ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishchi guruh faoliyati yuzasidan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Avval xabar qilinganidek, vazirning tegishli buyrug‘i asosida tumanda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini yo‘lga qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan edi.

Uchrashuvda ishchi guruh tomonidan hududda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va bu borada namunaviy tizim yaratish bo‘yicha olib borilgan dastlabki tahliliy o‘rganishlar hamda ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.


Vazir tomonidan tumanni jinoyatlardan holi hududga aylantirish, mahallalarda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning ildiz omillarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tizimli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ishlab chiqilayotgan takliflarni amaliy mexanizmlar bilan boyitish va ularning samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍71🔥1
#Strategiya_2030

Mahallalarda interaktiv kiosklar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 1 milliontaga yetkaziladi. (2025-yilda 50 000 ta).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥3
#Strategiya_2030

Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish darajasi 60 foizgacha yetkaziladi. (2025-yilda 13 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2
#Adliya_xabari
#Xorazm

Mehnat bilan o‘tgan yillar – eng katta boylikdir

🔸Adliya tizimida sidqidildan halol mehnat qilib, umrini jamiyat ravnaqi va qonun ustuvorligini ta’minlashga bag‘ishlagan fidoyi xodimlar doimo e’tibor va ehtiromga munosib.

🔹Ro‘zmetov Bahrom Soliyevich hamda Panoyeva Rajabbibi Otaboyevna ana shunday fidoyi va zahmatkash xodimlardandir.

🔸So‘nggi yillarda Yangiariq tumani FHDY bo‘limi mudiri lavozimida samarali mehnat qilib kelgan R.Panoyeva hamda Hazorasp tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi B.Ro‘zmetov nafaqaga chiqishlari munosabati bilan adliya boshqarmasida tantanali kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MualliflikHuquqi

🔍“Mualliflik huquqingiz buzilayotganini aniqladingizmi ⁉️

©️Agar ijtimoiy tarmoqlarda, masalan, YouTube, Facebook, Instagram yoki .uz domenidagi saytlarda mualliflik yoki turdosh huquqingiz buzilsa — dastlab nima qilish kerak

📣 Agar siz ham ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, yaqinroq keling — bugun biz sizga manfaatli bo‘ladigan eng muhim tavsiyalarni tayyorladik!

Adliya vazirligi esa har doim muallif va huquq egalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga tayyor.
Agar huquqingiz buzilgan bo‘lsa, murojaat qilishdan tortinmang. Qonun siz tomonda‼️

👉 Batafsil videoda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1
#Strategiya_2030

Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlarining aholi manfaatlariga daxldor boʻlgan vakolatlarini amalga oshirishda “byurokratiya nol” tamoyili 100 foizgacha yetkaziladi. (2025-yilda 5 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥2👍1
#Strategiya_2030

Hokim va uning oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni (shu jumladan, kollegial organ sifatidagi qarorlari, xulosa, dalolatnoma, bayonnoma) “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish va qabul qilish 100 foizga yetkaziladi. (2025-yilda 20 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarini lisenziyalashda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi


Adliya vazirligi Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga qo'shimcha va o'zgartirishlarni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3380-2, 2026-yil 28-fevral).

🔰 Unga ko'ra, asoslantirilgan mulohaza – qonunchilikda belgilangan talablarga qo'shimcha ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan qo'llaniladigan, ko'rib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash hisoblanadi.

Asoslantirilgan mulohaza lisenziyalovchi organ xizmatlar provayderlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim bo'lgan boshqa axborotga asoslanadi.

Litsenziyalovchi organning asoslantirilgan mulohazasi litsenziyani berish to'g'risidagi arizani rad etish uchun asos bo'ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Strategiya_2030

Respublika darajasida amalga oshiriladigan 250 ta funksiya va vakolatlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi. (2025-yilda 8 foiz).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏1
#Strategiya_2030

Kompozit va proaktiv tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini kamida 400 taga yetkaziladi. (2025-yilda 89 ta).


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritildi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
3
Adliya vazirligi tashabbusi bilan otalikni belgilash tartibidagi muhim huquqiy masalani hal etishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi

Muammo nimada?
Bugungi tartibga ko‘ra, agar bola nikohdan tashqari tug‘ilgan bo‘lsa, uning otaligi ona va o‘zini ota deb tan olgan shaxsning FHDY organiga bergan qo‘shma arizasi asosida rasmiylashtiriladi.
Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda bola tug‘ilganidan keyin turli sabablarga ko‘ra uning otaligi biologik otasi bo‘lmagan shaxs nomiga rasmiylashtirilmoqda.
Bunday holatda haqiqiy biologik ota keyinchalik o‘z huquqlarini himoya qilishda jiddiy to‘siqlarga duch keladi. Hatto bolaning o‘zi ham ushbu yozuvga nisbatan aniq belgilangan huquqiy mexanizm orqali e’tiroz bildira olmaydi.
Natijada oilaviy nizolar, sud tortishuvlari va eng muhimi — bolaning manfaatlari xavf ostida qolmoqda.


Hayotiy misol
Advokatlik amaliyotida uchragan holatda, chet el fuqarosi bo‘lgan biologik ota xorijda bo‘lgani sababli bola dastlab “yolg‘iz onalik” asosida ro‘yxatga olingan. Keyinchalik esa boshqa shaxsning roziligi bilan otalik rasmiylashtirilgan.
Oradan vaqt o‘tib, haqiqiy ota o‘z farzandi bilan bog‘liq huquqlarini tiklashga uringanida, qonunchilikdagi cheklovlar sabab murakkab vaziyat yuzaga kelgan.


Taklif etilayotgan yechim
Qonun loyihasiga muvofiq o‘zini bolaning biologik otasi yoki onasi deb da’vo qilayotgan shaxs va farzand fuqarolik holati dalolatnomasidagi tegishli yozuvga nisbatan sud tartibida e’tiroz bildirish huquqiga ega bo‘ladi.


Bu nimani anglatadi?
Agar loyiha qabul qilinsa:
bolaning manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi;
biologik ota-onalarning huquqlari kafolatlanadi;
oilaviy munosabatlarda adolat tamoyili mustahkamlanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥11👍53👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etildi.

Adliya vazirligi Oliy ta'lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3783, 2026-yil 28-fevral).

▪️Milliy reyting Ta'lim sifatini ta'minlash agentligi tomonidan yuritiladi.


🔰Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:
– amaliy fanlar;
– tibbiyot fanlari;
– ijtimoiy-gumanitar fanlar;
– ijod (sport).
 
✔️Har yili 1-noyabrga qadar o'tgan yil uchun milliy reyting natijalari e'lon qilinadi.
 
Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o'qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so'rovnoma va xalqaro ekspertlar o'rtasida xalqaro obro'ni baholashga qaratilgan so'rovnoma o'tkaziladi.
 
Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so'rovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu so'rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-o'qituvchilarning kamida 20 foizi so'rovnomada ishtirok etishi lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
"НО-ШПА" tovar belgisi huquqiy himoya qilindi.

Vazirlik tomonidan Vengriyaning "Opella Healthcare Hungary Kft." kompaniyasiga tegishli "НО-ШПА" tovar belgisini himoya qilish yuzasidan yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida "D.P." MChJ faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, "НO-ШПА" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan "ДРО-ШПА" belgili va grafik elementli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya'ni 82,4 mln so‘m jarima qo‘llanildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍41