ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣 Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilarining Buyuk Britaniyada qisqa muddatli stajirovkasi tashkil etilmoqda!

➡️ Mazkur stajirovka doirasida London shahri Advokatlar palatasi (Bar Council) vakillari hamda “Square Patton Boggs” yuridik firmasi vakillari bilan uchrashu va treninglar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida Ingliz huquq tizimi, yuridik ta’limni rivojlantirish, advokatura faoliyati, xalqaro huquqiy amaliyot, zamonaviy yuridik xizmatlar bozori hamda professional malaka oshirish tizimlari yuzasidan fikr almashildi.

⚡️ Shuningdek, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur stajirovka Institut tinglovchilarining xalqaro tajribani o‘rganishi, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish hamda yuridik ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

🖥 Shunga o‘xshash malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etilmoqda

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, Oltiariq tuman hokimi va tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan Oltiariq tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏21
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

Namanganda “Yoshlar sayli” tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi 95-son umumta’lim maktabida “Yoshlar sayli” tashkil etildi.

🔹Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o'tkazilgan tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir davomida bepul tibbiy ko‘rik, “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”, yoshlar ijodiy va texnik ishlanmalari ko‘rgazmasi hamda jangovar-ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

🔹Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

🔹Tadbir yakunida bir guruh yoshlarga ilk bor fuqarolik pasportlari va haydovchilik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21