🌍 O‘zbekistonda yanada ochiq va inklyuziv boshqaruv uchun jamoatchilik ishtiroki mustahkamlanmoqda!
Bugun Buxoroda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida Jamoatchilik maslahat kengashlari a’zolari uchun navbatdagi hududiy trening tashkil etildi.
Trening Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan kelgan Jamoatchilik maslahat kengashlari vakillarini birlashtirib, quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan:
✔️ Jamoatchilik bilan muloqot va ochiq dialog
✔️ Hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari
✔️ Ishtirokchi boshqaruv yondashuvlari
✔️ Samarali maslahat va jamoatchilik nazorati faoliyati
Jamoatchilik maslahat kengashlari fuqarolar ovozi va mahalliy ehtiyojlarning qaror qabul qilish jarayonlarida inobatga olinishi uchun muhim platforma hisoblanadi.
📍Buxorodagi seminar hududiy treninglar turkumining ikkinchi bosqichi bo‘lib, mamlakatda yanada ochiq, shaffof va fuqarolarga yo‘naltirilgan boshqaruvni rivojlantirishga xizmat qiladi.
#UNDP #EU #Uzbekistan #Governance #PublicParticipation #CitizenEngagement #OpenGovernment #FIPSD
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤3🔥1
📢 HURMATLI FUQAROLAR!
📌 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqilmoqda.
⚖️ Bundan ko‘zlangan maqsad – ma’muriy javobgarlik tizimini zamon talablariga moslashtirish, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish hamda fuqarolar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni aniq tartibga solish.
📨 Kodeksni jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish maqsadida fuqarolardan qaysi huquqbuzarlik va jazolarni o‘zgartirish yoki bekor qilish, jazo qo‘llash jarayoni va boshqa masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarni qabul qilish uchun Telegram-bot ishga tushirildi:
@kodeks_taklif_bot
📩 Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim!

❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_libos
❗️ Milliy libos – millat qiyofasi
Marg‘ilon shahar adliya boʼlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan oʼzbekona kiyinish madaniyatini targʼib qilish, milliy anʼana, urf-odat va qadriyatlarimizni ulugʼlash maqsadida bugungi ish kunlarini milliy liboslarda o‘tkazmoqdalar.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥2👏1🎉1
#Adliya_xabari
🔴 Buxoroda mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
🔹Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi yuzasidan Buxoro viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹Jumladan, shtab a’zolari tomonidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga biriktirilgan Vobkent tumanidagi “Cho‘rikalon” mahallasida adliya organlari hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Muloqot davomida jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan ijtimoiy va oila-turmush munosabatlariga oid muammolarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalla faollarining mediatsiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
📌 Tadbir yakunida “mahalla yettiligi” a’zolarining mas’uliyatini oshirish hamda hududlarda osoyishtalik va xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❤1👍1
#yoshlar
🔴 Navbahorda yoshlar bilan sayyor qabul tashkil etildi
🔹Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Yoshlar markazi”da yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
🔹Qabul davomida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish masalalari yuzasidan amaliy yechimlar muhokama qilindi.
🔹Shuningdek, yoshlarning murojaatlarini nazoratga olish, bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini manzilli hal etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

❤1
#Adliya_xabari
✅ “Huquqiy o‘yinlar” loyihasi Prezident e’tiborida
🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi doirasida saralab olingan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
🔹Mazkur loyihalar orasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashabbusi bilan yaratilgan 14 ta interaktiv “Huquqiy o‘yinlar” ham o‘rin oldi.
🔹Ushbu o‘yinlar 7 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga huquqiy bilimlarni sodda, qiziqarli va zamonaviy usulda o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
🔹Davlatimiz rahbari tashabbuslarning amaliy natijasiga alohida e’tibor qaratib, har bir loyiha odamlar uchun foydali, hayotiy va iqtisodiy samara beradigan yechimga aylanishi zarurligini ta’kidladi.
📌 Mazkur loyiha bolalarga huquqiy bilimlarni innovatsion yondashuv asosida yetkazish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

❤7