ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Ijtimoiy inspeksiya
#QulayMuhit #Inklyuziya #YandexMaps

🗺Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan obyektlarni topish yanada osonroq!

🗺 Yandex Maps platformasida foydalanuvchilar pandus mavjud joylar, kirish-chiqishi qulay binolar, moslashtirilgan kafe va xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda boshqa inklyuziv obyektlarni interaktiv xarita orqali aniqlashi mumkin.

👨‍🦽 Bu nogironligi bo‘lgan shaxslarning shahar infratuzilmasidan erkin va mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

🤝 Ayni paytda Ijtimoiy inspeksiya Yandex bilan hamkorlikda mazkur interaktiv xaritaga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan obyektlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni olib bormoqda.

Mazkur hamkorlik fuqarolar uchun qulay va to‘siqsiz muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarni bir joyda jamlash, ularning ochiqligini ta’minlash, qulay yo‘nalishni tanlash imkoniyatini kengaytirish hamda ulardan foydalanishni osonlashtirishga zamin yaratmoqda.

✈️telegram 💬facebook 📸instagram
📺youtube 🐦xcom 💻i-inspeksiya.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴Endilikda, birgina ilova orqali FHDY xizmatlaridan onlayn foydalanish mumkin.
Xizmatlar "Adliya Plus" ilovasi orqali to‘liq va qulay tarzda onlayn shaklda amalga oshiriladi.

❗️ Ariza topshirish uchun FHDY organiga borilmaydi — hammasi mobil ilova orqali!

📲 Adliya Plus — hayotiy jarayonlarni soddalashtiruvchi raqamli yechim!

📥 Ilovani yuklab oling va xizmatdan foydalaning:
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.adliya.plus
iOS:
https://apps.apple.com/us/app/adliya-plus/id6754625896

Kanalga ulanish👇
@qashqadaryoviloyatadliya
👍7🔥21👏1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

❗️Andijonda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – “Yoshlar kuni” sifatida o'tkazilishi doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i, viloyat Prokurori, viloyat IIB boshlig'i, tuman hokimi hamda qator manfaatdor idoralar rahbarlari ishtirokida Asaka tumanidagi markaziy istirohat bog'ida tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar hamda aholi vakillari bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuv tashkil etilib, ularning muammo va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuv avvalida, mas'ullar tadbir ishtirokchilari, adabiyot, san'at, sport hamda hunarmandlarning ko'rgazmalari bilan tanishdilar. So'ng qabul maydonida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kelgusi faoliyatlari yuzasidan yo'nalishlar berildi. Shuningdek, mas'ullar tomonidan bir qator aholi muorjaatlari tinglanib aksariyati qabulning o'zida hal etildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥2👏1
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
3👍3🔥1👏1😢1
#Intellektual_mulk

“G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

60 ga yaqin mahsulot turi va 300 dan ortiq an’anaviy naqshlarni o‘zida jamlagan G‘ijduvon kulolchiligi — milliy san’atimizning haqiqiy faxridir. Ushbu uch asrlik go‘zal an’anani bugun Narzullayevlar sulolasi munosib davom ettirmoqda.

Bugungi kunda sulolaning 6 va 7-avlod vakillari 140 dan ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashib, o‘zbek madaniyatini dunyoga tanitmoqda. Eng muhimi, ular hamon qadimgi va sof texnologiyalardan foydalanishadi.

“G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” Geografik ko‘rsatkich sifatida e’tirof etilishi nafaqat uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, balki mahsulot nufuzini oshirib, hududning madaniy va turistik brendini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga yo‘l ochadi.

Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum bir hududga mansubligini, uning sifati va obro‘si aynan shu yerning tabiiy-iqlimiy hamda ijtimoiy-madaniy omillariga bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4