ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Huquqiy_targibot

⚖️ Huquqiy madaniyat maktabdan boshlanadi: Toshkent shahridagi 231- va 206-maktablarda “Huquq sinfi” tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarning uzviy davomi sifatida Toshkent shahridagi 231- hamda 206-umumta’lim maktablarida “Huquq sinfi” tashkil etildi.

“Huquq sinfi”ning ochilish marosimida TDYU rektori Baxshillo Xodjayev ishtirok etib, mazkur loyiha yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqiy madaniyatni maktab bosqichidan boshlab shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, “Huquq sinfi” o‘quvchilar uchun nafaqat nazariy bilim olish, balki kundalik hayotda uchraydigan huquqiy vaziyatlarni tushunish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash hamda qonuniy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy maydon bo‘ladi.


Shuningdek, bunday tashabbuslar yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga hurmat, mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda maktab, mahalla va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
7👏4
Forwarded from Rasmiy axborot
⚡️ Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.


E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv.

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.

📌 Bugun yoshlar uchun:

👀 207 ta oliy ta’lim muassasasi,
👀 startaplar uchun 100 million dollar,
👀 IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar,
👀 tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor.

Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.

🏅 Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreyada huquq sohasini raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi

🔹Koreya Respublikasining 2025/2026-yillarga mo‘ljallangan KSP (Knowledge Sharing Program) dasturi doirasida joriy yilning 17–23-may kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasida xizmat safari amalga oshirildi.

🔹Dastur davomida Koreyaning qonunchilik tizimi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularga o‘zgartirish kiritishda raqamli texnologiyalardan foydalanish amaliyoti, huquqiy axborotni aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

🔹Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi, Konstitutsiyaviy sudi, Hukumat qonunchiligi vazirligi, Koreya huquqiy axborot markazi hamda huquq sohasida dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔹Dastur doirasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Koreya huquqiy axborot markazi o‘rtasida huquqiy axborotdan foydalanish va uni tarqatish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.

🔹Shuningdek, huquq sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Koreyalik mutaxassislar mazkur uchrashuvlar o‘zaro manfaatli bo‘lganini, kelgusida huquq sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tahlilnoma
#OAV_biz_haqimizda

Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi sifatini oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1