ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📚 Intellektual mulk yo‘nalishida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Adliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida seminar-trening hamda Termiz shahridagi “Tinchlik” sanoat zonasida tadbirkorlar uchun profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Seminarda talaba va ilmiy izlanuvchilarga mualliflik huquqlariga rioya qilish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari tushuntirildi.

Shu bilan birga, sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga mahsulot ishlab chiqarishda brendlardan qonuniy foydalanish, litsenziya shartnomalarini tuzish zarurligi hamda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

💡 Mazkur tadbirlar orqali intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qonunchilikka rioya etish madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
❗️Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) РЎЙХАТИ (06. 04. 2026 йил ҳолатига)

Ҳурматли фуқаролар!

Қадрли ота-оналар ва ёшлар!

Диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан доимо сақланинг. Улар ҳаётингиз ва орзуларингизни барбод қилишига асло йўл қўйманг.

✔️
Суд томонидан тақиқланган интернет манбалардан йироқ бўлинг!


Сайт I Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥21
🚨 YIRIK BRENDLAR G‘ALABA QOZONDI: O‘ZBEKISTONDA KONTRAFAKT SAVDOSI BO‘YICHA MUHIM SUD ISHI YAKUNLANDI

2026-yil 1-aprel kuni Surxondaryo viloyati iqtisodiy sudida “Hugo Boss AG” (Germaniya), “Puma SE” (Germaniya) hamda “Tommy Hilfiger Licensing B.V” (Niderlandiya) kompaniyalari vakili tomonidan kiritilgan da’vo arizasiga asosan xalqaro brendlar — HUGO BOSS, PUMA va TOMMY HILFIGER tovar belgilarini himoya qilish bo‘yicha muhim ish ko‘rib chiqildi.

Sudda aniqlanishicha, javobgar brend egalari bilan hech qanday litsenziya shartnomasi tuzmasdan tovar belgilaridan noqonuniy ravishda foydalangan, kontrafakt mahsulotlarni savdoga chiqargan va faol reklama qilganligi tasdiqlandi.

⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga tovar belgilaridan noqonuniy foydalanishni to‘xtatish, kontrafakt mahsulotlarni muomaladan chiqarish va yo‘q qilish, shuningdek noqonuniy qo‘llangan belgilarni mahsulot va qadoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatildi.
💰Shuningdek, huquqbuzardan kompaniyalarlar foydasiga jami 61 800 000 so‘m kompensatsiya hamda davlat boji, pochta va sud xarajatlari bilan birga 111 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilishi belgilandi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki
info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlandi.

Qonunning asosiy maqsadi eski, avariya holatidagi yoki ijtimoiy jihatdan muammoli hududlarni mulkdorlar huquqlarini saqlagan holda kompleks yangilash uchun alohida huquqiy mexanizm yaratishdan iborat.

Qonunning tartibga solish predmeti
Qonun renovatsiyani jamoat ehtiyoji uchun yer olib qo‘yish, xususiy yerlarni qayta sotib olish, madaniy meros obyektlarini ta’mirlash yoki bo‘sh hududda yangi massiv qurishdan ajratib, mustaqil tartibga soladi.

Renovatsiyaning maqsadi faqat buzib-qurish emas, hududni kompleks yaxshilashdir
Hujjatda hududni me’moriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxshilash, uy-joy fondini yangilash, infratuzilma yaratish va energiya samaradorligini oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Renovatsiya bir necha shaklda amalga oshirilishi mumkin
Qonun mavjud obyektni rekonstruksiya qilish, buzib o‘rnida yangi obyekt qurish, yashil hududlar va boshqa hududiy zonalarni tashkil etish kabi shakllarni nazarda tutadi.

Tashabbus qilish huquqiga ega subyektlar
Renovatsiya tashabbusi davlat, huquq egalari yoki uchinchi shaxslar — investorlar va qurilish tashkilotlari tomonidan ham ilgari surilishi mumkin. Bu esa jarayonni yanada moslashuvchan qiladi.

Mulkdorlar roziligi asosiy shart qilib qo‘yilgan
Har bir obyekt bo‘yicha huquq egalarining har biri bilan notarial tasdiqlangan yozma roziligi olinishi talab etiladi. Bu renovatsiyani majburlash vositasi emas, kelishuvga asoslangan mexanizm sifatida belgilaydi.

