Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔵 Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga faqat bitta pasport bilan murojaat qilib, doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishlari mumkin.
✅ Ushbu tartib fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada soddalashtirish hamda ortiqcha hujjatlar talabini kamaytirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
🔹O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi joriy yilning 24–28-noyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga xizmat safarida bo'ladi.
🔹Safar maqsadi – aholiga va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish.
❗️Delegatsiya a’zolari xizmat safari davomida:
🔹 “ASAN Xidmət” markazlari faoliyati, elektron navbat tizimi va raqamli xizmatlar bilan tanishmoqda;
🔹 davlat xizmatlari dizayni, monitoring, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt bo‘limlari bilan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda;
🔹 tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining elektronlashuvi bo‘yicha tajriba almashmoqda;
🔹 “INNOLAND”, “ABAD”, “Bilim Bakı”, ASAN mobil avtobus kabi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Mazkur xizmat safari davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulaylik, shaffoflik va samaradorlikni oshirish, shuningdek O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3
• o‘z innovatsion texnologiyasini bozorga chiqarishni rejalashtirayotgan startaplar uchun;
https://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/guides/customization/enterprising-ideas-uz-uzb.pdf
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Forwarded from Rasmiy axborot
Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga o‘rin yo‘q va bu tamoyil davlat uchun ham, biznes uchun ham birdek amal qilishi kerak,- dedi Administratsiya rahbari S.Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
#Mualliflik_huquqi
✅ Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese’ning mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha chora ko‘rildi
🔹Ijtimoiy tarmoqlarda tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida murojaat qilgan.
🔹Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada ushbu asar Mark Rizedan ruxsat olinmasdan, hech qanday shartnomasiz to‘liq holda elektron shaklga o‘tkazilgani va unilibrary.uz tizimiga joylangani aniqlandi.
🔹Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ullari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi hamda asarning elektron nusxasi unilibrary.uz tizimidan o‘chirildi.
🔹Shuningdek, kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida universitetda mualliflik va turdosh huquqlarga rioya qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

‼️ Ma’lumot uchun: Tarjimon Mark Reesega “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 65-moddasiga muvofiq, zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2❤1👍1🔥1
#Adliya_tanlov
📣 📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!
✅ Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.
Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.
🗓 Muddat: 2025-yil 1-dekabrgacha.
Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yilning 1-yanvaridan 1-dekabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @axborot_xizmati_AV elektron manziliga yuboriladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Saralab olingan ishlar mualliflari esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest
📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤4👍1🔥1👏1
🔹Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazilgan professional o‘qitish kursi o‘z nihoyasiga yetdi.
🔹Yakuniy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev ishtirok etib, White & Case LLP (AQSh) xalqaro yuridik firmasining yetuk eksperti Carolyn Lamm bilan birgalikda tinglovchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
🔹Mashg‘ulotlar White & Case, Foley Hoag, Squire Patton Boggs, Curtis, Mayer Brown, CMS va Baker Botts kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik firmalar ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi.
🔹Tinglovchilar o‘quv jarayonida global standartlar asosida tahliliy fikrlash, xalqaro talablarga mos yondashuvlar va amalda qo‘llaniladigan mexanizmlarni chuqur o‘zlashtirdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1