqlash xizmatlari uchun to‘lov miqdorlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
 
🔗Adliya vazirligida Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3847, 2026-yil 4-iyun).

📌Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 788-son qarorida farmatsevtik inspeksiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.

🖥Idoraviy hujjat bilan esa aynan ushbu turdagi to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi belgilab berildi.

Hujjatga ko‘ra, to‘lovlar farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish uchun mehnat vaqti normasi (soatlarda) va dori vositalari koeffitsiyentidan iborat bo‘ladi.

🔖Hujjatni qayta ishlash jarayonida manfaatdor idoralar bilan kelishish hamda ko‘plab muhokamalar natijasida to‘lovlar miqdorlari amaldagisidan sezilarli darajada kamaytirildi.

➡️Masalan, ayrim to‘lovlar mahalliy korxonalar uchun 38 mln so‘mgacha, xorijiy korxonalar uchun 103 mln so‘mgacha arzonlashdi.

✔️Misol uchun:
·  Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) bo‘yicha – 15 foizga;
· Zarur klinika amaliyoti (GCP) bo‘yicha 27 foizga;
· Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) bo‘yicha 38 foizga;
·  Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) bo‘yicha 33 foizga arzonlashdi.

Shuningdek, inspeksiya nazorati (davriy) uchun to‘lovlar farmatsevtik inspeksiya uchun belgilangan to‘lovlarning uchdan bir qismi miqdorida to‘lanishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📚 V.Sinelnikov asarining kontrafakt nusxalarini sotgan tadbirkordan 10 mln so‘m tovon undiriladi.

🔹 Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan muallif V.Sinelnikovning “Stressdan emlanish” kitobining kontrafakt nusxalari sotilishi bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi.

Ma'lumot uchun: hozirda ushbu asarning O'zbekistonda nashr etish va sotish huquqi shartnoma asosida "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJga tegishli hisoblanadi.

🔹 Sud qaroriga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor A.X.dan nashr huquqini shartnoma asosida olgan "BUKHARA BOOKS PRINT" MChJ foydasiga 10 mln so‘m miqdorida tovon undirilishi belgilandi.

‼️ Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq muallif yoki boshqa huquq egasi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash o‘rniga huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirishni talab qilishga haqli.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥82
🌍 XALQARO DARAJADAGI YURISTGA AYLANISHGA TAYYORMISIZ?

🏆Institut va SELART International Education and Research Group (Shvetsariya, Armeniya) o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasi “Xalqaro yuridik amaliyot, yangi huquqiy xavflar va strategik transchegaraviy konsalting sohasida rahbar sertifikati” dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda!

✈️ Nazariy ta'lim va xorijga stajirovka bilan

📍 Amaliyot joylari:
🇦🇲 Armaniston yoki 🇫🇷 Fransiya 🇨🇭Shveysariya

Dastur davomida siz:
Xalqaro huquqiy konsalting bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘rganasiz
Sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar bilan bog‘liq huquqiy risklarni boshqarishni o‘zlashtirasiz
Xalqaro shartnomalar ishlab chiqish va risklarni taqsimlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz
Strategik muzokaralar olib borish sirlarini o‘rganasiz
Komplayens va sanksiyalar bilan ishlash bo‘yicha xalqaro tajribani olasiz
Xalqaro nizolarni hal qilish va manfaatlarni himoya qilish strategiyalarini egallaysiz


🎓 Dastur yakunida sizga xalqaro sertifikati taqdim etiladi.

📚 Dastur formati:
• 1-hafta — onlayn intensiv ta’lim
• 2-hafta — xorijiy mamlakatda amaliyot
Davomiyligi: 2 hafta
♻️ Ta'lim tili: Ingliz va Rus tillarda

💼 Kimlar uchun?
✔️ Advokatlar
✔️ Korporativ yuristlar
✔️ Davlat tashkilotlari yuristlari
✔️ Yuridik kompaniya xodimlari
✔️ Huquqshunos olimlar va tadqiqotchilar
✔️ Xalqaro faoliyatga chiqishni rejalashtirayotgan yuristlar
✔️ Yuridik va boshqa soha vakillari


💰 Dastur narxi: 3600 CHF
Narx tarkibiga:
✈️ Aviachiptalar
🏨 4 yulduzli mehmonxona
🍽 Ovqatlanish harajatlari
📚 Barcha o‘quv mashgʻulotlari
🚍 Tashriflar va ekskursiyalar kiritilgan.

⚡️ Kelajak yuristlari xalqaro maydonda ishlaydi. Siz esa bugundan ushbu darajaga tayyorlanishingiz mumkin. Joylar soni cheklangan!

📩 Hoziroq murojaat qiling va xalqaro yuridik hamjamiyatning bir qismiga aylaning.

📞 +998 55 518-47-77
+998 55 518-57-77 (709)

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Adliya_aralashgach

⚖️ Yosh onaning mehnat huquqi adliya aralashuvi bilan tiklandi

🔹Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritgan D.G' bola parvarishlash ta’tilidan so‘ng o‘z ish joyiga qaytish masalasida muammoga duch kelib, adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroga farzandi 2 yoshga to‘lgunga qadar ish joyi va lavozimi saqlangan holda bola parvarishlash ta’tili berilgani, biroq uning mehnat huquqlari to‘liq ta’minlanmagani aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan Buvayda tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida qonun buzilishi holati bartaraf etilib, D.G‘. avvalgi ish joyiga tiklandi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👍53🔥3👏1
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan 13 nafar o‘qituvchining 209,4 million so‘mlik ustama pullari undirib berildi


🔹Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining bir guruh o‘qituvchilari o‘zlariga qonunchilikda belgilangan ustama pullari to‘lanmayotgani yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

🔹Murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda, Prezidentning PQ–316-son qaroriga muvofiq 13 nafar o‘qituvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 100 foizlik ustama pullari joriy yil boshidan buyon to‘lab berilmagani aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan mas’ul tashkilotga taqdimnoma kiritilib, qonunbuzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Natijada 13 nafar o‘qituvchining jami 209 million 400 ming so‘m miqdoridagi ustama pullari undirib berildi.

📌 Adliya organlari fuqarolar va xodimlarning mehnat huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
3