ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📌 Yashnobod tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini huquqiy auditdan o‘tkazish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov boshchiligida Yashnobod tumanida ichki ishlar organlari hamda mas’ul xodimlar ishtirokida “huquqiy audit” tizimini sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya tizimlarini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🎯 Huquqiy auditdan ko‘zlangan asosiy maqsad — profilaktika va probatsiya tizimlari samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida xolis tahlil qilish hamda amaliy takliflar ishlab chiqishni ta’minlashdan iborat.

💡 Amalga oshirilayotgan huquqiy audit natijasida tizimning mavjud holati chuqur tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq va samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

So‘x tumani yoshlari uchun “Zakovat” — jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi intellektual loyiha

🔹Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Farg‘ona viloyatining eksklav hududi — So‘x tumanida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilmoqda.

🔹Viloyat adliya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda barcha maktablar jamoalari faol ishtirok etmoqda.

🔹Loyiha “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida amalga oshirilib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan.

🔹Ayni paytda davom etayotgan bahslar orqali yoshlarning bilim darajasi, tezkor fikrlash qobiliyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.

📌 Bunday loyihalar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularni zararli illatlardan asrash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3🔥2👏1
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida — ma’naviy meros bilan yuzma-yuz

🔹Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi.

🔹Mazkur tashrif davomida yoshlar markazning “O‘zbekiston zaminida islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiya zallari bilan yaqindan tanishmoqda.

🔹Ekskursiya jarayonida yoshlar xalqimizning boy ma’naviy va ilmiy merosini aks ettiruvchi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar hamda ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.

🔹Mazkur tashrif yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlash hamda ularni faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

📌 Bunday tadbirlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularni ma’naviy va intellektual jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📊 Texnikum va akademik litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi

Adliya vazirligi tomonidan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish hamda ularni ragʻbatlantirish tartibini belgilovchi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3816-son, 2026-yil 15-aprel).

🔹 Endilikda texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytingi alohida shakllantirilib, ular Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan yuritiladi.

📌 Milliy reyting quyidagi manbalar asosida shakllantiriladi:
▫️ vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
▫️ taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar
▫️ umummilliy so‘rovnoma natijalari

🗓 Har yili:
🔸 30-mayga qadar – o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi
🔸 10-oktabrga qadar – yakuniy reyting natijalari eʼlon qilinadi

🏆 TOP-50 texnikumlar ragʻbatlantiriladi

💰 Eng yuqori oʻrinlarni egallagan 50 ta texnikumga BHMning 3 000 baravari (taxminan 1,2 mlrd so‘mgacha) miqdorida mablagʻ ajratilishi mumkin.

📈 Ajratilgan mablagʻlar:
🔹 80% – moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga
🔹 20% – rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi

📌 Mazkur tizim ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni

🔴 Buxoroda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: manzilli ishlash amalda

🔹Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Buxoro viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning samarali mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etilmoqda.

🔹Xususan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i M. Isayev tomonidan e’tiborga muhtoj yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

🔹Tadbir o‘ziga xos tarzda — qahva ustida, samimiy va norasmiy muhitda tashkil etilib, yoshlar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yildi. Ularning muammo va takliflari bevosita tinglanmoqda.

🔹Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligi hamda ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1