ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥Andijon viloyati: Fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan noreal qarzdorlik bekor qilindi.

🖥 Buxoro viloyati: 1709 nafar fuqarolarning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

🖥Farg'ona viloyati: Yangi O‘zbekiston yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolatlar.

🖥 Jizzax viloyati: 443 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Muborakda aholi murojaatlari sayyor tartibda o‘rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Oqdaryoda oilaviy tinchlikni ta'minlash va salbiy oqibatlarning oldini olish bilan bog‘liq tadbir o‘tkazildi.

🖥 Xorazm viloyati: Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🖥 Toshkent shahri: "Xushnud" va "Yorqinhayot" mahallalari aholisi uchun sayyor qabul hamda “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
#Prezident_qarorlari_hayotda_va_nazoratda

Namanganda nizoli oilalar va aholi muammolari hal etilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 6-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash va aholining huquqiy muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov tomonidan o‘ziga biriktirilgan 13 ta mahallada keng qamrovli sayyor qabullar o‘tkazildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
0 DAN BIZNES BOSHLAGAN “KELIN”

Qishloqda 0 dan biznes boshlash uchun nima qilish kerak? Tadbirkor yoshlar uchun qanday imtiyozlar bor? Adliya vazirligining “Mahalla huquqshunosi” loyihasida hammasi haqida bilib oling!

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/WgI6hGOppMU
2🔥1
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Bugun, notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi. Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

🔵 Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazilib, unda ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 32 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni va tanlov natijasiga ko‘ra 12 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Navoiy viloyatidan:
Yarkulov Atxam Uktamovich;

Namangan viloyatidan:
Murodullayev Ubaydullo Xabibullo o‘g‘li;
Urunbayev G‘ulomjon Mahammadjonovich;

Samarqand viloyatidan:
Abdug‘aniyev Shuxratjon Isrofilovich;
Isoqulov Shavkat Quroqboyevich;
Murtazayev Jamshid Xalimovich;
Usmonov Nodir Yakub o‘g‘li;
Yuldashev Sherzod Mardiyevich;

Sirdaryo viloyatidan:
Xolmuratov Rustam Ismadiyor o‘g‘li;

Surxondaryo viloyatidan:
Amirov Shohruh Shuxrat o‘g‘li;

Toshkent viloyatidan:
Tojiboyev Diyorjon Pardaboy o‘g‘li;

Farg‘ona viloyatidan:
Sultonov Zyovidin Ibroximovich.


🗣 Mazkur malaka imtihoni jarayonlari Adliya vazirligining YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda yozib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥2👏1
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar

O‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Toshkent shahrida joylashgan umum ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida yoshlar asl va kontrafakt mahsulotlarni farqlash yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Mas’ul tashkilotlar xodimlari uchun davra suhbati o'tkazildi
Vazirlik xodimlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida biologik faol qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida intellektual mulk huquqlariga rioya etilishi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Toshkent shahrida targ‘ibot va amaliy ishlar olib borildi
Toshkent shahrida vazirlik mas’ullari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga joyiga chiqqan holda o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari hamda mazkur sohada belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar tashkil etildi
Vazirlik xodimlari tomonidan Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash hamda mazkur obyektlardan foydalanishda shartnomaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir davomida bozor infratuzilmasi, savdo jarayonlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniyligi o‘rganildi.

Tumandagi mas'ullar va bozor ma'muriyatiga bozor faoliyatini tartibga solish, savdo jarayonlarini shaffof tashkil etish va naqd pul aylanmasini nazorat qilish orqali yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to‘liq foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍63