ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Yoshlar kuni: tarix, zamonaviy texnologiyalar va kelajak sari qadam

🔹Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yuridik akademik litsey o‘quvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Jasorat” raqamlashtirilgan muzeyiga sayohat tashkil etildi.

🔹Mazkur muzey ichki ishlar organlarining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda mingga yaqin eksponatlar jamlangan. Ularning asosiy qismi soha tarixiy taraqqiyoti va bugungi faoliyatiga bag‘ishlangan.

🔹Tashrif davomida o‘quvchilar muzeydagi bo‘limlar va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. E’tiborlisi, eksponatlarga joylashtirilgan QR-kodlar orqali ular haqida o‘zbek, rus va ingliz tillarida batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

🔹Shuningdek, ishtirokchilar Namangan viloyat IIB faoliyati tarixiga bag‘ishlangan “Generallarni yetishtirgan diyor” hujjatli filmini tomosha qildi hamda zamonaviy texnologiyalar, xususan, dronlar va ularning ishlash mexanizmlari bilan tanishdi.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

🔴 Nukus tumanida “Adolat sayli” o‘tkazildi

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlarni joyida o‘rganish hamda yoshlarni ijtimoiy-huquqiy jarayonlarga jalb etish maqsadida “Adolat sayli” tashkil etildi.

🔹Mazkur loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Baxshillo Xodjayev boshchiligidagi jamoa hamda talabalar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Qabul jarayonida yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal xizmatlar va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglanib, 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Shundan 12 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

🔹Shuningdek, TDYU talabalari tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, advokat, notarius va mediator xizmatlari haqida tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus texnikalari va xizmat vositalari ko‘rgazmasi, sport tadbirlari hamda turli interaktiv loyihalar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🔹Bundan tashqari, talabalar tomonidan “Tengdoshimga huquqiy yordam”, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” hamda “Mamlakatimiz kelajagi — qonunga itoatkor yoshlar bilan” g‘oyalari asosida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📌 “Adolat sayli” aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, yoshlarning huquqiy ongini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2