ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muvaffaqiyatli_tajriba
#100_ta_yangi_brend

“Samarqandning 100 ta yangi brendi” aksiyasi doirasida “Safia” qandolat uylari tarmog‘i misolida muvaffaqiyatli brend yaratish tajribasi taqdim etildi.

“Safia” brendi oddiy oilaviy tashabbus sifatida shakllangan. 2001-yilda Muhayyo Qosimova tomonidan uy sharoitida shirinliklar tayyorlash bilan boshlangan faoliyat keyinchalik oilaviy biznesga aylandi. Ushbu jarayonda Akmal Ayupovning qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutdi. 2008-yilda esa Madina tomonidan birinchi qandolat do‘koni ochilib, brend yangi bosqichga olib chiqildi.

Bugungi kunda “Safia” sifat, did va ishonch timsoliga aylangan yirik qandolat brendlaridan biri hisoblanadi. Brend muvaffaqiyati, asosan, mijozlar ishonchi va ijobiy tavsiyalar asosida shakllangan.

Tadbir davomida “Safia” qandolat uylari tarmog‘i bosh direktor o‘rinbosari U. Usmonov tomonidan muvaffaqiyatli brend yaratish bo‘yicha amaliy tajribalar taqdim etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍3👏2
#100_ta_yangi_brend

📢 “Buxoroning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida navbatdagi muhim tadbir!

🗓 2026-yil 26-mart kuni Buxoro shahrida brend yaratish va rivojlantirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli forum bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumda:
muvaffaqiyatli mahalliy brendlar vakillari (SAG, Safia, Korzinka);
xalqaro va milliy ekspertlar;
tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etadi.

Tadbir davomida:
brend yaratish va rivojlantirish,
marketing va dizayn,
tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish,
brendlarni huquqiy himoya qilish masalalari muhokama qilinadi.

❗️Brendni bepul tekshirish va uni ro’yxatdan o’tkazish imkoniyati yaratiladi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu loyihada ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend
#Samarqand

Samarqand shahrida “Samarqandning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirdan videolavha.

Tadbir jarayonlarini videorolik orqali tomosha qiling.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍2🔥1👏1🙏1
🔎 “97-modda” seriali Telegramda ruxsatsiz tarqatildi — va bu jazosiz qolmadi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa kino va seriallardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shunday holatlardan biri — “97-modda” seriali bilan bog‘liq.

“Twenty one entertainment” MChJ (SalomTV)ga tegishli bo‘lgan “97-modda” seriali “Shunchaki kino” telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida mazkur audiovizual asardan kanal ma’muri Sh. Shukurov muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlandi.

📝 Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 177¹-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏53🔥1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

☄️ Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlaringizni kompozit tarzda ro'yxatdan o'tkazing!

Yuridik shaxslar o'rtasidagi noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda taqdim etamiz:

1️⃣Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

🚀Telegram |📷 Instagram |🔵 Facebook | ▶️ YouTube | 🚀 Bot
1
#sayyor_qabul

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

🔸 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand arxitektura-qurilish universitetida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

🔹 Sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📊 Natijalar:
— 40 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi;
— 32 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
— 1 ta muammo joyida hal etildi;
— 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

🔸 Bunday sayyor qabullar tadbirkorlar muammolarini joyida hal etish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨 “Samarqandning 100 ta yangi brendi” aksiyasi doirasida dizayn va brending masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔸MINIM.UZ” dizayn agentligi direktori Lazizxo‘ja Sharipov tomonidan “Brend identifikatsiyasi va dizayn” mavzusida taqdimot qilindi.

🔹 Spiker o‘z chiqishida brend yaratishda vizual identifikatsiyaning ahamiyati, logotip, ranglar va dizayn elementlarining yagona konsepsiyada uyg‘unlashuvi biznes muvaffaqiyatida muhim omil ekanini ta’kidladi.

🔸 Shuningdek, zamonaviy dizayn yechimlari orqali mahsulotni bozorda ajratib ko‘rsatish, iste’molchi e’tiborini jalb qilish va brend qiymatini oshirish mumkinligi haqida amaliy misollar keltirildi.

🔹 Ushbu taqdimot tadbirkorlarga o‘z brendlarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim bilim va ko‘nikmalar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍4👏2🔥1
🔐Farzandlaringiz onlayn dunyoda xavfsizmi?

Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?

🏛O‘zbekiston Adliya vazirligi yoshlarimizning raqamli hayotini o‘rganish va ularni onlayn xavf-xatarlardan himoya qilish maqsadida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Faqat 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌So‘rovnomada ishtirok eting:
📚Voyaga yetmaganlar uchun Havola bu yerda
👩‍🍼 Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
📌 Yoshlarning muammolari tizimli o‘rganilmoqda

▶️ Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev tomonidan Yashnobod tumanida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔰 Uchrashuv davomida yoshlarning bandlik, kasb-hunar egallash hamda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq muammolari atroflicha o‘rganildi.

Muloqot jarayonida har bir yoshning murojaati alohida tinglandi va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasbga yo‘naltirish, zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan maxsus kurslarda o‘qitish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2
Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar 82 mln so‘m jarimaga tortildi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Xususan, Vazirlik tomonidan Abbot Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “A.P.” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O'tkazilgan tekshiruv natijasida “A.P.” MChJ tomonidan “IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “IMUDON NEST” belgili 31 159 dona kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “A.P.” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarida, ya’ni 82 mln so‘m jarima qo‘llanildi hamda “IMUDON/ИМУДОН” tovar belgisiga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlar to‘xtatish majburiyati yuklandi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1