ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

TADBIRKOR MANFAATI HIMOYA QILINDI

Tadbirkor “Shohimardon Asqarov” oilaviy korxonasi ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilmagani sababli Payariq tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, korxona va buyurtmachi o‘rtasida xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilgan bo‘lib, jami 89 703 527 so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan, biroq buyurtmachi faqat 59 235 346 so‘m to‘lagan. Natijada 30 968 000 so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.


Adliya bo‘limi murojaatni o‘rganib, tadbirkor manfaatini himoya qilish maqsadida tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo kiritdi.

Sud jarayonida barcha hujjatlar — shartnoma, dalolatnomalar, hisobvaraq-fakturalar va tomonlarning tushuntirishlari asosida da’vo talablarini qonuniy deb topdi.

Natijada javobgar “Payariq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi” DМdan da’vogar “Shohimardon Asqarov” oilaviy korxonasi foydasiga 30 968 000 so‘m asosiy qarz va 41 200 so‘m pochta xarajati hamda 619 360 so‘m davlat boji undirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi ishchi guruhi Xorazm viloyatida o'rganish ishlarini olib bormoqda.

🔰 Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi ishchi guruhi Xiva, Qo‘shko‘pir, Shovot, Urganch va Yangibozor tumanlari hamda Urganch shahar adliya bo‘limlarida bo‘lishdi.

Xususan, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlarining adliya bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorligi, amaliyotda uchrayotgan muammolar va kamchiliklar hamda tizimdagi o‘zgarishlar masalalariga e’tibor qaratildi.

💠 Shu bilan birga, hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlarning soha bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍32🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt

Yakka tartibda qo‘shimcha uy-joy qurmoqchimisiz?

❗️Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tayyorlangan videorolikda bu savolga javob topishingiz mumkin.

Qurilish ishlarini qonuniy yo‘l bilan amalga oshiring, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtiring. Bu nafaqat sizning mulkingiz xavfsizligini, balki uning huquqiy himoyasini ham ta’minlaydi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach
#Namangan_viloyati

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaatiga yechim topildi.


Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro M.Xaydarovning ish haqi to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomalarida fuqaroning ismi va familiyasi xato yozilganligi sababli, murojaatchi yoshga doir pensiyaga chiqqan vaqtida ushbu davr ish stajiga qo‘shilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21
#bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi natijasida o‘qituvchi haq-huquqi tiklandi

🔹Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi S.D. tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hisobxonasidan ish haqi amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdordan kam to‘lanayotganidan norozi bo‘lib, huquqiy yordam so‘ragan.

🔸O‘rganish davomida o‘qituvchiga mehnat haqi va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida hamda to‘liq to‘lanmagani aniqlandi.

🔹Natijada, Jomboy tuman adliya bo‘limi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qaroriga asosan, o‘qituvchi foydasiga 20 061 366 (yigirma million oltmish bir ming uch yuz oltmish olti) so‘m miqdoridagi ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirilishi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
#E’lon

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va Personallashtirish departamentining axborot tizimlarida texnik nosozliklar kuzatilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazlarida, FHDY organlari va notariuslarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mazkur nosozlik bartaraf etilganda qo‘shimcha tarzda maʼlum qilinadi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥116👏2👍1
#OAV_biz_haqimizda

Poytaxtda “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” tadbiri o‘tkazildi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍21