ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7👏71
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko'rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Stasionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko'rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish tartibi haqidagi nizomni ro'yxatdan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3715, 2025-yil 29-noyabr).

🔹Nizomga ko'ra, bemorlarga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni o'z vaqtida to'liq ko'rsatishni ta'minlash maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkaziladi.

🔹Bemorlar boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish jarayonida tibbiyot muassasasini zarur tibbiy yordamni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan tibbiyot muassasalari orasidan erkin tanlash huquqiga ega.

🔹Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish shifokor tomonidan berilgan tibbiy ko'rsatmaga asosan amalga oshiriladi.

🔹Bemorlar uchun zarur tibbiy uskunalar yoki mutaxassislar bo'lmaganda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boshqa tibbiyot muassasasida ko'rsatilsa, tibbiy ko'rsatma beriladi.

🔹Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazishdan oldin qabul qiluvchi tibbiyot muassasasasining bo'sh o'rinlari, zarur tibbiy uskunalar, mutaxassislar mavjudligi aniqlanadi.

🔹Bemorlar hayotiy ko'rsatkichlari barqaror holda, shifokor kuzatuvida boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o'tkaziladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kasbiy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish bo'yicha indikatorlar tasdiqlandi


Adliya vazirligi “Kasbiy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3717, 2025-yil 1-dekabr).

🔰Mazkur idoraviy hujjat bilan 6 ta yo'nalish doirasidagi 31 ta mezon bo'yicha kasbiy ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditasiyasidan o'tkazishda foydalaniladigan 163 ta indikator belgilab berilmoqda.

✔️Unga ko'ra, 8 ta (4.9 %) majburiy indikatorlar (mas'ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o'quv xonalari bilan ta'minlanganlik va b.) hamda 155 ta (95.1 %) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos (xorijiy) adabiyotlardan foydalanish, talabalar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish, sport zali (sport maydonchalar) mavjudligi va b.) mavjud bo'lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

⏭️ Bunda:
▪️ 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;
▪️ 50 % dan 60 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 60 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.

⛔️Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat'i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Muhim

📣DIQQAT E’LON!

🔹Joriy yilning 3-dekabr kuni soat 11:30 da Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi) muhofaza hujjatiga (guvohnoma va patent) talabnoma topshirmoqchi bo‘lgan, ushbu obyektlarga patent olishda qiynalayotgan hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilmoqchi bo'lgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun Adliya vazirligi tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida brend nomi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalida mavjud yoki mavjud emasligi tekshirib beriladi.

Hurmatli yurtdoshlar, sayyor qabulda faol ishtirok eting va brendingiz nomini himoya qiling!

🔹Ro‘yxatdan o'tish uchun: S.Amirqulov +998 77 793-33-63

🔹Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 14-uy.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#Adliya_xabari

📣 Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 2-dekabr kuni Adliya vazirligida Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida NNT vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda 40 nafarga yaqin NNT rahbarlari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Muloqotda shu bilan birga barcha hududiy adliya organlari zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.

🔸Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muhammmadiyev ishtirok etdi va NNTlar davlat bilan eng yaqin hamkor sifatida islohotlarning faol qatnashchisiga aylangani ta’kidlandi.

🔹 Tadbirdan ko’zlangan maqsad, NNT faoliyatidagi muammolarni birgalikda hal qilish, yangilik va takliflarni eshitish, islohotlar bo‘yicha ochiq fikr almashish.

🔻Ma’lumot uchun:

▪️Mamlakatimizda 10 mingga yaqin NNT erkin faoliyat yuritmoqda.
▪️Ularda 70 ming nafar inson mehnat qilmoqda.
▪️NNTlar har yili davlat dasturlarining 350 dan ortiq bandlari ijrosida bevosita ishtirok etmoqda.


🔸Muloqot davomida ishtirokchilarga NNTlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va “Fuqarolik jamiyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasi haqida ma’lumot berildi.

♦️Tadbir yakunida, ijtimoiy sohada faoliyati bilan ajralib turgan NNT rahbarlari Adliya vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Parkent tuman adliya bo'limi tomonidan imkoniyati cheklangan o'qituvchining ustama pullari undirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Kelajak soati darsi" o'tkazildi. Unda adliya vaziri A.Tashkulov maktab o'quvchilariga dars o'tdi.

muxbir: Gulbahor Abdulhayeva

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
Forwarded from Xalq ta’limi Info
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” darslarini o‘tish uchun vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, jurnalist, bloger, hamda filologlarni faol jalb qilmoqda.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1431

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
👍54🔥1👏1
#Adliya_xabari
#adliya_aralashgach

📍Andijon viloyati adliya boshqarmasi koʻmagi bilan umumta'lim muassasasida ishlovchi o'qituvchining 5 yildan buyon to'lanmay kelayotgan 257 386 000 so‘m ustama pullari undirib berilishi ta'minlandi.

🔽 Andijon viloyati adliya boshqarmasiga Paxtaobod tumanida yashovchi Y.Z. ismli fuqaro, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 3-may kungi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4306-son Qaroriga asosan o'quvchilari orasidan oʻqituvchilik faoliyatda asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblarini tarbiyalagan bo'lsa-da, shu va boshqa asoslarga muvofiq to'lanishi lozim bo'lgan ustama pullari to'lanmay kelinayotganini yuzasidan murojaat qilgan.

Murojaatni o'rganish davomida xodimga 2019-yildan 2024-yilning dekabr oyiga qadar jami 257 386 000 so'm ustama mablag'lari to'lanmay kelinayotganligi aniqlandi.

✍️ Murojaatni qonuniy hal etish yuzasidan, mas'ullar tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

⚖️ Sud muhokamasi natijasida pedagog xodimga jami 257 386 000 so‘m ustama pullari undirib berilishi yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ortga qaytmas islohotlar

🔹Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatiga bag'ishlangan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1