ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

HAMKORLIKNING MUHIM BOSQICHI: GERMANIYA DELEGATSIYASI SAMARQANDDA


Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining adliya va iste’molchilar huquqlarini huquqiy himoya qilish qo‘mitasi raisi Carsten Müller boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i S. Sattarov mehmonlarga viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman va shahar adliya bo‘limlarining faoliyati, xususan, davlat xizmatlari, yuridik xizmatlar, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qonunlarni qo‘llash amaliyoti va sohadagi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tomonlar Germaniyaning qonun ijodkorligi sohasidagi ilg‘or tajribasi, qonunchilik jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, huquqiy tizimni raqamlashtirish va adliya tizimidagi innovatsion yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, davlat xizmatlarini raqamlashtirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy qonunchilikka tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3
#Bir_murojaat_izidan
#Jizzax_viloyati

Adliya aralashuvi bilan Mehnat kodeksiga asosan kafolatlangan to‘lovlarning to‘lanishi ta’minlandi


Baxmal tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro T.N ning Mehnat kodeksida asosan kafolatlangan to‘lovlar to‘lab berilmayotganligidan noroziligi, ushbu to‘lovlarni undirishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

❗️ Aniqlanishicha, fuqaro T.N 1995-yil aprel oyidan 2021-yil noyabr oyiga qadar Baxmal tumani Baxmal mahallasida uzluksiz 26 yilga yaqin ishlagan, biroq xodim N.T ning ishlagan davrida foydalanmagan yillik mehnat ta’tili pullari O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Baxmal tuman bo‘limi tomonidan to‘lab berilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob davrida xodimga oxirigacha olinmagan ish haqini va xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarini hamda agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga olinishi belgilangan.


⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, Baxmal tuman adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra xodimga jami 46.765.784.0 so‘m foydalanilmagan yillik mehnat ta’til pullari to‘lab berilishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️“Huquqiy mahalla” doirasida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish, ularga huquqiy birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish adliya organlarining asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi

Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Dilfuza Shokirova bir necha oydan buyon ishlaganligi to‘g‘risidagi hujjatlar arxiv maʼlumotlar bazasidan chiqmayotganligi sababli, belgilangan tartibda pensiyaga chiqa olmayotgan edi.

Mazkur loyiha doirasida  Farg‘ona shahar adliya bo‘limi vakillari Dilfuza Shokirova xonadonida ana shu muammolarni aniqlab, unga sud tartibida yordam berdi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroga to'lanmasdan qolgan 10 273 227 so'm kompensatsiya puli undirilishi ta'minlandi!

🔺Gurlan tumanida yashovchi fuqaro B.B mahalla fuqarolar yig'inida rais sifatida faoliyat yuritgan. Ammo u foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun belgilangan kompensatsiya pullarini ola olmagan.

🔺Fuqaro adliya organlariga murojaat qilgach, holat mutaxassislar tomonidan o'rganilib, O'zbekiston mahallalar uyushmasi Gurlan tuman bo'limi tomonidan fuqaro B.B ga foydalanilmasdan qolgan ta’til kunlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 10 273 227 so'm mablag' o'z vaqtida berilmay qolganligi aniqlandi.

Gurlan tuman adliya bo'limi tomonidan bu borada fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo'yicha Shovot tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi hamda to‘lanmasdan qolgan pul mablag‘ini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilindi.

📌Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1
🧷 6 oylik kurslarga qabul davom etmoqda!

➡️ An'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 6-oktabrdan 6-noyabrga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 713 604 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ (98) 125-73-92
☎️ (99) 937-04-33

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1
#Adliya_aralashgach

Hokim yordamchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi qaror sud tomonidan g’ayriqonuniy deb topilib, fuqaroga jami 85 million so’mdan ziyod pul mablag’ini to'lab berilishi to'g'risida qaror chiqardi.


👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov boshchiligida Xorazm viloyatida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4👍2
#Ochiq_adliya

🗣 Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/watch?v=1mz1ChyonlY

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Ish haqi to‘lovlari to'liq to'lanmay kelgan fuqaroning ish haqlari to'lab berilishi ta'minlandi.


Asaka tumani "Fayziobod" MFYda yashovchi fuqaro M.Muxtorova tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan davri uchun ish haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Asaka tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, xodim M.Muxtorovaga mehnat shartnomasida belgilangan 1.0 stavka qabul bo'limi hamshirasi lavozimi uchun ish beruvchi tomonidan to'laqonli mehnat majburiyati yuklanmaganligi natijasida 1 yil 4 oy davomida ish haqi to‘lovlari to'liq toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

Javobgar Asaka tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqaroga to‘lanmay qolgan ish haqi to‘lovlarini, yetkazilgan ma'naviy zararni to'lash choralarini ko'rish bo'yicha adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.

Natijada, fuqaro M.Muxtorovaga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 10 190 353 so‘m ish haqi va 1 000 000 so‘m ma’naviy zarar toʻlab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Tartibga solish qumdoni” doirasida tashkil etiladigan kooperativlar orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi loyiha boshlandi.

🔹Bugun, Adliya vazirligida ushbu loyihaning ("Navkat farovonlik markazi") taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda:
▪️Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi;
▪️Koreya Respublikasi va Latviya elchilari;
▪️KOICA direktori va uning o‘rinbosari;
▪️Buyuk Britaniya elchixonasi vakili;
▪️UNDP rahbari o‘rinbosari va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.


Tadbirda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Navkat qishlog‘ida tajriba loyihasi ishga tushirilib, “Navkat farovonlik markazi” kooperativi tashkil etilganligi ta'kidlandi. Kooperativ a’zolari teng huquqqa ega, faol ishtirokchilar uchun esa rag‘bat va chegirmalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Zaxira jamg‘armasi esa ta’lim, kasb o‘rgatish va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu markazda uchta asosiy toifaga e’tibor qaratadi:
🔺yoshlar (IT-yo‘nalishi);
🔺ayollar (tikuvchilik sanoati);
🔺ishsizlar (agrar ishlab chiqarish).


🔵Loyihadan kutilayotgan natijalar:
-birinchi bosqichda 135 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
-har bir xonadon daromadini 30–40% ga oshirish;
-ishlab chiqarishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xarid qobiliyatini oshirish;
-o‘z-o‘ziga yordam, mehnat va kooperatsiya madaniyatini rivojlantirish;
-“Regulyativ qumloq” tajribasi asosida "Kooperativlar to‘g‘risida"gi qonunning yangi modelini qabul qilish;
-zamonaviy boshqaruv va shaffof tizimni joriy etish.


Ushbu loyiha qishloq kambag‘alligi muammosini hal qilishga qaratilgan strategik yondashuv bo‘lib, rivojlanish uchun barqaror iqtisodiy asos yaratadi. Bu loyiha orqali qishloq aholisi o‘z mehnati bilan farovon hayot sari qadam tashlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3