#Adliya_xabari
✅ Bugun, Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligining Inson resurslari boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Adliya” talabalar klubiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar bilan suhbat tashkil etildi.
✅ Talaba-yoshlarga vazirlik faoliyati, asosiy vazifalari, shuningdek xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan vazirlik siyosati batafsil tanishtirib o‘tildi.
✅ "Yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun adliya organlari va muassasalarida tizimli ish oʻrganishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Adliya” talabalar klubi tashkil etilganligi, klub doirasida ish o‘rganishni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari hamda klub a’zolarini rag‘batlashtirish tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.
✅ Talabalar klub va vazirlik faoliyati doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bundan tashqari, tadbir so'ngida "Eng yaxshi CV" nominatsiyasi tanlovi g'oliblari taqdirlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
#Adliya_xabari
✅ Bugun, 6-noyabr kuni Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) hamda Adliya vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Ayollar yetakchiligidagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun intellektual mulkni boshqarish klinikasi” loyihasining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
✅ Dastur doirasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston ayol tadbirkorlari o‘z mamlakatlaridagi muvaffaqiyatli tajriba va yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, biznesda intellektual mulk obyektlaridan samarali foydalanishning zamonaviy usullari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi.
✅ Kun davomida ishtirokchilar brendni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, BIMTning tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari bilan tanishish va O‘zbekistonda ixtirochilar, novatorlar va brend egalari uchun yaratilgan imkoniyatlar mavzularida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
✅ Ikki kun davom etgan mazkur tadbir ayollar rahbarligidagi korxonalar uchun intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.
✅ Dastur yakunida BIMT vakillari va loyiha ishtirokchilari intellektual mulkni biznesning muhim drayveri sifatida samarali qo‘llash masalalarida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1🔥1👏1