ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Nogironlar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalalari”ga bagʼishlangan trening tashkil etildi.

Joriy yilning 2025-yil 19-sentyabrda "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Buyuk Britaniyaning Oʼzbekistondagi elchixonasi koʼmagi bilan Аndijon shahridagi “Chinor” mehmonxonasida nogironlar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalalariga bag'ishlangan trening tashkil etildi.

Mazkur treningni oʼtkazishdan maqsad nogironligi boʼlgan shaxslar va xotin-qizlarni huquqiy himoya qilishga doir qonunchilik boʼyicha "mahalla yettiligi" vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish hisoblanadi.


Mazkur tadbirda, Аndijon viloyat adliya boshqarmasi, “Madad” NNT masʼul xodimlari va “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Quvasoyda "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkazildi

"Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida Quvasoy shahrida o'nlab hamkor tashkilotlar ishtirokida huquqiy aksiya o‘tkazildi.

Tadbirda 150 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ishtirok etdi, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi,132 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ularning 68 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi VII Respublika savdo yarmarkasi boshlandi.


🔰 Avval xabar berganimizdek, diyorimizning tarixiy maskanlaridan biri Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida 100 ga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlar savdo yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir koʻtarinki kayfiyatda xalqona kuy-qoʻshiqlar bilan boshlandi. Ishtirokchilar oʻz mahsulotlarini sotish bilan birgalikda madaniy hordiq chiqarishmoqda.

Ⓜ️ Eslatib oʻtamiz. Savdo yarmarkasi bugun va ertaga ham davom etadi. Barchani taklif etamiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Xorijliklarning "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇫🇷 Sophie Laurent (fransiyalik sayyoh) 🗣️Men Xivaga ilk bor keldim va juda hayratdaman. “Biz birgamiz” loyihasi doirasida tashkil etilgan bu savdo yarmarkasida nogironligi bo‘lgan insonlarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan mahsulotlarni ko‘rib, ularga bo‘lgan hurmatim yanada oshdi. Fransiyada ham bunday tashabbuslar bor, ammo O‘zbekistonda davlat bu insonlarga juda katta e’tibor qaratayotgani juda quvonarli holat. Bu, albatta, jamiyatda mehr-oqibat va birdamlikni kuchaytiradi🗣️


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish va adolatli sudlovdan foydalanish" loyihasi doirasida "Shodlik" va "Shomirza" mahallalarida xotin-qizlarning huquqlari, ularning huquqiy himoyasi va boshqa masalalarga oid targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyatining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇹🇲 Merdan Atayev (turkmanistonlik sayyoh): Biz qo‘shni xalqmiz va madaniyatimiz ham juda yaqin. Shunday bo‘lsa-da, Xivada o‘tkazilgan yarmarkada men yangicha ruhni sezdim. O‘zbekiston hukumati imkoniyati cheklangan insonlar uchun shunday sharoit yaratgani tahsinga loyiq. Ularning mahsulotlari juda sifatli va qalbdan chiqqani sezilib turadi. Men bir nechta buyum sotib oldim, bu nafaqat esdalik, balki ularga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashim ramzi hamdir.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyatining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇷🇺 Aleksey Smirnov (rossiyalik sayyoh): Men Rossiyadanman, ko‘plab mamlakatlarda bo‘lganman, lekin O‘zbekistondagi bu kabi ijtimoiy tashabbuslar meni juda hayratda qoldirdi. “Biz birgamiz” loyihasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Nogironligi bo‘lgan insonlar o‘z mehnatlari bilan jamiyatda o‘z o‘rnini topayotganlari juda quvonarli. Bu yarmarka orqali ular o‘z ijodini butun dunyoga namoyish etmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyatining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇩🇪 Klara Schneider (germaniyalik sayyoh): Men uchun eng ta’sirli jihati – bu tadbirning samimiy muhitidir. O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlarga yaratilayotgan imkoniyatlar Germaniyada ham yuqori baholanadigan darajada. Davlatning ularni jamiyat hayotiga faol jalb qilishi juda katta qadriyatdir. Men O‘zbekistonni nafaqat tarixiy obidalari, balki ijtimoiy siyosati bilan ham qadrlayman. Bu tajribani boshqa mamlakatlarga ham o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Adliya vaziri Akbar Tashkulovning jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish jarayoni

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot