#Adliya_xabari
📍 Andijon viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlariga amaliy yordam berilmoqda.
✅ Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida xizmat safarida bo'ldi.
✅ Joriy yilning 13-14-noyabr kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarda joylashgan Xonobod va Andijon shahar, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Andijon hamda Asaka tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅ Xizmat safari doirasida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.
✅ O'rganish davomida Markazlar ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Xususan, "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan eng so'nggi innovatsion yangiliklar, jumladan, hujjat loyihalarini eksterritoriallik asosida huquqiy ekspertizadan o'tkazish, majburiy ilovalar reyestri hamda hujjatlarni paket usulida qabul qilish bo'yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Markazlar kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.
🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi
🚀 Telegram | 📱 Youtube |📷 Instagram |🔵 Facebook
🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#937_son
📜 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolar hamda inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
📍 Mazkur seminarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari U.Ismatillayev, Namangan viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va boshqa vakolatli tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
🎯 Tadbir davomida mazkur qonunning maqsadi, qo‘llanilish sohasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi obyektlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari, shuningdek, ijro mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.
✅ Ishtirokchilar qonun bilan belgilanayotgan tartib-taomillar, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvi, tuman (shahar) komissiyalarining roli va adliya organlarining nazorat funksiyalari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
🔎 Seminar yakunida vakolatli idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring
Youtube | Facebook | Telegram | Instagram

❤1👍1
#Adliya_xabari
"Madad-2" loyihasiga start berildi
✅ Bugun Adliya vazirligi binosida "Madad" loyihasining ikkinchi bosqichining ramziy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅ Loyihaning birinchi bosqichi Denov tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Loyiha qahramoni Dilorom Yo'ldosheva bugungi kunda 60 dan ortiq shogirdiga ega tadbirkor, “Mardlik” ordeni sohibasi, BBCning "100 ilhomlantiruvchi ayol" ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbek ayoli – buning yaqqol natijasidir.
✅ Endilikda ushbu ezgu loyiha respublikamizning eng olis hududlaridan bo‘lgan Denov tumanining “Surxondiyor” hamda Qo‘shrabot tumanining “Navkat” mahallalarida davom ettiriladi.
✅ Tadbir yakunida loyihani birgalikda amalga oshirish uchun Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"Madad-2" loyihasiga start berildi
"Madad” bu tadbirkorlikni boshlash niyatida bo‘lgan, ammo unga yetarlicha kuch va imkon topa olmayotgan insonlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan loyiha.
Loyihani amalga oshirish natijasida 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hamda ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Loyiha davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, mahalla drayveridan kelib chiqib, "Yordam emas, imkoniyat" yoki "Kichik tashabbusdan katta daromadgacha" shiori ostida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maydonchasi — "Farovonlik markazi" quriladi.
Markaz negizida insonlarni o‘zaro birlashtiruvchi kooperativ - aralash ishlab chiqarish matlubot kooperativi tashkil etish maqsad qilingan.
Shu bilan birgalikda, tadbirda loyihani qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qator tadbirkorlar ham ishtirok etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4❤3👏1🎉1