ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘RQ–1080 bo‘yicha targ‘ibotlar davom etmoqda

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuniga asosan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik va kuchaytirilayotgan ma’muriy jazo choralari yuzasidan tushuntirilar berildi.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#XalqaroHamkorlik

✈️ Ayni damda, Adliya vazirligi ishchi guruhi vakillari Riga shahrida amaliy o‘quv tashrifida ishtirok etmoqda.

🔍Tashrif Yevropa Ittifoqining Twinning Project UZ 21 NDICI JH 01 22 loyihasi doirasida tashkil etilib, normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan.

Tashrif davomida:

🔵Latviya Adliya vazirligi va Seym faoliyati bilan tanishish;

🔵qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha yagona TAP portali;

🔵normativ-huquqiy hujjatlarning raqamlashtirilgan tizimi — Likumi.lv;

🔵qonunchilikka oid raqamli qo‘llanmalar va metodologiyalar;

🔵ex-ante va ex-post tartibga soluvchi ta’sirni baholash tajribasi;

🔵rasmiy tarjimalar sifatini ta’minlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.


✈️Tashrif natijalari qonunchilik jarayonlarini raqamlashtirish, hujjatlarni tizimlashtirish va soddalashtirish, rasmiy tarjimalar sifatini kafolatlash hamda standart xarajat modeli asosida tartibga solish ta’sirini baholashni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
🚫 Nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda

🚨 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

🚨 Mazkur qonun loyihasi bilan nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Advokatning so‘roviga asosan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish tartibi nazarda tutilmoqda.

🚨 Shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish qonun loyihasida aks etmoqda. Bundan tashqari nodavlat sud ekspertlarini birlashtiruvchi, ularga yaqindan yordam beruvchi O‘zbekiston sud ekspertlari palatasini tashkil etish hamda uning vazifalari belgilanmoqda.

🚨 Deputatlar tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarda sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqilgani hamda mazkur loyihani ishlab chiqishda inobatga olingani alohida qayd etildi.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limlarida yaratilgan shart sharoitlar o'rganilmoqda.

Joriy yilning 2-oktabr kuni
Adliya vazirligi mas’ullari Andijon shahar, Andijon tumani, Baliqchi, Izboskan, Oltinko'l, Paxtaobod tuman DXM va FHDY bo'limlari hamda FHDY arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar doirasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, hujjatlarni rasmiylashtirishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi jihatlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tizim xodimlari va fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etilib, xizmatlar ko‘rsatishda qulayliklar yaratish borasida ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
❗️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi uchun yangi bino qurilishi boshlandi.

⚡️ Joriy yilning 2-oktabr kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi binosining qurilishi boshlanishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qaroriga asosan Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy boʻlimlari moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish hamda sud ekspertiza faoliyatini takomillashtirish belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 18-dekabrdagi 849–son qaroriga asosan Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi faoliyatini tashkil etish belgilangan.


✔️ Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, Markaz direktori A.Xalilov, soha mutaxassislari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

✔️Xususan, tadbir davomida Markazining viloyat boʻlimi uchun qurilishi boshlangan yangi binoning imkoniyatlari hamda yaratilishi rejalashtirilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

✔️ Qurilayotgan yangi bino nafaqat sud ekspertlariga, balki jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga yaqindan yordam berishga koʻmaklashishi taʼkidlandi.

Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz

Telegram |Facebook |sudex.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6