ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mualliflik_huquqi

"Ismigul" qo'shig'idan ruxsatsiz foydalangan huquqbuzar endi muallif O'ktam Hakimovga jami 46 million 200 ming so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg'ona tumanlararo sudiga O'ktam Hakimovga tegishli mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, ya’ni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Nodirbek Igamberdiyevdan da’vogar O'ktam Hakimov foydasiga BHMning 100 barobari ya'ni 41.200.000 so'm miqdorida tovon puli hamda 5.000.000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, javobgar Nodirbek Igamberdiyev zimmasiga da’vogar O'ktam Hakimov muallifligidagi “Ismigul” nomli qo'shiq ijrosini efirga uzatish, barcha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda har qanday tarzda foydalanishni darhol to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) majburiyati yuklatildi.

‼️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1👏1🎉1
🏢O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Amudaryo tumani adliya bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ko‘rsatmalar berdi.

Uchrashuvda, adliya bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan vazifalar yuzasidan vazirning birinchi o‘rinbosari taqdimoti bilan tanishdi.

👉Shundan so‘ng, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan suhbatlashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍3🔥2👏1
#Adliya_xabari

❗️"San’at va ijod himoyasi oyligi”ga start berildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi, "O'zbekkonsert" davlat muassasasi hamkorligida san'at va ijod ahli, OAV va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasi va mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilish rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan ushbu oylikni o‘tkazish maqsadi, mualliflik huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilish rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ushbu oylik fuqarolarda mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratiladi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga mualliflik huquqiga rioya etilishi va ularning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushunchalar berilib, huquqiy profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod shahrida "E-qaror" elektron tizimi bilan ishlovchi hokimlik va xalq deputatlari Kengashlari mas'ul xodimlari ishtirokida "E-qaror" elektron tizimi yuzasidan amaldagi holat, tizimli muammolar va takliflar hamda metodik ta'minlash yo'nalishida  o'quv seminari o’tkazildi.

Shuningdek, seminarda hokimlik va Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda "Bekobod tajribasi"ni yaratish ishlari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21