ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi!

Hozirgi kunda ko‘plab tadbirkorlar o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazib, uni rivojlantirish maqsadida moddiy resurslarini sarflayotgan bir vaqtda tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanishga urinayotgan ayrim “uddaburon” shaxslar afsuski yo‘q emas.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan “S-COOL” nodavlat ta’lim muassasasining “New Tone School” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “N.G.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “N.G.” MChJ tomonidan “New Tone School” tovar belgisidan ta’lim xizmatlarida “newton academy” ko‘rinishida huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holatlari mavjudligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “N.G.” MChJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2😢2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥

❗️Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Karkidon" turizm majmuasida vodiy viloyatlari o‘rtasida "Adliya spartakiadasi" o‘tkazilmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104👏3🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥

❗️Farg‘ona vodiysi viloyatlari adliya boshqarmalari o‘rtasida "Sport-sog‘lom xalq, jamiyatning tayanch ustunidir" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Adliya spartakiadasi" tadbirlari qizg‘in davom etmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95👏3🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Donorlik — ezgu va savobli amal

muxbir: Diyora G’aniyeva

Intervyular: Hayotjon Klichev, Jaloliddin Raxmonaliyev

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Toshkent viloyatining ayrim tuman(shahar)larida internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli, fuqarolarga xizmat ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.


📍 Siz bu vaziyatda davlat xizmatlaridan elektron ravishda foydalanishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtub
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari


❗️Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Karkidon" turizm majmuasida vodiy viloyatlari o‘rtasida o'tkazilgan "Adliya spartakiadasi" yakuniga yetdi.

✔️Jamoa hisobida:

🥇Namangan viloyati adliya boshqarmasi -1o'rinni;
🥈Andijon viloyati adliya boshqarmasi-2-o'rinni;
🥉Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi -3-o'rinni egalladi.

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Namangan viloyati adliya boshqarmasiga spartakiadaning ko'chma kubogi topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥3🎉1
Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” bozori faoliyati bilan tanishdi

Tadbir davomida bozor infratuzilmasi, savdo jarayonlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi o‘rganildi.

Tumandagi mas'ullar va bozor ma'muriyatiga bozor faoliyatini tartibga solish, savdo jarayonlarini shaffof tashkil etish va naqd pul aylanmasini nazorat qilish orqali yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to‘liq foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4
#Xalqaro_hamkorlik

🔴 O‘zbekiston – Yaponiya: adliya sohasida hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

🔹Adliya vazirligida Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda adliya vaziri A.Tashkulov, Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining raisi U.Shermatov hamda Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔹Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumlar, qo‘shma dasturlar va muntazam tashriflar orqali mustahkamlanib bormoqda.

🔹Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish hamda huquqiy targ'ibot sohalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi uchrashuvlarni davom ettirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan kelishib oldi.

📌 Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3