ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#mahallada_xavfsizlik

Mahallalarda xavfsiz muhit: Sirdaryoda tizimli ishlar oʻrganildi

Sirdaryo viloyatida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda nizoli oilalar bilan ishlash holati oʻrganildi. Mazkur jarayon Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B. Valiyev rahbarligidagi Respublika muvofiqlashtiruvchi shtabi tomonidan Prezidentning PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

🔸 Oʻrganish davomida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

🔹 Xususan, adliya organlariga biriktirilgan 99 ta nizoli oila bilan individual yondashuv asosida ishlash yo‘lga qo‘yilib, muntazam suhbatlar, huquqiy tushuntirishlar va muammolarni hal etish choralari amalga oshirilmoqda.

🔸 Shuningdek, Guliston shahridagi “Bahor” mahallasi misolida taqdimot oʻtkazilib, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yoritildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👏3
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
#live

Ayni damda Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
#Adliya_va_yoshlar

Buxoroda iqtidorli yosh bilan uchrashuv o‘tkazildi

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida “Eng yaxshi g‘oya” respublika tanlovi g‘olibi — Buxoro davlat texnika universiteti doktoranti Abubakir Atoyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yosh olimning innovatsion loyihasi, uning amaliy ahamiyati hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir.

Shuningdek, davlat organlari tomonidan yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Adliya organlari tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43🔥3👍2
#Adliya_xabari
#100_ta_yangi_brend

Buxoroda “100 ta yangi brend” loyihasi doirasidagi tadbir boshlandi

Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Tadbirda adliya vaziri o’rinbosari M.Ikramov, Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari B.Adilov, shuningdek xalqaro va milliy ekspertlar, tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Dasturga muvofiq, forum doirasida:
🔹 milliy brendlarni rivojlantirish istiqbollari
🔹 tovar belgilarining raqobatbardoshlikdagi o‘rni
🔹 brend identifikatsiyasi va dizayn masalalari
🔹 tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.


Shuningdek, tadbir davomida xalqaro ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar, amaliy seminarlar va interaktiv sessiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha mamlakatimizda milliy brendlarni rivojlantirish, intellektual mulk sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍4🔥2