ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

🔴 82 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi

🔹Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan murojaat atroflicha o‘rganib chiqildi.

🔹O‘rganish davomida javobgar tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmagani aniqlanib, da’vogar manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Natijada, sud qaroriga asosan javobgardan da’vogar foydasiga 82 864 568 so‘m miqdorida asosiy qarzdorlik undirilishi ta’minlandi.

📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Batafsil👈

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥32
‼️DIQQAT EʼLON‼️

Tarixiy haqiqatni ochib beruvchi nodir hujjatlar to‘plami “O‘ZBEKISTON-NAJOT YURTI” nomli kitob taqdimotiga taklif etamiz!


Joriy yilning 7-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “OʻZBEKISTON – NAJOT YURTI” nomli muhim tarixiy-hujjatli kitob taqdimoti tashkil etilmoqda.


🗓 Ochilish marosimi: 2026-yil 7-may kuni soat 11:00 da

📍 Manzil: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent shahri, A. Navoiy ko‘chasi 1-uy, 5-qavat majlislar zali


Mazkur kitob tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va keng kitobxonlar ommasi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Barchangizni ushbu muhim madaniy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz!


—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
3🔥1
🔴 Qashqadaryoda sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etilmoqda

🔹Qashqadaryo viloyatida aholi va tadbirkorlar murojaatlarini bevosita o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

🔹Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilmoqda.

🔹Jarayon davomida 40 dan ortiq fuqaro qabul qilinib, ularning bir qismiga joyida huquqiy yordam ko‘rsatildi, qator murojaatlar ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.

📌 Sayyor qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍8🔥1
#Adliya_xabari

🔴 Xorazmda notariuslar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

🔹Xorazm viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi hamda Notarial palata hamkorligida hududda faoliyat yuritayotgan notariuslar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔹Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoniga muvofiq naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish hamda PQ–280-son qarorida belgilangan notariat sohasini rivojlantirishga doir vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

🔹Xususan, notarial harakatlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, fuqarolar uchun qulay va tezkor xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir davomida mazkur yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolar, amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar tinglanib, notariuslarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

🔹Shuningdek, fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, onlayn notarial harakatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Mazkur o‘quv-seminar notariat tizimini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda sohaga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2🔥21