Joriy yil 25-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Sun’iy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Zoom platformasi orqali o'tkazilib, sohada yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi.
Konferensiyada Rossiya, Qozog‘iston va Belarus ekspertlari sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha o‘z mamlakatlari tajribasini taqdim etdi. Qiyosiy tahlillar, sud tizimida AI texnologiyalarining qo‘llanilishi va axborot huquqi masalalari muhokama qilindi.
Mahalliy mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda AI texnologiyalarini huquqiy sohada qo‘llash yo‘nalishidagi ishlanmalar, jumladan LexAI huquqiy chat-botining amaliy imkoniyatlari taqdim etildi. Professor-o‘qituvchilar esa mehnat munosabatlarida avtomatlashtirish, biotexnologik ixtirolarni patentlash, AI va inson huquqlari kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qidi.
Konferensiya materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi, tanlangan maqolalar esa “Huquq va burch+” jurnalining maxsus sonida chop etiladi. Ushbu tadbir mintaqada sun’iy intellektni mas’uliyatli qo‘llash, huquqiy standartlarni shakllantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Adliya vazirligi Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash bo‘yicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3196-2, 2025-yil 26-noyabr).
✅ Unga ko‘ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni toʻxtatib turadi.
📝Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
✅ Sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Aliment to‘lovchilar sug'urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo'ladi
📝Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇦🇿 Adliya vazirligi delegatsiyasining Ozarbayjondagi xizmat safari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi 24–28-noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib turibdi. Safar davomida delegatsiya davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.
🔹 HR boshqaruvi bo‘yicha uchrashuv
Delegatsiya ASAN Xidmət tizimidagi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda kadrlar siyosati, xodimlarni tanlash va baholash jarayonlari, malaka oshirish tizimi hamda xizmat standartlari bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.
🔹 Raqamli aloqa xizmatlari bilan tanishuv
ASAN tizimining 108 qisqa raqamli call-markazi, shuningdek ASAN Radio va ASAN TV axborot platformalari faoliyati o‘rganildi. Delegatsiya aholiga tezkor va sifatli ma’lumot yetkazishning media-infratuzilmasi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha Davlat agentligi rahbari janob Ulvi Mehdiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish, sun’iy intellektni joriy etish va innovatsion loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

❤5👍2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3221-8, 2025-yil 26-noyabr).
✅ Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini to‘ldirish bilan bog‘liq bir qator yangiliklar belgilandi, jumladan:
📑Yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu boʻyicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.
💰 Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qo‘llanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.
📙Xalq deputatlari kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsientni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish bekor qilinmoqda.
📌 Mazkur hujjat 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Soliq hisoboti shakllariga o'zgartirishlar kiritildi
📑Yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu boʻyicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.
📙Xalq deputatlari kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsientni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish bekor qilinmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan «Huquqiy mahalla» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Maxsus reportaj | Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan «Huquqiy mahalla» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍6❤3👏2
#Tayinlov
Adliya vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
➖2006-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori;
➖2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya va sud idoralari masalalari shu'basining yetakchi inspektori;
➖2014-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu'basi mudiri;
➖2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu'basi mudiri lavozimlarida ishlagan.
➖2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
➖2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida;
➖2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori;
➖2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o'rinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

🔥24❤16👍15👏6
#Tayinlov
Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Allakuliyev Mirjalol Davranbekovich adliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mirjalol Allakuliyev 1988-yilda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2014-yilda magistratura bosqichini, 2024-yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan.
2013-2014-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi;
2014-2017-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;
2017-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2018-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i;
2018-2021-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i;
2021-2022-yillarda Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2022-yildan) Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

👍32❤10👏10🔥9
#Adliya_xabari
Prezidentning tegishli qarori bilan Rabiyev Sherzod Mirjalilovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan adliya vaziri o'rinbosari lavozimidan ozod etildi.

👏5
#Adliya_xabari
✅ Bugun, 27-noyabr kuni Adliya vazirligi boshchiligidagi delegatsiyaning ma’muriy tartib-taomillar va davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini takomillashtirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Yaponiyaga uyushtirilgan tashrifi doirasida Tokio shahrida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda delegatsiya a’zolari Yaponiya parlamenti a’zosi Keysuke Suzuki bilan muloqot qildilar.
🔹Uchrashuv davomida Keysuke Suzuki 2025-yilning may oyida Yaponiya adliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan davrida O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi haqida to‘xtalib, tashrif doirasida erishilgan natija va kelishuvlarni yuksak baholadi. U ikki davlat o‘rtasida shakllanib borayotgan konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
🔹Muloqot davomida tomonlar ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, qonunchilikni raqamlashtirish, davlat xizmatlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish kabi qator dolzarb yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.
🔹Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi huquqiy sohadagi do‘stona hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

❤5👍5🔥2