ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#PQ_1

📍Paxtaobod tumanida "Xalq bilan muloqot" doirasida sayyor qabul hamda huquqiy targ'ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

❗️ Tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi Eskiqo'rg'on MFYda qator hamkor tashkilot bilan birgalik fuqarolarning muammolarini o'rganish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-sonli qarorining mazmun mohiyati atroflicha tushuntirilib, mas'ullar va aholi vakillarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, MFYlar ma’muriy binolariga jinoyatchilikni oldini olish, firibgarlik, tovlamachilik, bosqinchilik va kiberjinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tarqatma metriallari flayer va bukletlar joylashtirildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik

🔴 Adliya vazirligida KOICA bilan keng qamrovli loyiha imzolandi


🔹Adliya vaziri, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari hamda TDYU rektori o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, “O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmatlar uchun muhit yaratish va salohiyatni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muhokama bayonnomasini imzolandi.

Mazkur hujjatga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun KOICA 14,5 million AQSh dollari miqdorida grant ajratadi. Loyiha 2026–2030 yillar davomida amalga oshiriladi.

🔹Mazkur loyiha doirasida:
🔹 sun’iy intellekt asosida ishlovchi yuridik xizmatlar platformasini yaratish;
🔹 raqamli huquqiy kutubxona tashkil etish;
🔹 O‘zbekiston–Koreya huquq markazini yo‘lga qo‘yish;
🔹 yuridik xizmatlar va ta’lim tizimida innovatsion yechimlarni joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar nazarda tutilgan.

🔹Ta’kidlanganidek, mazkur tashabbus nafaqat texnologik yangilanish, balki fuqarolarga qulay, tezkor va sifatli yuridik xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaratishda muhim bosqich hisoblanadi.

📌 Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuridik xizmatlar va taʼlim tizimiga sunʼiy intellekt yechimlarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, uzoq muddatli va barqaror natijalarga erishish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍32🔥2
#intellektual_mulk

🔴 Toshkentda sayyor qabul va “Brandmaking” kurslari o‘tkazildi

🔹Toshkent shahar adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov ishtirokida sayyor qabul hamda “Brandmaking” mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi.

🔹Tadbirda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni huquqiy himoya qilish hamda o‘z brendini yaratish va rivojlantirish masalalari yuzasidan 45 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

🔹Dastlab, “Intellektual mulk markazi” tomonidan “Brandmaking” mavzusida ma’ruza taqdim etilib, ishtirokchilarga intellektual mulk obyektlarini yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari hamda zarur hujjatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔹Shundan so‘ng, sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bevosita tinglanib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔹Qabul davomida jami 20 ta murojaat kelib tushib, ularning bir qismiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

📌 Mazkur tadbir intellektual mulk sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍6🔥1