Xususiy mulk daxlsizligi va ixtiyoriylik prinsipi kuchaytirilgan
Qonunda huquq egasi renovatsiyada ishtirok etish yoki etmaslikni ixtiyoriy ravishda tanlashi, hech kim sud qarorisiz uy-joyidan mahrum etilmasligi, barcha noaniqliklar esa huquq egasi foydasiga talqin qilinishi qayd etilgan.

Ekologiya, yashil hudud va sud himoyasi alohida mustahkamlangan
Loyihada hududning kamida to‘rtdan bir qismi yashil zona bo‘lishi, yashil hududlarni asossiz qisqartirishga yo‘l qo‘yilmasligi, ekologik barqarorlik saqlanishi belgilangan.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 son qarori ijrosi yuzasidan adliya vaziri A.Tashkulov boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda TDYUning professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan kriminologik metodikalar taqdimoti o'tkazildi.

Tadbirda 12 turdagi jinoyatlar, jumladan, kiberjinoyatchilik, narkojinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik, yashirin iqtisodiyotga oid jinoyatlar, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish, o'g'irlik, bezorilik, firibgarlik, talonchilik hamda tan jarohati yetkazish holatlari bo'yicha ishlab chiqilgan metodikalar namoyish etildi.

Taqdimot yakunida adliya vaziri tomonidan har bir jinoyat turi kesimida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli choralarni ishlab chiqish, ilmiy tavsiyalar asosini mustahkamlash hamda ilgari surilgan takliflar asosida qonun hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi tuzildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, adliya vazirining 2026-yil 7-apreldagi 133-um-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Oliy malaka komissiyasi mediatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Adliya vazirligining hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasida tajribaga ega boʻlgan xodimlari orasidan toʻqqiz nafar aʼzodan va 1 nafar kotibdan (komissiya a’zosi hisoblanmaydi va ovoz berish huquqi mavjud emas) iborat boʻlgan tarkibda tuzildi.

Oliy malaka komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

Oliy malaka komissiyasining huquqlari:
manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
zarur boʻlganda, manfaatdor shaxslar, tegishli tashkilotlardan va malaka komissiyalaridan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;
qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi ochilgan holatlarni oʻrganish;
malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularning faoliyatini oʻrganish maqsadida murojaat qilish hamda umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish.


Oliy malaka komissiyasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
Oliy malaka komissiyasiga oʻrganib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
qonunchilik hujjatlariga, mediatsiya faoliyatining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etishga majburdir.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

❗️Qarorda ism to'liq yozilmasdan “Mamajonov S” sifatida qayd qilingan. Aslida hamma muammo shundan boshlandi...

Xalq deputatlari Sariqqo'rg'on qishloq soveti ijroiya komiteti tomonidan 1989-yil 27-iyul kungi qarori bilan 800 ta oilaga uy-joy berish uchun yer uchastkasi berish belgilangan. Ushbu qaror asosida, Salimjon Mamajonovga ham "Suyunchol" qishlog'idan 0,12 ga yer uchastkasi berilgan edi.

Qahramonimiz 1993-yildan buyon ushbu ushbu yer uchastkasida yashab keladi. 2025-yil 10-mart kuni S.Mamajonov Qo'qon shahar davlat arxividan yuqoridagi qarordan ko'chirma olib, uy-joyga kadastr hujjatlari shakllantirish uchun davlat xizmatlari markazi orqali ariza bergan.

Ammo berilgan arizasi Xalq deputatlari Sariqqo'rg'on qishloq soveti ijroiya komiteti tomonidan 1989-yil 27-iyul kuni 52/9-sonli qarorida ismi, familiyasi toʻliq yozilmaganligi sababli Davlat kadastrlar palatasi Uchko'prik tuman bo'limi tomonidan rad etilgan.

Salimjon aka ushbu muammosi bilan Farg'ona viloyati Uchko'prik tuman adliya bo'limiga murojaat qildi va ...

Davomi ushbu lavhada

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1👏1
😎 Buxoro viloyatida yana 866 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 2026-yil
8-apreldagi qarori bilan 866 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni uchun ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e’tirof etildi.

Shu bilan, Buxoro viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan fuqarolarning umumiy soni 4615 nafarga yetdi.

Qonun ijrosi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlar bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish ishlari jadal suratlarda davom ettiriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1