#matbuot_anjumani
✅ Adliya vazirligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
🔸Bugun, Adliya vazirligi tomonidan “San’at va ijod himoyasi” oyligi yakunlari, erishilgan natijalar hamda sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni muhokama qilish yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.
🔹Unda, Adliya vazirligi rahbariyati hamda oylikni munosib o‘tkazish hamda yoritishda yaqindan amaliy yordam ko‘rsatgan hamkor tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
🔸Oktabr oyida mamlakatimiz bo‘ylab ilk marotaba o'tkazilgan oylik doirasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
🔸Shu bilan birga, oylik davomida 90 dan ortiq seminar-treninglar tashkil etilib, minglab talaba va tadqiqotchilarning mualliflik huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
🔹Raqamlashtirish sohasida ham faol ishlar olib borildi: “Kiberxavfsizlik markazi” bilan hamkorlikda dasturiy ta’minot sohasida huquqiy himoya mustahkamlandi, 40 ga yaqin noqonuniy veb-saytlar faoliyati to‘xtatildi.
🔸Tele va radiokanallarda 20 dan ortiq ko‘rsatuv va dasturlar efirga uzatildi, 200 dan ortiq targ‘ibot postlari e’lon qilindi.
❗️Adliya vazirligi o‘zining doimiy maqsadi – muallif va ijodkorlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnatini qadrlash va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

🔹Xususan,
▪️40 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi;
▪️10 dan ortiq holatda huquqbuzarlarga nisbatan majburiy taqdimnomalar kiritildi;
▪️20 ga yaqin ogohnomalar chiqarildi;
▪️ 10 dan ortiq ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnoma sudga yuborildi.
🔸Shu bilan birga, oylik davomida 90 dan ortiq seminar-treninglar tashkil etilib, minglab talaba va tadqiqotchilarning mualliflik huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
🔹Raqamlashtirish sohasida ham faol ishlar olib borildi: “Kiberxavfsizlik markazi” bilan hamkorlikda dasturiy ta’minot sohasida huquqiy himoya mustahkamlandi, 40 ga yaqin noqonuniy veb-saytlar faoliyati to‘xtatildi.
🔸Tele va radiokanallarda 20 dan ortiq ko‘rsatuv va dasturlar efirga uzatildi, 200 dan ortiq targ‘ibot postlari e’lon qilindi.
❗️Adliya vazirligi o‘zining doimiy maqsadi – muallif va ijodkorlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnatini qadrlash va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1👏1
#Bir_murojaat_izidan
#Jizzax_viloyati
Fuqaroga adliya bo‘limining aralashuvi bilan yoshga doir pensiyaga chiqadigan bo‘ldi!
✅ Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro E.Dning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda rad etilganligi, mehnat daftarchasida qayd etilgan 2003—2012-yillarda ishlagan davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli hisobga olinmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
✅Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ta’kidlangan.
⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaroning 01.01.2003-yildan 25.12.2012-yilgacha “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida ishlagan davrlari uchun ish staji hisobga olinib javobgarga pensiyani tayinlashni ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.

Aniqlanishicha, fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan “Yuksalish suv manbai” SFUga 2003-yil 1-yanvarda ishga qabul qilinib, 2004-yil 20-noyabrga qadar ushbu vazifada ishlab kelgan, shu bilan birga, “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaligiga 2004-yil 21-noyabr kuni ishga kirib, 2012-yil 25-dekabrga qadar ishlab kelgan biroq, Pensiya jamg‘armasi tomonidan mehnat daftarchasida qayd qilingan “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida 2003—2012-yillarda ishlagan ish stajlari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli inobatga olinmagan.
✅Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ta’kidlangan.
⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaroning 01.01.2003-yildan 25.12.2012-yilgacha “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida ishlagan davrlari uchun ish staji hisobga olinib javobgarga pensiyani tayinlashni ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤1
#Adliya_aralashgach
✅Ustama to‘lovlari to'lanmay kelingan shifokorlarning ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
🔸Andijon viloyati, Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda ishlovchi bir guruh shifokorlar qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Marhamat tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
🔹Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, 12 nafar xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-136 sonli Farmoni asosida yangi ish boshlagan salohiyatli xodimlarga toʻlanishi zarur boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.
🔸Bu holat yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
🔹Natijada, ushbu fuqarolarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 46 545 000 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

👍8❤3🔥2
#Adliya_aralashgach
🔹Tibbiyot xodimlarining huquqlari tiklandi
🔸Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari buzilgani bo‘yicha adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
▶️Batafsil👈

🔥5👏3
#Adliya_aralashgach
✅ Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 205 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undiriladigan bo‘ldi
🔸Toshkent viloyati, Nurafshon shahar adliya bo‘limiga fuqaro Shermatova Zulayho Pardabayevna murojaat qilib, davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan yer maydoni qiymati qoplab berilmaganini ma’lum qilgan.
🔹Adliya bo‘limi tomonidan holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar sudga kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, Nurafshon shahar hokimligidan fuqaro foydasiga 205 145 089 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi undiriladigan bo‘ldi.
👉batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Toshkent viloyati, Nurafshon shahar adliya bo‘limiga fuqaro Shermatova Zulayho Pardabayevna murojaat qilib, davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan yer maydoni qiymati qoplab berilmaganini ma’lum qilgan.
🔹Adliya bo‘limi tomonidan holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar sudga kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, Nurafshon shahar hokimligidan fuqaro foydasiga 205 145 089 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi undiriladigan bo‘ldi.
👉batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_tabrigi
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
Sizlarni 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.
Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

👍4🎉2❤1
#Adliya_aralashgach
✅ Farg'onada 26 nafar xodimga 33 mln so‘mdan ziyod moddiy rag‘batlantirish pullari to‘lab berildi
🔸Farg'ona viloyati, Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.
🔹Jumladan, o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida Marg‘ilon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan jarima mablag‘lari hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish amalga oshirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
🔸Ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 26 nafar xodimlariga 33 mln 275 ming so‘m moddiy rag‘batlantirish pullari belgilangan qonunchilik doirasida to‘lab berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Farg'ona viloyati, Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.
🔹Jumladan, o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida Marg‘ilon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan jarima mablag‘lari hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish amalga oshirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
❗️Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandi “b” kichik bandiga ko‘ra, jarima mablag‘lari 25 foizi Sanepidqo‘mning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarning samarali natijalari bo‘yicha hissa qo‘shgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadlariga, shu jumladan:🔵 alohida muhim topshiriqlarni bajargan xodimlarni lavozim maoshining bir baravari miqdorida mukofotlashga;🔵 xodimlarni O‘zbekiston Respublikasida belgilangan umumxalq bayramlari munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravarigacha miqdorida mukofotlashga;🔵 xodimlarni uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;🔵 mehnat ta’tili davrida salomatligini tiklash maqsadida bir oylik ish haqi miqdorida moddiy yordam berishga yo‘naltiriladi, deb belgilangan.
🔸Ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 26 nafar xodimlariga 33 mln 275 ming so‘m moddiy rag‘batlantirish pullari belgilangan qonunchilik doirasida to‘lab berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
#Adliya_aralashgach
✅ Ustama to‘lovlari to'lanmay kelgan Sport maktabi murabbiylarining ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
🔸Andijon viloyati, Asaka tumani sport maktabida sport murabbiysi lavozimida ishlovchi xodimni qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Asaka tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
🔹Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, ushbu xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-sonli Qarori asosida adaptiv sport turlari boʻyicha guruhlarni tashkil qilgan trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz miqdorida toʻlanishi zarur boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.
🔸Bu holat yuzasidan Asaka tuman sport maktabiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
🔹Natijada, ushbu xodimlarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 9 727 243 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Andijon viloyati, Asaka tumani sport maktabida sport murabbiysi lavozimida ishlovchi xodimni qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Asaka tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.
🔹Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, ushbu xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-sonli Qarori asosida adaptiv sport turlari boʻyicha guruhlarni tashkil qilgan trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz miqdorida toʻlanishi zarur boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.
🔸Bu holat yuzasidan Asaka tuman sport maktabiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
🔹Natijada, ushbu xodimlarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 9 727 243 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
#intellektual_mulk
✅ “COCOMELON” multfilmi personajlaridan noqonuniy foydalanish cheklandi!
🔸Adliya organlari tomonidan mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ta’sir choralariga qaramasdan o‘zgalar asarlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari hamon uchramoqda.
🔹Adliya vazirligi tomonidan “Moonbug Entertainment Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining murojaatiga asosan “C.K.” MChJda mualliflik huquqlari buzilayotganligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
🔸Tekshiruv davomida “C.K.” MChJga tegishli savdo do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Cocomelon” multfilmi personajlaridan reklama maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlandi.
🔹Mazkur holat bo‘yicha “C.K.” MChJga nisbatan ta'sir chorasi qo'llanilib, savdo do‘konlari va internet tarmoqlaridan “Cocomelon” multfilmi personajlarini olib tashlash majburiyati yuklandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Adliya organlari tomonidan mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ta’sir choralariga qaramasdan o‘zgalar asarlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari hamon uchramoqda.
🔹Adliya vazirligi tomonidan “Moonbug Entertainment Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining murojaatiga asosan “C.K.” MChJda mualliflik huquqlari buzilayotganligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
🔸Tekshiruv davomida “C.K.” MChJga tegishli savdo do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Cocomelon” multfilmi personajlaridan reklama maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlandi.
🔹Mazkur holat bo‘yicha “C.K.” MChJga nisbatan ta'sir chorasi qo'llanilib, savdo do‘konlari va internet tarmoqlaridan “Cocomelon” multfilmi personajlarini olib tashlash majburiyati yuklandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
#adliya_aralashgach
✅ Buxoroda fuqaro H.Y ga yuklatilgan ilmiy rahbarlik qilish yuzasidan 34 993 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘lanishi ta’minlandi
🔸Fuqaro H.Y Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib unga 2023-yil yanvar oyidan 2025-yil sentabr oyiga qadar Buxoro davlat universitetida mustaqil izlanuvchi va doktarantlarga ilmiy rahbarlik qilayotganligi uchun universitet tomonidan tegishli to‘lovlar to‘lab berilmaganligini ma’lum qildi.
🔹Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning tegishli bandlariga asosan qonun buzilish holatlari yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro H.Y ga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 34 933 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘landi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Fuqaro H.Y Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib unga 2023-yil yanvar oyidan 2025-yil sentabr oyiga qadar Buxoro davlat universitetida mustaqil izlanuvchi va doktarantlarga ilmiy rahbarlik qilayotganligi uchun universitet tomonidan tegishli to‘lovlar to‘lab berilmaganligini ma’lum qildi.
🔹Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning tegishli bandlariga asosan qonun buzilish holatlari yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro H.Y ga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 34 933 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘landi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
✅ Adliya aralashgach fuqaroning muammosi hal etildi.
🔸Namangan viloyati, Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi To'quvchi mahallasida yashovchi fuqaro J.X.ning yoshga doir nafaqaga chiqolmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
👉batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔸Namangan viloyati, Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi To'quvchi mahallasida yashovchi fuqaro J.X.ning yoshga doir nafaqaga chiqolmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.
👉batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
🔹 Andijon viloyati, Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning muammolari o’rganilib, qonuniy hal etish choralari ko’rilmoqda
Batafsil videolavhada 👈

👍1👏1