Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navkat umid, imkoniyat, orzular maskaniga aylanib bormoqda. Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Farovonlik markazi”da faoliyat olib borayotgan 4 ta loyiha ishtirokchisi bilan shartnoma imzolandi. Xorijiy til kursi, IT oʻquv kursi, Non va non ishlab chiqarish sexi hamda tikuvchilik sexi ushbu shartnomaga asosan endilikda, oʻz faoliyatini kengaytiradi, mahalladagi ishsizlarni ish bilan taʼminlaydi. Ushbu shartlar doirasida ularga samaradorlik koʻrsatkichlari, yaʼni KPI belgilangan.
Loyiha fuqarolarni ish bilan taʼminlash, yoshlarni xorijga joʻnatish, ularni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, bir soʻz bilan aytganda, chekka Navkat mahallasini chinakamiga farovon maskanga aylantirishni maqsad qilgan.
Bu faqat maqsad emas, koʻplab insonlarga umid bergan ulkan gʻoya va uni roʻyobga chiqarishga qaratilgan ezgulik kuchidir!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤6🔥6👏2
#Adliya_xabari
“Yuridik klinik ta’lim: amaliyot, texnologiyalar, huquqiy ong” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasining 25 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan “Yuridik klinik ta’lim: amaliyot, texnologiyalar, huquqiy ong” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Polsha, AQSH va boshqa davlatlardan yuridik klinikalar mutaxassislari, professorlar, ekspertlar, xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining xorijiy tashkilotlar va mahalliy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari kengaytirilib, natijada yuridik klinikalar faoliyatini yanada takomillashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalarning amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Joriy yilning 26-27-noyabr kunlari xorijiy va mahalliy ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari va volontyorlar ishtirokida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyani adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ochib berib, yuridik klinikaning huquqiy ongni yuksaltirish, aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish va yosh huquqshunoslarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Polsha, AQSH va boshqa davlatlardan yuridik klinikalar mutaxassislari, professorlar, ekspertlar, xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning maqsadi Yuridik klinikasining 25 yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilish, klinikaning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yuridik yordam ko‘rsatish hamda yuqori malakali yuristlarni tayyorlash hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdagi hissasini namoyish etish, hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish, bitiruvchilar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Anjuman doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining xorijiy tashkilotlar va mahalliy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari kengaytirilib, natijada yuridik klinikalar faoliyatini yanada takomillashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalarning amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤4👍2
Joriy yil 25-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Sun’iy intellekt davrida huquq: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Zoom platformasi orqali o'tkazilib, sohada yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi.
Konferensiyada Rossiya, Qozog‘iston va Belarus ekspertlari sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha o‘z mamlakatlari tajribasini taqdim etdi. Qiyosiy tahlillar, sud tizimida AI texnologiyalarining qo‘llanilishi va axborot huquqi masalalari muhokama qilindi.
Mahalliy mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda AI texnologiyalarini huquqiy sohada qo‘llash yo‘nalishidagi ishlanmalar, jumladan LexAI huquqiy chat-botining amaliy imkoniyatlari taqdim etildi. Professor-o‘qituvchilar esa mehnat munosabatlarida avtomatlashtirish, biotexnologik ixtirolarni patentlash, AI va inson huquqlari kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qidi.
Konferensiya materiallari Google Scholar bazasida indekslanadi, tanlangan maqolalar esa “Huquq va burch+” jurnalining maxsus sonida chop etiladi. Ushbu tadbir mintaqada sun’iy intellektni mas’uliyatli qo‘llash, huquqiy standartlarni shakllantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Adliya vazirligi Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash bo‘yicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3196-2, 2025-yil 26-noyabr).
✅ Unga ko‘ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni toʻxtatib turadi.
📝Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
✅ Sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️ Aliment to‘lovchilar sug'urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo'ladi
📝Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇦🇿 Adliya vazirligi delegatsiyasining Ozarbayjondagi xizmat safari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi 24–28-noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib turibdi. Safar davomida delegatsiya davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.
🔹 HR boshqaruvi bo‘yicha uchrashuv
Delegatsiya ASAN Xidmət tizimidagi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda kadrlar siyosati, xodimlarni tanlash va baholash jarayonlari, malaka oshirish tizimi hamda xizmat standartlari bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.
🔹 Raqamli aloqa xizmatlari bilan tanishuv
ASAN tizimining 108 qisqa raqamli call-markazi, shuningdek ASAN Radio va ASAN TV axborot platformalari faoliyati o‘rganildi. Delegatsiya aholiga tezkor va sifatli ma’lumot yetkazishning media-infratuzilmasi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha Davlat agentligi rahbari janob Ulvi Mehdiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish, sun’iy intellektni joriy etish va innovatsion loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

❤5👍2🔥1