ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari ❗️Adliya vazirligi ochiqlik va muloqot tarafdori Farg‘ona shahrida Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg‘ona shahrida o'tkazilayotgan “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi seminar davom etmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari mazkur seminarning amaliy davomi sifatida shahar FHDY bo'limi va Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3👏3🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

🔴 Farg‘ona shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o‘tkazish hamda yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning muammo va takliflarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

🔹Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy kasblarni o‘rganish hamda bandlik masalalari yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

🔹Shuningdek, yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

📌 Uchrashuv davomida bildirilgan har bir taklif va tashabbus yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashi hamda mamlakat taraqqiyotidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
👍53👏2🔥1🎉1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Toshkent shahrida “Adliya kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan mini futbol bo‘yicha “Adliya kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

🔹Mazkur sport tadbiri yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

🔹“Sportga e’tibor — millat kelajagiga e’tibor” shiori ostida o‘tgan musobaqada ishtirokchilar do‘stona va murosasiz bahslarda o‘z sport mahoratlarini namoyish etdilar.

🔹Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, jamoaviy birdamlik va hamjihatlik yanada mustahkamlandi.

🏆 Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.

📌 Mazkur sport tadbiri yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.
1🔥53
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

🔴 Raqamli kelajak bunyodkorlari e’tirof etildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan mutaxassislar taqdirlandi.

🔹Yurtimizda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh mutaxassislar Raqamli texnologiyalar vazirligining yuksak mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

🔹Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida Adliya vazirligi vakili ham bor.

🔹Xususan, Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i B.Azimov tizim xavfsizligini mustahkamlash va sohadagi samarali faoliyati uchun “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📌 Mazkur e’tirof adliya tizimida raqamlashtirish va kiberxavfsizlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning yuksak bahosi hisoblanadi.

☄️Vazirlik jamoasi B.Azimovni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4🎉2
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Samarqandda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o‘tkazish hamda yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Samarqand shahridagi Arxitektura-qurilish universitetida “Pitching day” tadbiri tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari, tadbirkorlik tashabbuslari hamda zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlanmalari bilan yaqindan tanishildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning biznes va startap faoliyatini yo‘lga qo‘yish, loyihalarni amaliyotga joriy etish, bandlikni ta’minlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tavsiya va tushuntirishlar oldilar.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏3👍2🔥1