ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Farg'ona_viloyati

❗️Davlat xizmatlari markazi faoliyati: qulay xizmatlar, tezkorlik, professionallik, xalq ishonchini qozonish

Inson qayerda va qay sharoitda yashamasin, o‘ziga qulaylik yaratishga harakat qiladi.

Davlat xizmatlari markazlari ish faoliyatining asosini ham aholiga qulay sharoit yaratish maqsadi tashkil etadi.

Markazlarda fuqarolarga yana-da yengillik yaratish, korrupsiya, byurokratiyani oldini olish, ularning madaniy, maʼnaviy hordiq olishlariga sabab bo‘ladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍54🔥8👏3🙏31🎉1
Toshkent viloyatida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlariga amaliy yordam berilmoqda.

🔹Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Toshkent viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

🔹Joriy yilning 26-27-yanvar kunlari Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarda joylashgan Bekobod shahar, Bekobod, Piskent, Parkent hamda Yuqorichirchiq tuman Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹Xizmat safari doirasida Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

🔹Shuningdek, nikohni tantanali qayd etish xizmati faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu yangi xizmat aholiga yanada estetik, zamonaviy va qulay sharoitda marosim o‘tkazish imkonini bermoqda.

🔹Tadbir yakunida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmatlar sifati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍118🔥3👏1
#DavlatDasturi2026

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalarining jamoatchilik muhokamasi doirasida uzbekistan2030.uz platformasi orqali kelib tushayotgan takliflar bo‘yicha ma’lumot (27.01.2026-y. soat 18:00 holatiga).


🔻 “Bugungi taklif – ertangi rivojlanish poydevori!


🔺Muhokamada faol ishtirok eting!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Diqqat_loyiha

❗️Hurmatli fuqarolar!

🔰Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

🗓 Loyihada 2 ta eng muhim masala nazarda tutilgan:

1. Murojaatnomada ta’kidlangan sohalar bo‘yicha:

▪️ davlat siyosatining asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari belgilab berilmoqda;
▪️ 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasida alohida-alohida Islohotlar dasturlari (78 ta tashabbus) tasdiqlanmoqda;
▪️ Islohotlar dasturlari ijrosini tashkil etish hamda nazorat qilishning mexanizmlari va mas’ullari belgilab berilmoqda;

2. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan Davlat dasturi tasdiqlanmoqda:

▫️ amaliy chora-tadbirlar rejalari (306 ta tadbir);
▫️ 2026-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar (60 ta) va Strategik qonunchilik hujjatlari (13 ta) ro‘yxatlari.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

👉 Havola orqali o‘tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍32👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Telekommunikasiyalar xizmatlarini ko'rsatish qoidalarini yangi tahririni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3762, 26.01.2026-y.).

Ushbu hujjatda telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko'rsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratishga qaratilgan quyidagi bir qator yangiliklar belgilandi.

⏭️ Jumladan, mobil aloqa abonentlari shaxsiy hisobida mablag' xizmat ko'rsatishni davom ettirish uchun yetarli bo'lmaganda mobil aloqa operatori va abonent o'rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilish (mavjud bo'magan raqam holatiga o'tkazish) muddati 2 oydan 1 yilga uzaytiriladi.

📑 Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boshqa tarif rejasi bilan bepul almashtirishi mumkin bo'ladi (bundan muayyan guruh yoki ma'lum cheklangan hudud uchun ishlab chiqilgan alohida tarif rejalariga o'tish mustasno).

⌛️ Amaldagi tariflar shartlari o'zgarganda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt yoki SMS xabarnomalar orqali majburiy tartibda xabardor qilinadi.

🔗 Aholiga qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida, xizmat ko'rsatish punktiga kelish imkoniyati bo'lmagan fuqarolar uchun yashash joyiga borish, olis va yetib borish qiyin bo'lgan aholi punktlarida sayyor mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish yo'lga qo'yiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 Qoidalarga ko'ra, abonent – jismoniy shaxsdan tarif rejasi bo'yicha abonent to'lovi va xizmat uchun mablag' yechishda hisobni salbiy holatga (qarzdorlik holatiga) keltirish taqiqlanadi.

📞 Abonentlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga kecha-kunduz bepul qo'ng'iroq qilishlari mumminligi belgilandi.

Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko'chirish endilikda xizmat ko'rsatish punktlarida 8 ish soatida emas, balki 20 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

📑 Mobil aloqa abonentlariga pullik qo'shimcha xizmatlarga obuna bo'lish bo'yicha kontent xizmatlari ko'rsatishning quyidagi yangi tartibi belgilandi:

🔹 xizmatlarni aktivatsiya qilish operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oshiriladi;

🔹 abonentlarning rozilik tasdig'ini olmasdan xizmatlarni avtomatik ulashga yoki dastlab bepul bo'lgan xizmatlarni pullik qilishga yo'l qo'yilmaydi;

🔹 kontent provayderlari tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda bo'lishi kerak.

📌 Mazkur hujjat rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1
🔅 Xalqaro hamkorlik — islohotlar tayanchi

Joriy yilning 27-yanvar kuni adliya vaziri A. Tashkulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha Maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida:
— milliy qonunchilikni JST qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish;
— “Byurokratiyani bartaraf etish” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish;
— Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Adliya vaziri A. Tashkulov xorijiy tomonni vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar bilan tanishtirdi. Xususan, davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlar izchil qisqarib borayotgani ta’kidlandi.

📊 Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi yo‘lidagi ishlar jadallashgani qayd etildi. Jumladan, 2025-yilda 28 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi natijasida 59 ta hujjat JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi, 2023-yildan buyon moslashtirilgan hujjatlarning umumiy soni 160 tadan oshdi.


🔎 Uchrashuv yakunida tomonlar maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati doirasida kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Eslatma

💰 Adliya vazirligi tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan startap loyihalar 50 mln so'mgacha moliyalashtiriladi.

⏭️ Tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

👉 Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
2👍1🔥1
#Adliya_xabari
#E'tirof

📍 Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 3 321 nafarga yetdi
.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi o'n oltinchi sessiyasida yana 1 100 nafar fuqaroning mulk huquqi e'tirof etildi.

Shuningdek, sessiyada Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov boshqarma va uning hududiy organlari tomonidan o'tgan 2025-yilda amalga oshirilgan quyidagi masalalar yuzasidan hisobot berdi:

- norma ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida amalga oshirilgan ishlar;
- jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar. 


▶️ Barcha islohotlar albatta fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥3