ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
🔷Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi Nusratullayev Shahboz Jumanazar o‘g‘li joriy yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb topildi.

🔷Shahboz Nusratullayev 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr bosqichini, 2022-yilda Bosh prokuratura akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2023-yilda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi Jinoiy qonunchilik bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2023-2025-yillarda ushbu boshqarmaning Ma’muriy qonunchilik bo‘limi yetakchi maslahatchisi;


🔷2025-yildan buyon Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi Jinoiy qonunchilik bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷Shahboz Nusratullayev tomonidan qonun ijodkorligi jarayonlarini takomillashtirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqiy mexanizmlar samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, otalik (onalik)ni belgilashga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bo‘yicha ham muhokamalar jarayonida faol ishtiroki ta’minlanmoqda.

🔷Hisobot davrida jinoiy qonunchilik bo‘limi tomonidan 13 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi hamda 60 dan ortiq xizmat xatlarining ijrosi ta’minlandi. Shu bilan birga, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruhlar faoliyatida, shuningdek Oliy Majlis palatalarida qonun loyihalarini muhokama kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Shahboz Nusratullayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4👏32
🔷Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2-toifali ish yurituvchi kotibi Ahrorova Nasiba Shohnazar qizi joriy yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷Ahrorova Nasiba o‘z mehnat faoliyatini Adliya vazirligida 2024-yilda boshlab, bugungi kunga qadar FHDY tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va hujjatlarni sifatli yuritish bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

🔷Shuningdek, my.gov.uz portalida ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilgan 80 nafarga yaqin fuqaroning oila tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi hamda tegishli tuzatishlar kiritildi. Natijada fuqarolarning huquqiy maqomi va oila tarkibiga oid ma’lumotlar yagona elektron tizimda to‘liq va ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlab bormoqda.

🔷Faoliyati davomida hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Ahrorova Nasibani ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1817🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stop_korrupsiya

Adliyaga ishga kirish qanchalik shaffof?


Bugun davlat idoralari qanchalik shaffof? Korrupsiyaga qarshi kurash qog‘ozda emas, amalda qanday ishlayapti? Eng muhimi, bu fuqarolarga qanday foyda beryapti? “Stop korrupsiya”da muhim savollarga javob oling!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
#Adliya_xabari

🌐 Boku shahrida intellektual mulk sohasida mintaqaviy seminar boshlandi

📍 Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida intellektual mulk yo‘nalishida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tajriba almashishga bag‘ishlangan mintaqaviy seminarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

🗓 Joriy yilning 8-aprel kuni AQSh Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamda AQShning Ozarbayjondagi elchxonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari faol ishtirok etdi.

💡 Seminar doirasida mintaqada intellektual mulkni huquqiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or xalqaro tajribalar hamda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, geografik ko‘rsatkichlarni samarali himoya qilish, ularning iqtisodiy ahamiyatini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

🎙 Tadbir AQShning Ozarbayjondagi elchxonasi vakilining kirish so‘zi bilan ochildi. Shundan so‘ng AQSh Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) vakili Jon Rodriges tomonidan AQSh tajribasi asosida geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqish joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish tizimi yuzasidan taqdimot qilindi.

🤝 Seminar davomida ishtirokchi davlatlar vakillari tomonidan milliy tajribalar taqdim etilib, ochiq muloqotlar tashkil etildi. Unda dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

🔖 Mazkur seminar mintaqada intellektual mulk sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilg‘or amaliyotlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda Adliya vazirligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazilmoqda
👍9👏43🔥3
#Yoshlar_kuni

📣 Yoshlar kuni doirasida Xorazm viloyatida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati Urganch shahridagi 5-maktabda tahsil olayotgan “Huquq sinfi” o‘quvchilari hamda Xorazm viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan birgalikda Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda “Buyuk Amir Temur” tarixiy-badiiy filmini tomosha qildilar.

🔰 Tadbir avvalida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Jumanyozov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z nutqida yoshlarni bugungi globallashuv davrida mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va huquqiy madaniyatga ega shaxslar sifatida shakllanishi dolzar ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. buyuk ajdodlarimiz, xususan Amir Temur siymosida mujassam bo‘lgan jasorat, adolatparvarlik va yuksak vatanparvarlik fazilatlari bugungi yosh avlod uchun beqiyos ibrat ekani qayd etildi.

✔️Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1