ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#uzarxiv

“O‘ZBEKISTON — NAJOT YURTI” kitob taqdimoti


Joriy yilning 7-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “O‘ZBEKISTON — NAJOT YURTI” kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Belarus, Isroil, Polsha, Vengriya, Qozog‘iston va Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi elchixonalari va diplomatik korpus vakillari, tarixchi olimlar, tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/162870


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1👏1
#Adliya_xabari

⚡️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Joriy yilning 7-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda 30 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bir qancha yoshlar o‘zlarining qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qildi.

Shundan, 3 ta masala bo'yicha muammolarga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 10 ga yaqin yoshlar muammolari o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

Bundan tashqari vazir yoshlar yetakchilari bilan ularning faoliyati bo‘icha ochiq muloqot o‘tkazdi va yosh xodimlarga faoliyatiga oid huquqiy tavsiya va fikrlar bildirdi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammolari tinglandi. Ularning muammolariga yechim topish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.


Yoshlar tomonidan bildirilgan ayrim huquqiy muammolar o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi. Tadbir yakunida vazir yoshlar binosida tashkil etilgan kutubxona bilan tanishdi va yoshlar bilan madaniy va ma’rifiy mavzuda ochiq suhbat o‘tkazdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🌐 Xalqaro hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Armanistondagi SELART Yevropa akademiyasi va SELART xalqaro ta’lim va tadqiqot guruhi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

💻 Onlayn formatda tashkil etilgan uchrashuv davomida tomonlar:
yuridik ta’lim va ilmiy tadqiqotlar,
xalqaro tajriba almashish,
qo‘shma loyihalar va o‘quv dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

🤝 Mazkur memorandum xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy bilim va tajribalarni almashish hamda yuridik kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

📱minjusttraining.uz📱Facebook📱Instagram📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2