ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Adliya vaziri Akbar Tashkulovning jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish jarayoni

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Ijtimoiy_aksiya

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy yordam" aksiyasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbir va yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari o‘tkazildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Jizzax_viloyati

Axborot 24 | Yoshlar murojaatlari hal etilmoqda

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.

⚡️ Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasining Janubiy Koreyaning Inchon shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo sud ekspertiza tarmog'ining (AFSN) Yalpi yig'ilishi va Osiyo Tinch okeani tibbiy-huquqiy agentliklari Assotsiatsiyasining (APMLA) uchrashuvida ishtirok etildi.

✔️Tadbirning navbatdagi kunida Markaz direktori Akrom Xalilov tomonidan O‘zbekistonda sud ekspertiza sohasidagi islohotlar, amalga oshirilgan ishlar mavzusida taqdimot qilinib, bu haqda videorolik namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-270-son qarorida belgilangan vazifalar haqida alohida to‘xtalib, ushbu tadbirlarni AFSNga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirishni taklif etib, AFSN ning yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi.

✔️Delegatsiya vakillari Janubiy Koreya Milliy sud ekspertiza xizmati (National Forensic Service - NFS)ga tashrif buyurib, laboratoriya va bo‘limlarda yaratilgan sharoitlar, asbob-uskunalar, dasturlar va amalga oshirilgayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Bundan tashqari, AFSN ga a’zo tashkilotlar, shu jumladan, Xitoy sud ekspertiza muassasasi vakillari bilan sohaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

✔️Uchrashuvlarda yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz

Telegram |Facebook |sudex.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi VII Respublika savdo yarmarkasining 2-kuni ham ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi.

🔰 Avval xabar berganimizdek, diyorimizning tarixiy maskanlaridan biri Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida 100 ga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan kashtachilik, duradgorlik, zardo‘zlik, tikuvchilik, qandolatchilik kabi xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida asosan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlar omma e'tiboriga taqdim etildi.

Tadbirda kuy-navolar, qo`shiqchilar chiqishlari, karnay-surnay sadolari tadbir ishtirokchilari, chet el sayyohlari va mehmonlariga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Loyiha tadbirlari yoshlarning to`y bazmlariga ulanib ketti. Ishtirokchilar ham o`zlari qo`l mehnati bilan yasalgan mahsulotlarini sotish bilan birgalikda madaniy hordiq chiqarishdi.

📊 “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan savdo yarmarkasida 14 ta hududiy bo`linmalar tomonidan jami 402 mln so`mlik shartnomalar tuzilishiga erishildi.

Ⓜ️«Biz birgamiz!» ijtimoiy loyihasining asosiy maqsadi – nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularni jamiyatimizning ajralmas qismi sifatida ruhlantirish hamda kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot