ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

3-sentabr kuni respublikamizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

Marafonda ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.

Marafon haqida batafsil 👉 video lavhada

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning yarmarkasi ilk bora Samarqandda o‘tkazilmoqda.

Adliyaning ijtimoiy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bu yarmarkada butun respublikadan 70 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda.

Birinchi kun tafsilotlari videolavhada👆

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

🎨"Maftunkor ranglar jilosi"ga taklif etamiz

Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 27-oktabr kuni soat 10:00 da Yoshlar ijodiyot saroyida 7—17 yoshdagi nogironligi bo‘lganlar o‘rtasida navbatdagi “Maftunkor ranglar jilosi-2023” respublika rasm chizish tanlovi, rasm ko‘rgazmasi va shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida adliya vazirligi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlarni nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlaridan bahramand bo‘lishga chorlab qolamiz!

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi — 2023” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

“Yangi nafas” yugurish marafonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etdi

Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida nogironligi bo‘lgan shaxslar qatnashdi.

Marafon bir vaqtni o‘zida respublikaning 16 ta shahrida o‘tkazildi.

Mazkur yugurish musobaqalariga O‘zbekistonda Nogironlar, Karlar hamda Ko‘zi ojizlar jamiyatlarining jami 1000 ga yaqin a'zolari ishtirok etdi.

Marafon ishtirokchilari o‘rtacha 50-150 ming so‘mgacha badal to‘lab ishtirok etgan bo‘lsa, imkoniyati cheklanganlar uchun esa bepul qilib berildi.

Ma'lumot uchun: nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, vazirlik O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2018 yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar ko‘plab yirik ijtimoiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

🎨“Maftunkor ranglar jilosi” ilk rasmlar ko'rgazmasiga taklif etamiz!

Koʻrgazmaning rasmiy ochilish marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 2023-yil 29-noyabr kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida joriy yilning 29-noyabr 5-dekabr kunlari Toshkent fotosuratlar uyida
“Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovining 2019-2023- yillardagi ishtirokchilari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi haftaligi (xayriya aksiyasi) o‘tkazilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada 70 nafar 7-17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni rasmlari o‘rin olgan.

Nogironligi bo'lgan yoshlar tomonidan chizilgan birinchi rasmlar koʻrgazmasining rasmiy ochilish marosimiga barchani taklif etamiz.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Irodasi baland yoshlarning 5 yillik ijod mahsullari jamoatchilikka taqdim etildi

70 nafar 7-17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning 200 dan oshiq rasmlari ilk marotaba o‘tkazilgan “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rgazmasi haftaligidan o‘rin oldi.

Haftalik Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan suratlar 14 ta hududdan “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovining 2019–2023-yillardagi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlaridir.

Ushbu ko‘rgazma doirasida homiylardan jami 70 000 000 so‘m pul mablag‘ kelib tushgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan, “Maftunkor ranglar jilosi” respublika rasmlar tanlovining 2019–2023-yilgi (har yili 14 nafardan ishtirokchi qatnashgan) jami 70 nafar ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozircha 1 000 000 so‘mdan, shuningdek ko‘rgazma davomida qo‘shimcha homiylik mablag‘lari kelib tushadigan bo‘lsa, 70 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar orasida teng taqsimlanishi rejalashtirilgan.

“Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar ko‘rgazmasi 2023-yilning 29-noyabrdan 5-dekabrgacha davom etadi.

Ma'lumot uchun: Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini o‘tkazib kelmoqda.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Toshkent VI xalqaro marafonida nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ishtirok etdi

Joriy yilning 20-aprel kuni mamlakatimizda BYD Tashkent VI xalqaro marafoniga start berildi.

Ushbu marafonda Adliya vazirligining “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqasiga jalb qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Xorazmda
nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning VI Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Vaqti va sanasi: 21—22-sentabr kunlari, 09.00 dan 17.00 gacha.

📍 Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Ichan qal’a majmuasi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida 2 mlrd soʻmlik shartnomalar imzolandi

Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Xiva shahrining Ichan qalʼa majmuasida boʻlib oʻtgan yarmarkada 70 ga yaqin nogironligi bor shaxslar tomonidan yasalgan jami 288 mln soʻmlik mahsulotlar sotildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston nogironlar jamiyatining Qashqadaryo (500 mln soʻm), Jizzax (500 mln soʻm) va Namangan (1 mlrd soʻm) viloyatlari hududiy boʻlimlari ularning aʼzolari tomonidan yasalgan mahsulotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar koʻplab yirik ijtimoiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Batafsil 👉 videorolikda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

MEN JAMIYATNING TOʻLAQONLI AʼZOSIMAN

Furqat tumanida istiqomat qiluvchi Shohista Raimova yetuk hunarmand. U toʻquvchilik, kashtachilik ishlarini onasidan oʻrgangan. Dastlab yengil toʻqiladigan buyumlar — sumkachalar, ayollar hamyoni, telefon uchun gʻiloflar toʻqigan.

Dadasi yoshligida chizgan rasmlardan nusxa koʻchirib, oʻzidagi iqtidorni rivojlantirgan Shohista vaqtini hunar oʻrganishga sarflamoqda.

Qoʻshnilarining aytishicha, Shohista toʻqigan qoʻgʻirchoqlarini sotmasdan bolalarga sovgʻa qiladi. Eʼtiborlisi, u hech qachon tushkunlikka tushmagan.

Batafsil 👉Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlagan lavhada.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

🎨“Maftunkor ranglar jilosi”ga taklif etamiz


Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 30-oktabr kuni soat 11:00 da “Xalqlar doʻstligi” saroyida 7—17 yoshdagi nogironligi boʻlganlar oʻrtasida navbatdagi “Maftunkor ranglar jilosi-2024” respublika rasm chizish tanlovi, rasm koʻrgazmasi va shaxmat sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadi.

Jurnalist va blogerlarni hamda jamoatchilik vakillarini nogironligi boʻlgan bolalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlaridan bahramand boʻlishga chorlab qolamiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi” 6-respublika rasmlar tanlovi va shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Bugun, 30-oktabr kuni “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolalar uchun rasm chizish tanlovi va shaxmat musobaqasi oʻtkazildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

🎨"Maftunkor ranglar jilosi"ga taklif etamiz

Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida 28-iyun kuni Bo'stonliq tumani, Olmos dam olish maskanida 7—17 yoshdagi nogironligi bo‘lganlar o‘rtasida navbatdagi “Maftunkor ranglar jilosi-2025” respublika rasm chizish tanlovi, rasm ko‘rgazmasi va shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

OAV va jamoatchilik vakillari, blogerlarni nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san'at asarlaridan bahramand bo‘lishga chorlab qolamiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Xorijliklarning "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇫🇷 Sophie Laurent (fransiyalik sayyoh) 🗣️Men Xivaga ilk bor keldim va juda hayratdaman. “Biz birgamiz” loyihasi doirasida tashkil etilgan bu savdo yarmarkasida nogironligi bo‘lgan insonlarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan mahsulotlarni ko‘rib, ularga bo‘lgan hurmatim yanada oshdi. Fransiyada ham bunday tashabbuslar bor, ammo O‘zbekistonda davlat bu insonlarga juda katta e’tibor qaratayotgani juda quvonarli holat. Bu, albatta, jamiyatda mehr-oqibat va birdamlikni kuchaytiradi🗣️


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biz_birgamiz

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyatining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇹🇲 Merdan Atayev (turkmanistonlik sayyoh): Biz qo‘shni xalqmiz va madaniyatimiz ham juda yaqin. Shunday bo‘lsa-da, Xivada o‘tkazilgan yarmarkada men yangicha ruhni sezdim. O‘zbekiston hukumati imkoniyati cheklangan insonlar uchun shunday sharoit yaratgani tahsinga loyiq. Ularning mahsulotlari juda sifatli va qalbdan chiqqani sezilib turadi. Men bir nechta buyum sotib oldim, bu nafaqat esdalik, balki ularga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashim ramzi hamdir.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyatining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇷🇺 Aleksey Smirnov (rossiyalik sayyoh): Men Rossiyadanman, ko‘plab mamlakatlarda bo‘lganman, lekin O‘zbekistondagi bu kabi ijtimoiy tashabbuslar meni juda hayratda qoldirdi. “Biz birgamiz” loyihasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Nogironligi bo‘lgan insonlar o‘z mehnatlari bilan jamiyatda o‘z o‘rnini topayotganlari juda quvonarli. Bu yarmarka orqali ular o‘z ijodini butun dunyoga namoyish etmoqda.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#biz_birgamiz

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyatining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bor shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo'yicha fikrlari:

🇩🇪 Klara Schneider (germaniyalik sayyoh): Men uchun eng ta’sirli jihati – bu tadbirning samimiy muhitidir. O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlarga yaratilayotgan imkoniyatlar Germaniyada ham yuqori baholanadigan darajada. Davlatning ularni jamiyat hayotiga faol jalb qilishi juda katta qadriyatdir. Men O‘zbekistonni nafaqat tarixiy obidalari, balki ijtimoiy siyosati bilan ham qadrlayman. Bu tajribani boshqa mamlakatlarga ham o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Biz_birgamiz

Xiva shahrining Ichan qal'a majmuasida "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar VII Respublika savdo yarmarkasi jarayonlari yuzasidan tayyorlangan lavha

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#biz_birgamiz

Xiva shahrida o'tkazilgan "
Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasidan parcha

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot